O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
MAVZU. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH MODELLARI
MM 57-2 GURUH:
Abdurasulov M.K
REJA:
1. Davlat xaridini tashkil etish modellari va tashkiliy elementlari.
2. Davlat xaridining tashkiliy shakllari
3. Davlat xaridini nazorat tizimi
1. Davlat xaridini tashkil etish modellari tashkiliy elementlari
Davlat xaridini tashkil etish bo’yicha rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar tajribasini o’rganib, uning uch xil modellari mavjud ekanligini ko’rish
mumkin.
Markazlashgan model – bunda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish maxsus tashkilot yoki ijroiy hukumatning yagona tarkibiy bo’linmasi - xaridni
tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq
va bo’limlardan tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil
etishni nazarda tutadi. Agar, markazlashish darajasi yuqori bo’lsa, barcha turdagi
xaridga javobgar bo’lgan maxsus idora (yoki yirik kompaniyalarda xarid departamenti) shakllantiriladi.
Markazlashmagan (taqsimlangan) model - bunda davlatning buryutmachisi
o’z ixtisosligi buyicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan
modelda kompaniyaning har bir bo’limi (vazirlik, departament va h.k.) o’z
ehtiyojlari uchun xaridni mustaqil tarzda amalga oshiradi. Shu maqsadda, uning
tarkibida xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo’lim tashkil etilgan.
Ikkala modelning ham yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan model
ancha egiluvchan, ammo ko’p xarajat talab etadi. O’z navbatida, markazlashgan
model yirik hajmdagi ulgurji xarid tufayli past baholarni ta’minlaydi, ammo
egiluvchan emas va har doim ham tovarlar hamda xizmatlarning arizada
ko’rsatilgan xususiyatlarini o’zida aks ettirmasligi mumkin.
Qisman markazlashgan modelda esa, xaridga buyurtmani joylashtirish vakolati davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga
oshiradi.
Har qanday mamlakatda ham, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy
asoslarini shakllantirish va uni doimiy tarzda takomillashtirib borish, davlat moliya
tizimining muhim strategik vazifalaridan hisoblanadi. Davlat xaridini tashkil etish jarayoni, uning tashkiliy shakllarini aniqlab olishdan boshlanadi.
Xalqaro va milliy qonunchilikda o’rnatilgan me’yorlar asosida xaridning qaysi
shakli qo’llanilishi aniqlanadi va zaruriy-me’yoriy jarayonlar buyurtmachi
tomonidan boshqarilib boriladi. O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish xalqaro va milliy qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Davlat xaridi tizimini boshqarish bir-biri bilan uzviy bog’langan to’rtta
elementni o’z ichiga oladi. Bu elementlar kompleks tusga ega bo’lib, har
bir elementni muvoffaqiyatli amalga oshirish, davlat xaridini samarali bo’lishini
ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |