«MITCELL» o’quv keysi. (Garvard universitetining asl mumtoz keysi) Metallurgiya laboratoriyasiga qarashli bo’lgan ustaxonada Eduard Mitchel degan ishonchli va tajribali xodim ishlar edi. Unga sinaluvchi nusxalar tayyorlash torshirilgan edi. Mazkur ish ilmiy sinovlarning zarur bosqichlaridan biri hisoblanib, u orqali qotishmalar tayyorlash uchun turli metallar tanlanardi va yakunida tajriba-sinovidan o’tkazilar edi.
Mitchel qayta ishlanmagan qotishmani olar va unga tokarlik stanogida ishlov berib, sterjen tayyorlar, uning uzunligi va diametrini sinchkovlik bilan tekshirar edi.
Shundan so’ng sterjenda ikkita simmetrik o’yiqcha hosil qilib, uni cho’ziluvchanlikka sinash uchun tayyorlar edi. Sinov jarayoni esa navbatdagi ustaxonada o’tkazilardi. Har bir alohida sterjenni tayyorlashga 2,5-3 soat vaqt talab qilinardi. Mitchel ishini bajarganidan so’ng har bir sterjenni navbatdagi ishlovlar mobaynida zarracha ham xastalanib ketmasligi uchun diqqat bilan qog’ozga o’rar edi.
Ehtimolga ko’ra Mitchelga hech kim va hech qachon nima uchun aynan shunday mas’uliyatli ishni bajarishga qo’yilganini aytmagandi. Hech kim u bajaradigan ishning korxonada amalga oshiriladigan jarayondagi ahamiyatini tushuntirmagan edi. Mitchel o’zi tayyorlaydigan sterjenlarning taqdirini bilishni juda xohlar edi. U nima uchun bu sterjanlardan ko’p miqdorda tayyorlanishini ham bilgisi kelardi.
Bir kuni korxona muhandisi Mongin ustaxonaga tashrif buyurganida Mitchel o’z sterjenlarining taqdiri to’g’risida so’radi. Bunga javoban muhandis uning sterjenlari bilan keyinchalik nima ro’y berishini ko’rsatishga rozilik bildirdi va Mitchelning boshlig’i bilan kelishib, uni yaqin orada o’tkaziladigan sinovlarda tajribaxonaga kelishi mumkinligini malum qildi...
Mitchel ishtirokida muhandis qog’oz o’ramini ochib, sterjenni metallar cho’ziluvchanligini tekshiradigan dastgohga o’rnatdi. Muhandis tugmachani bosdi va va sinov jarayoni boshlandi. Maxsus o’lchagich sterjenga bo’layotgan ta`sir kuchini ko’rsatardi. Bir vaqtning o’zida esa «kuch-cho’zilish» nisbati avtomatik tarzda qayd etilar edi.
1,5 minutdan so’ng muhandis nozik mexanizm buzilib qolmasligi uchun qayd qilish moslamasini o’chirdi. Sinov so’ngi 30 sekund mobaynida davom etdi va shundan keyin sterjen bo’g’iq ovoz chiqarib, sinib ketdi...
Muhandis ushbu holatni qayd etib, sinov natijasidan mamnun edi. Mitchel birdaniga: «Mening sterjenimni nima qilayapsiz?»- deb, baqirib yubordi. Muhandis sinov natijasi kimgadir bunchalik tasir qilishidan o’ta hayron bo’ldi. Axir sterjenlar faqat shu maqsadda tayyorlanadi-ku! Nima uchun Mitchel buni o’zini o’zining haqoratlangani deb qabul qildi? U bu haqida so’rab ulgurmasidanoq Mitchell taajublangan holda laboratoriyadan yugurib chiqib ketdi...
Keyingi kun muhandis Mitchel tajribaxonadan chiqqanidan so’ng to’g’ri o’z ustaxonasiga bordida, jihozlarni yig’ishtirgani va uyiga ketagnidan xabardor bo’ldi. Keyin u ishdan bo’shab ketdi...
Ro’y bergan voqea asosida muhandis shunday xulosaga keldi:
Mitchell- ko’rinishicha ovsar va o’ta tasirchan. Hamma ishchilar shunday. Ular ilm-fan tomonidan bildiriladigan haqiqiy nuqtai-nazarni qabul qilishga qobiliyatli emaslar. Muhandis Mitchelni tajribaxonagan taklif qilib katta xato qilganini bildi.
Agarda u Mitchelga sterjenlarning kelgusidagi taqdirini tushuntirmaganida edi, balki u ilgarigiday ishlab yurgan bo’larmidi? Axir Mitchel yaxshi xodim edi-da. Xolbuki, ishchilarga biron nimani tushuntirish vaqtni behudaga ketkazishdan boshqa narsa emas...
Keysni muhokama qilish uchun savollar:
1. Mitchelning ishdan bo’shashiga nima sabab bo’ldi?
2. Mazkur keysning ijobiy va salbiy jihatlarni sanang.