B ye sh i n ch i b o b. (v. 1176 — 128a) Chingizxonning toʻngʻich oʻgʻli Joʻchixon naslidan boʻlgan 33 xon zamonida Dashti Qipchoq (hozirgi Qozogʻiston, Gʻarbiy Sibir va Volgaboʻyi yerlari)ning tarixidan hikoya qiladi. Voqealar bu bobda ham juda qisqa tarzda bayon etilgan.
Yuqorida keltirilgan parchadan ikki muhim xulosa chiqarsa boʻladi:
1. Dashti qipchoqning Sharqiy qismi va Gʻarbiy Sibir Oʻzbekxon Oltin oʻrda taxtiga oʻltirmasdan birmuncha ilgari ham “Oʻzbek ulusi” deb atalgan. Demak, shu katta makonda koʻchib yurgan turk-moʻgʻul qavmlari “oʻzbek” degan bitta umumiy nom bilan atalgan.
2. Shu paytgacha fanda “oʻzbek” xalq nomi sifatida, XV asr oxiri — XVI asr boshida Dashti qipchoqdan koʻchib oʻtgan degan fikr hukmron edi. “Tarix-i arbaʼ ulus”da keltirilgan bu maʼlumotdan “oʻzbek” xalq nomi sifatida, Movarounnahrga XIV asrning birinchi yarmida, balkim undan ham oldin (Botuxon bilan Barakaxon tarixida keltirilgan baʼzi maʼlumotlarni eʼtiborga olganda) kirib kelganligi maʼlum boʻladi. Bu maʼlumot, shubhasiz, oʻzbek xalqining etnik tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“T a r i x -i a r b a ʼ u l u s”n i n g o l t i n ch i b o b i (v. 128a — 164a) Eron bilan Ozarboyjon ustidan qariyb bir asr mobaynida (654(1256) — 754(1353) hukmronlik qilgan Elxoniylar davlati, shuningdek, Arpaxon davrida (1335—1336) nufuzi orta boshlagan Choʻponiylar (Shayx Hasan kuchak) va Jaloiriylar (shayx Hasan Buzurg) tarixini oʻz ichiga oladi. Bu bobda Elxoniylar davlatining ichki ahvoli va tashqi siyosatiga oid bir talay qimmatli maʼlumotlar bor.
A s a r n i n g e n g m u h i m q i s m i — u n i n g ye t t i n ch i 6 o 6 i d i r . Unda Chigʻatoy ulusining Chingizxon zamonidan (1227-y.) to Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370-y.) gacha boʻlgan tarixi hikoya qilinadi.
Maʼlumki, Chigʻatoy ulusining qariyb 150-yillik (624(1227) — 771(1370) tarixi oʻrganilmagan. Bu haqda qoʻlyozma manbalarda yetarli maʼlumot boʻlmasligi bunga asosiy sababdir. Toʻgʻri, Chigʻatoy ulusida hukmfarmolik qilgan xonlar haqida juda qisqa maʼlumotlar Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddimayi zafarnoma”sida, Mahmud ibn Valining “Bahr ul-asrorida ham keltirilgan. Lekin «Tarix-i arbaʼ ulus” ularga nisbatan bir qadar toʻlaroq. Unda ulusda hukmroklik qilgan Chigʻatoy va Oʻqtoy qoon naslidan (Ali sulton, Donishmandchaxon, Suyurgʻatxon va Sulton Mahmudxon) boʻlgan 33 xonning tarixi qisqa tarzda bayon etilgan.
Ulugʻbekning “Tarix-i arbaʼ ulus” asari Markaziy va Oʻrta Osiyoning XIII — XIV asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini oʻrganishda muhim oʻrin egallashi shubhasiz.
Yuqorida aytilganidek, biz Chigʻatoy ulusi tarixini yaxshi bilmaymiz. Mamlakatning Chingizxon istilosidan to Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelganiga qadar kechgan tarixi biz uchun qorongʻu. “Tarix-i arbaʼ ulus”da keltirilgan maʼlumotlarni Sharafuddin Ali Yazdiyning “Muqaddima-yi Zafarnoma” va Maxmud ibn Valining “Bahr ul-asror”iga hamda arxeologiya fani qoʻlga kiritgan maʼlumotlarga qoʻshib oʻrganilsa, shubxasiz, fandagi bu oq dogʻni yuvish mumkin.
“Tarix-i arbaʼ ulus” ning mazkur oʻzbekcha nashri asarning Britaniya muzeyi (Angliya)da saqlanayotgan ADD 26190 raqamlik qoʻlyozma nusxasi asosida amalga oshirildi.
Shubhasiz, “Tarix-i arbaʼ ulus”ning ushbu nashrida, uning tarjimasida ham, tadqiqot qismlarida ham ayrim juzʼiy xatolar oʻtib ketgan boʻlishi turgan gap. Shuning uchun ham mutaxassis olimlarning xolisona fikr-mulohazalariga muhtojmiz. Xolisona maslahat asarning yangi, puxtaroq nashrini tayyorlashda yordam beradi, albatta.
Boʻriboy AHMEDOV, OʻzFA muxbir aʼzosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |