Mirzo ulugʻbek rasadxonasi. Oʻzbekistonda observatoriya Ulugʻbek rasadxonasi
Ulugʻbek rasadxonasi - Samarqanddagi 15-asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri, koʻhna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428 — 29 yilda Koʻhak (Choʻponota) tepaligida ulkan silindr shaklida bunyod etilgan
Ayrim qoʻlyozmalar ("Boburnoma")ga koʻra, bal. 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Kvadrantning jan. qismi yer ostida, qolgan qismi shim. tomonda yer sathidan 30 m cha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga toʻgʻri keladi.
Bu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari "Ziji Koʻragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar Gʻiyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq. Rasadxona oʻrta asrlarda asbob uskunasi jihatdan ham beqiyos boʻlgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari — ekvator va ekliptika orasidagi burchakni oʻlchash, yillik pretsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklarni aniqlashga imkon bergan. Rasadxonada kichik oʻlchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadan iborat oʻlchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari, asturlob va boshqalar boʻlgan. Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir gʻisht boʻlgan aylanma devor borligi va uning markazida qoʻshaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta - kichik xonalari boʻlgan. Boburning yozishicha, Ulugʻbek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan. Ulugʻbek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. Xususan, bu yerda diametri 48 m keladigan, qalinligi bir gʻisht boʻlgan aylanma devor borligi va uning markazida qoʻshaloq yoydan iborat ulkan bosh qurilmaning qoldiq qismlari aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta - kichik xonalari boʻlgan. Boburning yozishicha, Ulugʻbek rasadxonasining sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan. Rasadxona ichiga oʻrnatilgan juda katta asbob yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar katta aniqlik bilan oʻrganilgan. Oʻzbekistonda observatoriya Maydanak observatoriyasi Maydanak balandtogʻ rasadxonasi — Oʻzbekiston FA Astronomiya institutining ilmiy tadqiqot muassasasi. Kitob Skiand tog' rasadxonsi ar majmuasiga kiradi. Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻning Qamashi tumanlari chegarasidagi Maydanak togʻining Gʻarbiy choʻqqisida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 2650 m, umumiy maydoni 40 ga teng. - Maydanak balandtogʻ rasadxonasi — Oʻzbekiston FA Astronomiya institutining ilmiy tadqiqot muassasasi. Kitob Skiand tog' rasadxonsi ar majmuasiga kiradi. Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻning Qamashi tumanlari chegarasidagi Maydanak togʻining Gʻarbiy choʻqqisida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 2650 m, umumiy maydoni 40 ga teng.
Rasadxonaga oʻrnatilgan teleskoplar koʻzgularining diametri 1,5 m va 1,0 m. Bulardan tashqari, kuzgusining diametri 60 sm dan boʻlgan 4 ta, 50 sm dan boʻlgan 3 ta teleskoplar ham oʻrnatilgan. Rasadxonada Galaktikamiz Shimoliy qutbi sohalarida va Quyosh sistemasi atrofidagi tumanliklarda joylashgan oʻzgaruvchan yulduzlar fotometriyasi maʼlumotlari toʻplanadi, yulduzlar yorqinligining kuchsiz oʻzgarishlari fotometrik effektlari topildi. Ushbu fotometriya natijasidan foydalanib dunyoda muhim boʻlgan rangli fotometriya banki barpo etildi. Rasadxonada koinotning eng uzoq, chekkalarida joylashgan noyob obʼyektlar — gravitatsion linzalar, kvazarlar va faol yadroli galaktikalarni tadqiq etish boʻyicha izlanishlar olib boriladi. - Ushbu fotometriya natijasidan foydalanib dunyoda muhim boʻlgan rangli fotometriya banki barpo etildi. Rasadxonada koinotning eng uzoq, chekkalarida joylashgan noyob obʼyektlar — gravitatsion linzalar, kvazarlar va faol yadroli galaktikalarni tadqiq etish boʻyicha izlanishlar olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |