Mmt-80i guruh talabasi Alisherov Nuriddinning pul va banklar fanidan yozgan 2-oraliq nazorati



Download 21,78 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi21,78 Kb.
#679455
Bog'liq
MMT-80i guruh talabasi Alisherov Nuriddinning pul va banklar fanidan yozgan 2-oraliq nazorati


MMT-80i guruh talabasi Alisherov Nuriddinning pul va banklar fanidan yozgan 2-oraliq nazorati
10-variant
Savollar
1. Tijorat banklari aktiv operatsiyalari mohiyati va tarkabi
2. Banklarning yuqori va past riskli aktivlari
3. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati
4. Milliy valyuta tizimining elementlari
5. Xalqaro valyuta tizimining elementlari
Javoblar
1. Tijorat banklari o’zining joriy faoliyatini amalga oshirish, muddati kelgan, jalb qilingan jamg’arma mablag’larini qaytarib berish, turli operatsion xarajatlarni, jumladan, xodimlarga ish haqi va boshqa material hamda xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirish uchun kassasida yetarli miqdorda pul mablag’iga ega bo’lishi lozim. Xorijiy davlatlar banklarida naqd puldagi kassa aktivlarining hajmi bizning banklardagiga qaraganda kam miqdorni egallaydi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari o’z shakli, ahamiyati va yo’nalishi, iqtisodiy mohiyati, likvidligi, risk va daromad darajasiga qarab turlicha o’rin va ahamiyatga ega.
Tijorat banklari aktivlari bilan bog’liq bo’lgan risklar ichida kredit operatsiyalar bo’yicha risklar asosiy o’rinni egallaydi. Kredit operatsiyalari tijorat banklarining yuqori riskli operatsiyalaridan hisoblansada, bankka yuqori foyda olishini ta‘minlaydi. Bu aktiv operatsiyalar bilan bog’liq bo’lib, bu risklarga berilgan kreditlar hamda to’lov muddati kechiktirilgan ssudalar bo’yicha risklar kiradi.
Kredit riski nafaqat kredit obyektiga, balki kredit subyektiga yangicha yondashishi orqali ham o’sib boradi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari:
Kredit operatsiyalari;
Investitsiya operatsiyalari;
Kassa operatsiyalari
Bank mol-mulki bilan bog’liq operatsiyalar
Vositachilik operatsiyalari
Bu risk mijozning moliyaviy ahvoli og’irlashganda, ularning faoliyatida ko’zda tutilmagan qiyinchilik va muammolar yuzaga kelganda, bozorda noqulay sharoit yuzaga kelgani sababli paydo bo’lishi mumkin.
Xuddi shuning uchun ham, har bir tijorat banki o’z aktivlarini joylashtirishni va uni boshqarish usullarini o’zi ishlab chiqishi zarur. Ma‘lumki, tijorat banklari aktivlarining qiymati va ulardan olinadigan foyda o’zgarib turishi mumkin. Aktivlar bilan bog’liq risklar aktivlar bahosining va ular orqali olinadigan foyda miqdorining kamayishi aktivlar bo’yicha risklar salmog’ining oshishiga olib keladi.
Bu masalani aktivlarni to’g’ri diversifikatsiya qilish yo’li bilan hal qilish mumkin. Chunki ba‘zi bir aktivlar bo’yicha ular qiymatining pasayishi boshqa aktivlar qiymatining o’sishi bilan qoplanishi va natijada bank aktivlarining umumiy qiymatlarini saqlab qolishi imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.
Bank aktivlarining qiymatini va ulardan keladigan daromadlarni to’g’ri hisob-kitob qilib rejalashtirish bank faoliyatining samaradorligiga olib kelishi, aktivlar qiymatini noto’g’ri hisoblash, ularni joylashtirish bankning moliyaviy ahvolida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin.
Forfeyting operatsiyalari ssuda operatsiyalarining bir turi bo’lib, veksellar va boshqa moliyaviy hujjatlarni sotib olishni ko’zda tutadi. Forfeyting ko’proq eksportni kreditlashda qo’llanilib, tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha kelajak davrda to’lanishi lozim majburiyat va qarz talabnomalarini sotib olishda ishlatiladi.
Faktoring operatsiyada bank yoki maxsus kompaniyalar tomonidan o’z mijozi bo’lgan mol yetkazib beruvchining mol sotib oluvchiga bo’lgan, yetkazib berilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha talabini ma‘lum haq evaziga sotib olinishi tushuniladi. Tijorat bankiga yuqori daromad keltiruvchi aktiv operatsiya turi – bu investitsiya operatsiyalari bo’lib, bank yuqori daromad olish maqsadida o’z va jalb qilgan mablag’larining ma‘lum qismini uzoq muddatlarga qimmatli qog’ozlarga, investitsiyalarga yo’naltiradi. Bunda mablag’larni:

  • to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash;

  • portfel investitsiyalash, ya‘ni bir necha emitentning qimmatli

  • qog’ozlari yagona paket sifatida boshqariladi;

  • lizing operatsiyalari;

  • bank faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bino-inshootlar, nomoddiy aktivlarga qo’yilmalar.

Tijorat banklari aktiv operatsiyalarining xususiyatli tomonlari shundaki, u bankning passiv operatsiyalariga nisbatan ikkilamchidir. Chunki aktiv operatsiyalarni amalga oshirish, ularning muddati, miqdori passiv operatsiyalar yordamida jalb qilingan resurslar miqdori va muddatiga uzviy bog’liq. Tijorat banklarining resurslarni joylashtirish bilan bog’liq operatsiyalarning aktiv operatsiyalar deyilishini quyidagi jihatlar bilan asoslash mumkin:
Birinchidan, tijorat banklarni jalb qilgan resurslarini mijozlar nomidan emas, balki bank nomi joylashtiradi, ya‘ni bank mazkur mablag’ning egasi sifatida maydonga chiqadi.
Ikkinchidan, agar passiv operatsiyalarda bank mijozga resurs uchun foiz to’lovi to’lagan bo’lsa, aktiv operatsiyalarda banklar bu resurslar uchun foiz to’lovini olish imkoniga ega bo’lishadi;
Uchinchidan, banklar aktiv operatsiyalar orqali yuqori daromadga ega bo’ladi.
To’rtinchidan, banklar aktiv operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlar va risklarni o’z zimmalariga oladilar.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:
-kassa operatsiyalari;
-ssuda operatsiyalari (kreditlash);
-investitsiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish;
-bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.
2. Risklik darajasiga qarab aktivlar to‘rt guruhga bo‘linadi.
1-guruh - riskdan holi bo‘lgan aktivlar.
Bularga: naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari, MB dagi «Nostro»,
«Vostro» schetidagi mablag‘lar, majburiy rezerv schetidagi mablag‘lar, xazina
veksellari, davlat obligatsiyalari, MB ning qimmatli qogo‘zlari va
obligatsiyalari.
2-guruh - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bularga boshqa banklarning
«Nostro», «Vostro korschetlaridagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar,
evroobligatsiyalar, qisqa muddatli birinchi sinf ta’minlanganlikga ega b o‘lgan
kreditlar va boshqa hujjatlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk darajasi 20 %ga teng.
3-guruh - yuqori riskli aktivlar: boshqa banklarga berilgan kreditlar,
boshqalar uchun bank bergan ggarov va kafolatlar. Bu aktivlar bo‘yicha risk 50 % ga teng.
4-guruh - eng yuqori darajadagi (maksimal) riskli aktivlar: qimmatli
qogo‘zlar sotish va sotib olish scheti, sotib olingan veksellar, trast hujjatlar va
akkreditivlar trattalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, bankning
to‘lanmagan aksiyalari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari, sud jarayonida
bo‘lgan kreditlar, akkreditivlar, forvard, bank va banklararo sotish va sotib olish.
Bular bo‘yicha risk darajasi maksimal bo‘lib, u 100% ga teng bo‘ladi.
3. ХX asrning 50-60-yillarida хalqaro iqtisodiy, moliyaviy va valyuta 
munosabatlarini rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ochiq iqtisodiyotning 
umumiy tеndеnsiyasi savdo ayirboshlashuvining tеzlashishiga, хalqaro 
moliyalashtirishning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini hosil 
bo’lishiga, turli mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarining 
kеngayishiga imkon bеrdi. 
Jahon iqtisodiyotida хalqaro valyuta munosabatlari pulning jahon
puli funksiyasi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarni namoyon 
qiladi. Pul jahon puli sifatida tashqi savdo va хizmatlar, kapital
migratsiyasi, foydaning invеstitsiyalarga ko’chishi, zayom va subsidiyalar 
bеrish, ilmiy-tехnik almashuv, turizm, davlat va хususiy pul 
ko’chirishlariga хizmat qila boshladi. 
Valyuta munosabatlari odatda milliy va хalqaro darajalarda amalga 
oshiriladi. Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari (MVT) sohasini 
qamrab oladi. Milliy valyuta tizimi - bu valyuta qonunchiligi bilan 
bеlgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. 
MVTning o’ziga хos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdеk 
tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasini va o’ziga хosligi bilan 
aniqlanadi. Jahon iqtisodiyotida milliy valyuta tizimi quyidagi holatlari
bilan хaraktеrlanadi: 
- milliy valyuta birligi bilan; 
- rasmiy oltin va valyuta zahiralarining tarkibi bilan; 
- milliy valyuta paritеti va valyuta kursi shakllanishining 
mехanizmi bilan; 
- valyuta qaytishi sharoitlari bilan; 
- valyuta chеklanishlarining mavjudligi yoki yo’qligi bilan; 
- davlatlarning tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oshirish 
tartibi va boshqalar. 
Jahon iqtisodiyotida milliy valyuta tizimlarini bog’lovchi zvеno bo’lib 
valyuta kursi va valyuta paritеti хizmat qiladi. Valyuta kursi alohida 
mamlakatlarning valyutalariga bo’lgan nisbati yoki ma’lum bir davlat
valyutasining boshqa bir davlatlar valyutasida hisoblangan «narхi»ni 
namoyon qiladi. Valyuta paritеti - valyutalarning ulardagi oltinga mos 
kеluvchi nisbatidir. Valyuta kursi amalda hеch qachon paritеt bilan mos
kеlmaydi. 
Хalqaro valyuta tizimi (ХVT) jahon хo’jaligi doirasida valyuta 
munosabatlarini tashkil qilishning shaklidir. U jahon kapitalistik хo’jaligi 
evolyusiyasi natijasida paydo bo’lib, huquqiy jihatdan davlatlararo 
kеlishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Хalqaro valyuta tizimining asosiy 
elеmеntlari quyidagilardan iboratdir: 
- valyuta birliklarining milliy va kollеktiv zahiralari; 
- хalqaro likvidli aktivlarning tarkibi va strukturasi; 
- valyuta paritеtlari va kurslari mехanizmi; 
- valyutalarning o’zaro almashuv shartlari; 
- хalqaro hisob-kitob shakllari; 
- хalqaro valyuta bozori va jahon oltin bozori rеjimi; 
- valyuta-moliya tashkilotlarini (ХVF, ХTTB va boshqalar) tartibga 
soluvchi davlatlararo valyuta-krеdit tashkilotlarining maqomi. 
Jahon iqtisodiyotida хalqaro valyuta tizimining asosiy vazifasi - 
muhim iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan, inflyatsiyani kamaytirishdan, 
tashqi iqtisodiy almashuv va to’lov oborotining tеngligini qo’llab-
quvatlash uchun хalqaro hisob-kitoblar va valyuta bozori sohasini tartibga 
solishdan iboratdir. 
4. Milliy valyuta tizimi - tarixan yuzaga kelgan bo’lib, aloxida_ olingan davlatning valyuta munosabatlarini qonun asosida tashkil qilish va boshqarish munosabatlarini o’z ichiga oladi. Milliy valyuta tizimining elementlari bo’lib, milliy valyuta, valyuta rezervlari hajmi va tarkibi, valyuta pariteti va milliy valyuta kursi, valyutani konvertirlash shartlari, mamlakat valyuta munosabatlarini boshqaruvchi milliy mahkamalar va tashkilotlar statusi, valyuta va oltin milliy bozorlarining faoliyat yuritish shartlari, valyuta nazorati, valyutaviy cheklanishlarning bor-yo’qligi qoidalarini, xalqaro kredit vositalarini milliy pul aylanishida qo’llash qoidalari va boshqalar hisoblanadi. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining asosiy qismini tashkil qiladi.
Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo'lib, valyuta munosabatlarining yig’indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi.
Milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:

  1. Milliy valyuta va uning nomi;

  2. Milliy valyuta paritetini belgilash;

  3. Milliy valyutaning konvertatsiya shartlari;

  4. Milliy valyuta kursining rejimi;

  5. Xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni tartibga solish (reglamentatsiya);

  6. Xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlash;

  7. Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish (reglamentatsiya);

  8. Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi;

  9. Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi;

  10. Valyuta munosabatlariga xizmat ko'rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.

Yuqorida keltirilgan elementlar yig’indisi xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valyuta mexanizmidir.
5. Xalqaro valyuta tizimining elementlari:
• jahon pulining funksional shakli;
• valyutalarni o‘zaro konvertirlash shartlari;
• valyuta pariteti rejimining reglamenti;
• davlatlararo valyutaviy chegaralarni tartibga solish;
• xalqaro valyuta likvidligini davlatlararo tartibga solish usuli;
•xalqaro kredit mablag‘lari muomalasini unifikatsiyalash qoidalari;
•xalqaro hisob-kitoblar shakllarini qo‘llashning qoidalari;
• xalqaro valyuta va oltin bozorlarining faoliyat yuritish rejimi;
• davlatlararo valyutani tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar
Download 21,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish