VIII
Filipp Filippovichning qanday qarorga kelgani noma’lum. Lekin
keyingi hafta mobaynida u boshqa hech qanday ish bilan shug’ullanmadi,
ehtimol, shuning uchun bo’lsa kerak, uydagi hayot yana har xil voqealar
bilan boyib ketdi.
Suv va mushuk voqeasidan keyin chamasi 6 kunlar o’tgach, uy
xo’jaligi boshqarmasidan Sharikovning oldiga pirovardida ayol bo’lib
chiqqan o’spirin kelib, unga hujjatlarini topshirib ketdi. U hujjatlarni
darhol cho’ntagiga yashirib, doktor Bormentalni chaqirdi.
— Bormental!
— E, yo’q, siz meni ismi-sharifimni aytib chaqiring, —
Do'stlaringiz bilan baham: |