Ishtiroki chegaralangan tanlov quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- agar tovar yetkazib berish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ularning innovatsion, yuqori texnologik yoki maxsus xarakterdagi murakkablik darajada bo’lsa va ularni faqatgina yuqori malakali mol yetkazib beruvchilar (pudratchilar, ish bajaruvchilar) amalga oshira olsa;
- xalqlarning tarixiy obidalari kabi madaniy obyektlarni saqlash bo’yicha ishlar bajarish;
- Muzey Fondi tarkibiga kiritilgan muzeylar kolleksiyalari va muzey predmetlarini restavratsiya qilish;
- Arxiv fondining hujjatlarini restavratsiya qilish;
- Kutubxona fondiga kirga qimmatli va noyob hujjatlarni restavratsiya qilish;
- Mazkur muzey, arxiv, kutubxonalarda ishlar bajarish uchun ularning hisob bazasi hamda muzey kolleksiyalari va predmetlari, arxivdagi hujjatlarning xavfsizligini ta’minlash tizimiga kirish ruxsati bo’lishi lozim bo’lgan holatlar kiradi.
Ishlarning texnik yoki texnologik darajasining murakkabligi sababli hamda ularning innovatsion, yuqori texnologiyali va maxsuslashtirilgan xarakterda bo’lganligi sababli bu ishlarni faqatgina maxsus va yuqori malakaga ega bo’lgan mutaxassislar bajarishi lozim bo’lgan holatlar ro’yxati hukumat tomonidan belgilab beriladi.
Ikki bosqichli tanlov. Ikki bosqichli tanlov deganda, buyurtmachi tomonidan xarid
o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov ishtirokchilariga yagona va
qo’shimcha talablar qo’yiladi va bu tanlov g’olibi bo’lib, tanlovning ikkala bosqichidan (shu
jumladan, qo’shimcha talablar qo’yilganda, birinchi bosqichdagi kvalifikatsiya oldi tanlovdan
ham) o’tgan va ikkinchi bosqichda shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilgan
shaxs g’olib hisoblanadigan tanlov tushuniladi.
Buyurtmachi ikki bosqichli tanlovni quyidagi shartlarga binoan o’tkazishga haqli. Bular:
tanlov ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, loyihaviy ishlar ( shu jumladan, arxitektura-qurilish loyihalarini tuzish)ni bajarish, tajribalar o’tkazish, ilmiy izlanish, innovatsion va yuqori texnologik mahsulotni yetkazib berish, energoxizmat hamda adabiyot yoki san’at asarlarini yaratish bi;an bo’gliq bo’lgan shartnomalarni tuzish uchun o’tkazilishi kerak;
xarid obyektining xususiyatlarini aniqlashtirish uchun xarid ishtirokchilari bilan uning muhokamasini o’tkazish shart.
Elektron shakldagi auksion(elektron auksion). Elektron shakldagi auksionda,
buyurtmachi tomonidan xarid o’tkazilishi va tanlov hujjatlari to’g’risidagi ma’lumot yagona informatsion tizim orqali chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtirilib, tanlov
ishtirokchilariga yagona va qo’shimcha talablar qo’yiladi va bunday auksion elektron maydonda uning operatori tomonidan olib boriladi.
Auksion g’olibi bo’lib, eng past shartnoma narxini taklif qilgan shaxs hisoblanadi.
Buyurtmachi xarid qilayotgan tovar, ish, xizmatlar Hukumat tomonidan belgilangan tovar, ish, xizmatlar ro’yxati tarkibida yoki davlat hokimiyatining ijroiya organi tomonidan belgilangan qo’shimcha ro’yxat tarkibida bo’lsagina elektron auksionni o’tkazishi mumkin. Bunda ma’lum kotirovkalarga so’rov, ma’lum takliflarga so’rov yoki aynan bir mol yetkazib beruvchi bilan xaridni
buyurtma qilish kabi holatlar bundan mustasnodir.
Tovar, ish, xizmlatlar yuqorida aytib o’tilgan, davlat tomonidan belgilab qo’yilgan tovar, ish, xizmlatlar ro’yxatiga quyidagi holatlarda kiritilishi mumkin:
xarid obyektining ta’rifini aniq va to’liq shakllantirish imkoniyati bo’lganda;
bunday auksion g’olibini aniqlash talablarining miqdoriy va pul ko’rinishidagi bahoga ega bo’lishi.
Buyurtmachi mazkur maqoladagi ro’yxatda keltirilmagan tovar, ish,
xizmatlarni ham elektron auksion orqali xaridini amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |