89
gipofiz havoda osilib qolmaydi-ku! It miyasiga o’rnashib, singib ketadi,
shunga imkon berish kerak, vassalom. Hozir Sharikovda itdan qolgan-
qutgan qiliqlar namoyon bo’lyapti, tushunyapsizmi, mushuklar esa, u
qilayotgan ishlar ichida eng yaxshisi! Tasavvur qiling, butun fojia
shundaki, uning ko’ksida itniki emas, allaqachon inson yuragi urib
turibdi. Boz ustiga tabiatdagi barcha mavjudotlar yuragi ichida eng iflosi
va eng yaramasi.
Sabr kosasi to’lib-toshgan Bormental ozg’in va kuchli qo’llarini
musht
qilib tuggancha, yelkasini qisdi-da, qat’iyat bilan dedi:
— Tamom. Men uni o’ldiraman!
— Men man etaman! — e’tirozga o’rin qoldirmaydigan ohangda javob
berdi Filipp Filippovich.
— Ma’zur tutasiz, axir...
Filipp Filippovich birdan hushyor tortib, barmog’ini ko’tardi.
— To’xtang-chi, oyoq tovushlari kelyapti...
Ikkalasi
quloq solishdi, lekin yo’lakda jimlik hukm surardi.
— Menga shunday tuyuldi chog’i, — dedi Filipp Filippovich va qizishib
nemis tilida gapira boshladi. Uning gaplari orasida ruscha «jinoyatchi»
so’zi bir necha bor takrorlandi.
— Bir minut, — qo’qqisdan ziyrak tortib, eshik tomon qadam qo’ydi
Bormental. Qadam tovushlari aniq eshitilar va tobora ular o’tirgan xona
tomon yaqinlashib kelar edi. Bundan tashqari, gangur-gungur ovozi ham
quloqqa chalinardi. Bormental eshikni ochdi-yu, hayratdan qotib qoldi.
Butunlay
es-hushini
yo’qotayozgan Filipp Filippovich kursida
o’tirgancha dokaday bo’zardi. Yo’lakning to’rtburchak shaklida
yorishgan yerida birgina ichko’ylakda yuzlari yonib, jangovar tarzda
Darya Petrovna turardi. Bo’liq tananing, qo’rquvdan bo’lsa kerak,
butunlay yalang’och ko’ringanligi professorning ham, shogirdining ham
ko’zlarini qamashtirib yubordi. Darya Petrovna zabardast qo’llarida
nimanidir sudrab kelar, u «nimadir» esa, qarshilik ko’rsatgancha, orqasi
bilan polga o’tirib olgan, uning kalta, qora jun bilan qoplangan oyoqlari
esa, parketda chalishib-chatishar edi, «Nimadir» — albatta, hali kayfi
tarqamagan, o’zini yo’qotib qo’ygan, birgina ko’ylakdagi Sharikov edi.
Basavlat va yalang’och Darya Petrovna bir qop kartoshkani
tashlaganday, Sharikovni yerga otib, quyidagilarni aytdi:
90
— Tungi mehmonimiz Poligraf Poligrafovichning ahvolini ko’rib
qo’ying, janob professor! Men-ku, mayli-ya, turmush ko’rgan ayolman,
Zina-chi, axir, u bokira qiz bola-ku! Yaxshiyam uyg’onib qoldim.
Gapini tugatgach, Darya Petrovnani uyat hissi qamrab oldi, u
qichqirib
yubordi-da, qo’llari bilan ko’kragini berkitgancha yugurib ketdi.
— Darya Petrovna, xudo qaqqi, kechiring, — o’ziga kelib, uning
orqasidan qichqirdi Filipp Filippovich.
Bormental yenglarini shimarib, Sharikov tomon yurdi. Uning
ko’zlariga nigohi tushgan Filipp Filippovich qo’rqib ketdi.
— Nima
qilmoqchisiz, doktor! Man qilaman...
Bormental o’ng qo’li bilan Sharikovning yoqasidan olib, shunday
siltadiki, uning ko’ylagi old tomonidan tarsillab yirtilib ketdi.
Filipp Filippovich o’zini ular o’rtasiga otib, nimjongina Sharikovni
jarrohning chayir qo’llari iskanjasidan chiqarib olishga harakat qilardi.
— Urushga haqqingiz yo’q! — qichqirdi bo’g’ilayozgan Sharikov
o’tirgan yerida kayfi tarqay boshlar ekan.
— Doktor! — ayuhannos solardi Filipp Filippovich.
Bormental bir oz o’ziga kelib, Sharikovni qo’yib yubordi va u shu
zahoti hiqillashga tushdi.
— Xo’p, mayli, — pishilladi Bormental, — ertalabgacha kutaylik-chi.
Benefisni kayfi tarqagandan keyin ko’rsataman.
Shu zahoti u Sharikovni qo’ltig’idan olib, uyquga yotqizgani
qabulxonaga sudrab ketdi. Sharikov qarshilik ko’rsatishga urinib ko’rdi,
lekin oyog’ida turolmaydigan darajada edi.
Filipp Filippovich oyoqlarini kerib, qo’llarini yuqori ko’targancha,
ayanchli nigohini dahliz shipidagi chiroqlarga qadarkan:
— Voy-vo-ey!.. — deya nolidi.
Do'stlaringiz bilan baham: