9-variant 1. Tijorat banklarining foizli xarajatlari.
2. Internet banking xizmatlari.
3. Tijorat banklarining likvidlik ko‘rsatkichlari.
JAVOB: Odatda, bank xarajatlarining katta qismini jalb qilingan mablag‘lar xarajatlari tashkil qiladi. Bu to‘lovlar foiz shaklida amalga oshirilganligi uchun, bu xarajatlar foizli deyiladi.
Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal bankda foizli xarajatlarining ulushi hamma xarajatlarining deyarli 70%ini tashkil etishi mumkin.
Foizli xarajatlarning kattaligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi ulushi bank passivlari tuzilishiga bog‘liq. Aholi omonatlari va banklararo kreditlar bank uchun qimmatli hisoblanadi. Shuningdek, banklar yuridik shaxslar depozitlari va chiqarilgan qarz majburiyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar va depozit sertifikatlari) nisbatan katta foizlar to‘laydi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablag‘lar ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, foizli xarajatlar shuncha kam bo‘ladi va natijada bank foydasi ko‘payadi.
Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisbatan o‘sishi, bankning kredit resurslarini oladigan bozor kon’yukturasining yaxshimasligidan yoki bankning bu bozorlardagi raqobat mavqeini yomonlashganligidan dalolat beradi. Foizli xarajatlarning o‘sishi, foizli daromadlarning adekvat o‘sishi bilan yonma-yon borsa, bu hol o‘rtacha hisoblanadi. Foizli daromadlarning o‘sish sur’ati foizli xarajatlarning o‘sishidan o‘zib ketsa, bu hol bank uchun yetuk hisoblanadi.
Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.
Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:
to‘lovlarni o‘tkazish;
to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.
Tijorat banklari likvidligi tushunchasi bu uning barcha kontragentlari oldidagi qarz va moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatiga tushiniladi va bu qobiliyat bankning yetarli o‘z kapital mablag‘lariga ega bo‘lishi, aktivlari tarkibi, muddati jihatidan passivlarning tarkibi va muddatiga mos kelishi bilan aniqlanadi.
Ma’lum davr maboynida naqd pul tushumiga ega bo‘lish va bozor talabi noaniq bo‘lishi sharoitida mablag‘larni jalb qilish va ularni joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsion faoliyatini amalga oshirish uchun bank likvidli mablag‘larga muhtoj bo‘ladi, ya’ni likvidli mablag‘lar bu shunday aktivlarki, minimal yuqotish xatari bilan yoki umuman yuqotishlarsiz tez pulga aylanadigan aktivlar.
Demak, bank likvidligi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini shakllantiruvchi ularning to‘lovga layoqatligini tavsiflovchi asosiy omildir.
Agar tijorat banki o‘zining qarz va moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun yetarli darajada naqd pul mablag‘lariga, boshqa likvidli aktivlarga va shuningdek, boshqa manbalardagi mablag‘larini tez realizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa u holda bank likvidli hisoblanadi.