keltirish mumkin. Uning ob‘ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya‘ni aylanmalar hisoblanadi.
3-Topshiriq:To’lov tizimi va uning rivojlanish bosqichlari haqida nimalar bilasiz
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim
omillaridan biri pul aylanishini to‗g‗ri va aniq tashkil qilishdan iborat, chunki bozor iqtisodiyoti tovar pul munosabatlarining holati va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‗liqdir. Korxona va tashkilotlar o‗zlarining xo‗jalik faoliyati jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo‗ladilar. Ular o‗rtasida tovar ayirboshlash jarayoni pul va pulli hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi.
Tovar ayirboshlashning o‗zi esa pul aylanishining moddiy asosi hisoblanadi, uning asosida boshqa pulli munosabatlar, jumladan, pensiya fondi, sug‗urta fondi, soliq idoralari, bank muassasalari bilan bo‗ladigan pulli mun osabatlar hamda banklararo to‗lovlar vujudga keladi.
Uncha qimmat bo‘lmagan kompyuter vujudga kelishi va internet xizmatlarining ommalashuvi electron to‘lovlarni amalga oshirishga sharoit yaratib berdi. Agar oldinlari siz hisob raqam bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishingiz uchun pochta orqali chekni jo‘natisgingizga to‘g‘ri kelardi, hozirgi kunda esa bankning web-saytiga ulanib, bir nechta klaviaturani bosib va electron ko‘rinshda to‘lovni amalga oshirasiz. Siz nafaqat pochta xarajatlarini tejaysiz, balki kam vaqt va xarakat evaziga xisob raqamda to‘lovlar yoqimli jarayon sifatida shakllanadi. Bank tomonidan taklif etilayotgan electron to‘lovlar tizimi, sizni to'lovlarni amalga oshirish uchun setga ulanish zaruriyatidan ozod qiladi. Elektron to‘lovning qiymati chek qiymati bilan solishtirilganda ancha tejamli hisoblanadi va bahosi 1dollardan oshmaydi. Shuning uchun AQSHda electron to‘lovlar keng qo‘llaniladi. Shu qatorda amerikaliklar evropaliklardan ayniqsa skandaniviyaliklar orqada qolmoqda. Amerikaliklar dunyoda cheklardan keng foydalanuvchilar hisoblanadi. AQSHda yillik 100 mlrd. atrofida cheklar yoziladi va naqd pulsiz hisob kitoblarning 75 foizi qog‘ozda otkazilardi. Bu vaqtning o‘zida Evropaning ko‘pgina davlatlarida naqd pulsiz hisob kitoblarning uchdan ikki qismi electron shaklda amalga oshirilar edi. Finlandiya va Shvetsiya dunyoda electron bank hizmatidan eng ko‘p foydalanuvchilar hisoblanadi. Albatta, agarda finliyand yoki shved bolsa chek yozib berishdan ko‘ra o‘zining hisob raqamidan to‘g‘ri kompyuter yoki telefonidan to‘lovlarni amalga oshirishni afzal ko‘radilar
Ko‗pgina rivojlangan mamlakatlarda bank tizimlari iqtisodiyotning boshqa tizimlariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat va tekshiruv ob‘ektlari hisoblanadi, chunki tijorat banklari o‗z mijozlari hisoblangan davlat tashkilotlari, tijorat korxonalari va xususiy shaxslarning manfaatlari himoyalanishi uchun javob beradi. Shu sababli davlat respublika bank tizimining barqarorligi, bu barqarorlik xuquqiy ta‘minlanishi va uning rivojlanishidan manfaatdordir. Respublika iqt isodiyotida davlat asosiy islohotchi bo‗lsa, bank tizimida esa bu vazifa Respublika Markaziy bankiga yuklatilgan. «Markaziy bank to‗g‗risida»gi qonunining, 3-moddasida ko‗rsatilgandek, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri - respublikada to‗lovlarning samarali tizimini tashkil etish va ta‘minlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |