POVEST TUGADI
Epilog
Obuxov muyulishidagi professor Preobrajenskiy uyining ko’rish
xonasida bo’lib o’tgan to’s-to’polondan keyin roppa-rosa o’n kecha
o’tgach, eshik qo’ng’irog’i keskin jiringladi.
— Jinoyat-qidiruv milisiyasi va tergovchi. Marhamat qilib eshikni
100
ochsangiz.
Do’pir-do’pir qadam tovushlari eshitilib, ichkariga kirishdi va shkaf
oynalari yangitdan solingan qabulxonada bir talay odam paydo bo’ldi.
Ikkitasi milisiya kiyimida, yana birovi qora paltoda, portfel ko’targan,
rangi gezargan ichiqora Shvonder, o’spirin — ayol, shveysar Fyodor,
Darya Petrovna va chalayarim kiyingan, galstuk taqilmagan bo’ynini
uyalib berkitishga urinayotgan Bormental turardi. Filipp Fililpovich eshik
orqali ichkariga o’tdi. U hammaga tanish ko’k xalatini kiyib chiqdi va
hamma uning so’nggi hafta ichida yaxshigina to’lishganiga ishonch hosil
qildi.
Ilgarigi o’sha harakatchan va amirona qiyofadagi Filipp Filippovich
savlat to’kib kechki mehmonlar huzuriga chiqdi va xalatda ekanligi uchun
uzr so’radi.
— Siqilmang, professor, — dedi grajdan kiyimidagi kishi juda iymanib,
keyin u tusmollab gap boshladi: — Judayam xunuk ish... Bizda uyingizda
tintuv o’tkazish va natijasiga qarab, hisobga olish haqida order bor.
Filipp Filippovich ko’zlarini qisgancha so’radi:
— Ma’zur tuting, qanday aybnoma yuzasidan va kimni?
U kishi chakagini qashigancha portfelidan qog’oz chiqarib o’qiy
boshladi:
— Preobrajenskiy, Bormental, Zinaida Bunina va Darya Ivanova, tozalash
bo’limchasining mudiri Poligraf Poligrafovich Sharikovni o’ldirganlikda
ayblanasizlar.
Zinaning ho’ngrashi gapning oxirini yutib ketdi. Xonadagilar
g’imirlab qolishdi.
— Hech narsaga tushunmayapman, — javob berdi Filipp Filippovich
qirollardek viqor bilan yelka uchirib,— qanaqa Sharikov? E-ha, afv
etasizlar, men operasiya qilgan itni aytyapsizlar chog’i?
— Kechirasiz, professor, itni emas, u odamga aylanib ulgurgan edi. Mana
gap qayerda...
— Siz uning gapirishini nazarda tutayapsizmi? — so’radi Filipp
Filippovich.— Gapirgan bilan odam bo’lib qolmaydi, albatta. Darvoqe,
buning ahamiyati yo’q. Sharik hozir ham bor va uni hech kim o’ldirgani
yo’q.
— Professor, — gap boshladi qattiq hayratga tushgan qora odamcha
101
qoshlarini chimirib,— bo’lmasa uni bizga ko’rsatishingiz zarur. Yo’qolib
qolganiga o’n kun bo’ldi, bizdagi ma’lumotlar esa, ma’zur tutasiz, juda
xunuk...
— Doktor Bormental, iltimos, Sharikni tergovchiga ko’rsatsangiz,—
buyurdi Filipp Filippovich, orderni qo’liga olarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |