Mjtk. 27-modda. Musodara qilish



Download 22,99 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2022
Hajmi22,99 Kb.
#643180
  1   2   3
Bog'liq
mavzuga oid sud plenum qarorlari kodekslar moddalari


MJTK.27-modda. Musodara qilish
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

JPK.211-modda. Jinoyat ishini yuritish tamom bo‘lganligi munosabati bilan ashyoviy dalillar to‘g‘risida qabul qilinadigan qarorlar
Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrimda yoki qarorda ashyoviy dalillar masalasi quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal qilinadi:
1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxo‘rlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga o‘tkaziladi;.
2) muomaladan chiqarilgan ashyolar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yo‘q qilib yuboriladi;
3) hech qanday qimmatga ega bo‘lmagan ashyolar yo‘q qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
4) jinoyat yoki boshqa g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum bo‘lib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquq vorislariga, shuningdek merosxo‘rlariga qaytarib berilishi lozim;
5) jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar ko‘rgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o‘tkaziladi;
6) ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.

JPK Sharh 1. Ашёвий далилларга оид юз берган масалалар суриштирувчи, терговчи прокурор ёки суд томонидан ҳал қилинади. Жумладан, ҳукмда, жиноят ишини тугатиш тўғрисида қарор (ажрим)да уларга оид қуйидаги масалалар ҳал этилади:
а) жиноятни содир этиш қуроллари мусодара қилинади, шунингдек, бирор муассаса, корхонада фойдаланиш учун берилиши ёхуд йўқ қилиб ташланиши мумкин;
б) қонуний эгасидан ғайриқонуний йўл билан олинган қимматликлар эгасига ёхуд унинг ворисларига берилади;
в) жиноий йўл билан орттирилган мулклар иш бўйича мулкий даъволарни қондириш учун сарфланади, ундан ортиб қолгани эса мусодара қилинади;
г) ашёвий далил ҳисобланган ҳужжатлар ҳам эгаларига ёки ундан фойдаланувчи шахсларга, муассасаларга берилади, лекин сохта ҳужжатлар бундан мустасно;
д) ҳеч қандай қимматга эга бўлмаган ашёлар, ғайриқонуний тайёрланган, давлат стандартларига тўғри келмайдиган ўқотар қуроллар, гиёҳвандлик воситалари, психотропик моддалар, шунингдек сақланиши ва фойдаланиши ижтимоий хавфли бўлган нарсалар махсус комиссия ҳузурида йўқ қилинади. Бу ҳақда тегишли ҳужжат-далолатнома тузилади.


Download 22,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish