"Missionerlik" va "prozetilizm"


O’zbekiston yoshlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi



Download 136,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.07.2021
Hajmi136,8 Kb.
#133335
1   2
Bog'liq
Dinshunoslik 3-topshiriq

O’zbekiston yoshlari, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi 

Ko’pgina  davlatlarda  islom  omilining  o’sishi  bilan  dindan  siyosiy  niqob  sifatida 

foydalanib hokimiyatga intilish kuchayganligini ko’ramiz. Shu sababli ilmiy  tilda 

diniy  ekstrеmizm  so’zi  tеz-tеz  ko’zga  tashlanmoqda.  Diniy  ekstrеmizm  – 

ekstrеmizmning  din  niqobida  namoyon  bo’lish  shakli  bo’lib,  u  mavjud 

muammolarni hal qilishda o’ta kеskin  chora-tadbirlarni, fikr-qarashlarni yoqlovchi 

nazariya  va  amaliyotni  anglatadi.  Diniy  ekstrеmizm  namoyon  bo’lishiga  ko’ra 

hududiy, mintaqaviy, xalqaro shakllarga bo’linadi. Bunday qarashlar juda qadimiy 

ildizlarga ega bo’lib, hеch qachon chеgara bilmagan, millat va hududni tan olmagan. 

Diniy ekstrеmizm barcha dinlar doirasida rivojlangan.O’zbekistonga nisbatan islom 

fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo’l bilan musulmonlarni 

islohotchi  davlatga  ishonchini  yo’qotishga  urinishda  o’zini  namoyon  etmoqda. 

Bunday  guruhlar  mustahkamlanib  borayotgan  umummilliy  birdamlik  va 

hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. 

Demokratiya  va  dunyoviy  davlat  tushunchalarini,  e’tiqod  erkinligiga  asoslangan 

ko’p  konfessiyali  dunyoviy  jamiyatni  obro’sizlantirishga  yo’naltirilgan  sa’y-

harakatlarni amalga oshirmoqdalar.  Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 

«eng  avvalo,  jamiyat,  guruh,  alohida  shaxs  ma’naviy  hayotining  muayyan  sohasi 

bo’lgan  din  umuminsoniy  axloq  me’yorlarini  o’ziga  singdirib  olgan,  ularni 

jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.  Binobarin 

din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot 

sinovlari,  muammo  va  qiyinchiliklarni  engib  o’tishlarida  kuch  bag’ishlagan. 

Umuminsoniy  va  ma’naviy  qadriyatlarni  saqlab  qolish  hamda  avloddan  avlodga 

etkazishga  yordamga kelgan. Dinning  yuksak rolini  e’tirof etish bilan birga diniy 

dunyoqarash  tafakkurning,  insonning  o’zini  o’rab  turgan  dunyoga  o’zi  kabi 

odamlarga munosabatining Yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash mumkin. 

Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon, u bilan teng yashash 

huquqiga  ega  bo’lgan  holda  rivojlanib  kelgan».    Keyingi  yillarda  milliy  va  diniy 

qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor 

siyosatga aylandi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda diniy tashkilotlar soni o’sdi. 

1990 yilda Respublikada 119ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o’quv yurti mavjud bo’lgan 

bo’lsa 2005 yilga kelib, 2186 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko’rsatgan. Shuningdek 

1987  ta  masjid,  163  xristian  cherkovi,  8  ta  yahudiy  sinagogalari,  6  ta  Bahoiylar 

jamoasi, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta Budda ibodatxonasida fuqarolar erkin 

ibodat qilishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 

Bugungi kunda ko’plab diniy bayramlar ommaviy nishonlanmoqda, televidenie va 

matbuot  tomonidan  xalq  ehtiyojida  bo’lgan  diniy  masalalar  tez-tez  yoritila 

boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish qiziqish kuchaydi. 

Biroq  bundan  foydalangan  ba’zi  shaxslar  o’z  manfaatlari  yo’lida  chet  ellik 

yurtimizga  suqulib  kirmoqchi  bo’lgan  ekstremistik  oqimlar  «da’vatchi»lariga 

aylandilar.  Ular  xorijliklar  tomonidan  istaganlaricha  mablag’  va  diniy  adabiyotlar 



bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar  tezda o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi  va 

Toshkent shahrida avj olgan «vahhobiychilik» harakati, respublikamizning deyarli 

barcha  shahar  va  qishloqlariga  etib  borishga  ulgurgan  «Hizb  at-tahrir  alislomiy» 

kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-

fasod  harakatlari  shundan  darak  beradi.    Modomiki,  biz  yoshlarimizni, 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va 

Yassaviylar  ta’limoti  asosida  tarbiyalar  ekanmiz,  biz  ularni  turli  islom  niqobi 

ostidagi  g’arazli  guruhlar  bilan  buyuk  ajdodlarimiz  amal  qilgan  va  bizlarga  ham 

tavsiya  etgan  musaffo  islom  o’rtasini  ajrata  oladigan  darajada  bilimli  qilishimiz 

zarur bo’ladi. 



Download 136,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish