Mmt-85 saydulloyeva umida



Download 28,19 Kb.
bet1/9
Sana01.01.2022
Hajmi28,19 Kb.
#300727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-vazifa


MMT-85

SAYDULLOYEVA UMIDA
21-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari. Milliy xisoblar tizimi.
1.Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi ? Uning qanday tarkibiy qismlari mavjud?

Milliy iqtisodiyot - alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘langan tarmoqlar, sohalar va infratuzilma muassasalaridan iborat yaxlit iqtisodiy tuzilmadir.


2.Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining doimo kengaytirilgan hajmida yangidan boshlanib, takrorlanib turishi. Aholining koʻpayib borishi, individual isteʼmolning ortib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojning toʻxtovsiz oʻsishi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni zaruriy shart qilib qoʻyadi. Bu esa ehtiyojni qondirishning asosiy usuli boʻlgan ishlab chiqarishning kengaygan holda takrorlanishini taqozo etadi. Oddiy takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish jarayonining ilgarigi hajmlarda bir meʼyorda takrorlanishi oʻsib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Shu sababli rivojlangan iqtisodiyotga Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xosdir. Farovon hayot YAMMni tobora koʻproq yaratish va uning samarali ishlatilishini talab etadi.


3.Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday ko‘rsatkichlarni oladi.

Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat. Uning muhim belgisi xalq xoʻjaligi faoliyati yakunlarida moddiy ishlab chiqarish dan tashqari nomoddiy xizmatlar sohalarini ham aks ettirishidir. Bunday yondoshuvda butun mamlakat iqtisodiy faoliyatining umumlashtiruvchi tavsiflariga erishiladi. 



4.Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol o‘ynaydi.

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar milliy (yoki jahon) iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlarining holatini, faoliyat qilishi va natijalarini ifodalaydi.

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yer osti va yer usti boyliklari zahiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.

Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular bandlik, ishsizlik, inflyatsiya, iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi va uning o’zgarishi, savdo aylanmasi, to’lov balansi holati va boshqalar.

Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaMM va uning harakat shakllari).

Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular YaIMda iste’mol va jamg’arma nisbati, ishhaqivaboshqa omilli daromadlar darajasi, YaIMda investitsiyalar ulushi va boshqalar.


Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish