1. UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA O‘QITISH METODIKASI
Fizika o’qitish metodikasi-pedagogika fanining tarmog‘i sifatida shakllangan yaxlit fandir, «Fizika o‘qitishning nazariy asoslari» maxsus kursi ham o‘z ob’yekti, vazifasi va tadqiqot metodlariga ega. Fizika ta’limi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari: o‘quv materialining mazmuni, o‘qitish metodlari, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati, o‘qitish natijalari va boshqalar o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Pedagogika fanining tarmog‘i sifa-tidagi fizika ta’limi va mazmuni oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo‘yiladi.
1.Fizika ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy ta’limiy ahamiyatini ochib berish.
2.O‘quv materiali mazmunini asoslash.
3.Ta’lim jarayonini tashkil etish.
Dasturlarida fizika o‘qitishning vazifalari quyidagicha ta’kidlab berilgan:
-ta’lim oluvchilarni fizika fanining asosiy bilimlaridan, eksperimental faktlaridan, tushunchalaridan, qonunlaridan, nazariya va ularning amaliy qo‘llanilishidan xabardor qilish;
-fizika fanining asosiy metodlari hisoblangan nazariy va eksperimental usullar bilan tanishtirish;
-eksperimentlar o‘tkazish qobiliyatlarni shakllantirish-asbob va uskunalardan foydalanish;
-mustaqil bilimlar olish, kuzatish va fizik hodisalarni tushuntirish qobiliyatlarini shakllantirish.
Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqa-rashini shakllantirish metodlariga quyidagilar kiradi:
-fizikaviy hodisalar tabiatining moddiyligini va moddiy dunyoning birligini ko‘rsatish;
-tabiat hodisalari va ular orasidagi qonuniy bog‘lanishning bilish mumkinligini isbotlash;
-o‘rganilayotgan qonunlar va sabab-oqibat bog‘lanishlari-ning ob’ektiv xarakterga ega ekanligini ochib berish.
O‘qitish metodlarini ishlab chiqish bilish nazariyasiga, o‘rganilayotgan fanning metodologiyasiga, har bir jarayonning psixologiyasiga, o‘qitishning didaktik tamoyillariga va shaxsni tarbiyalashning pedagogik asoslariga tayanadi. Psixologiya va didaktika o‘quv faoliyatini motivatsiyalash va o‘quv jarayonini boshqarish uchun yordam beradi. O‘qitish metodlari o‘rganilayot-gan fanning mantiqiy metodlarini o‘zida ifodalaydi.
Fizikada tekshirishlar nazariy va eksperimental metodlarda olib boriladi. Bu metodlarning mantiqi ham ilmiy, ham o‘quv bilishi uchun ham bir xilda muhimdir. Fizikada tekshirishning nazariy metodlari bu harakatning ma’lum ketma-ketligini to‘liq o‘rganishga imkon beradi:
-hodisalarni kuzatish va ularni xotirada tiklash;
-mavjud faktlarni tahlil qilish va umumlashtirish;
-muammoni ifodalash;
-tahlil-gipotezani ilgari surish;
-mantiqiy fikrlash yo‘li bilan gipotezadan nazariy xulosalar chiqarish.
O‘qitishning eksperimental metodi nazariy metod bilan uzviy bog‘langan u o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan:
-eksperimentning vazifasini ifodalab berish;
-tajriba faktlari va nazariy bilimlar asosida ishchi gipotezani oldinga surish;
-tekshirish metodini ishlab chiqish va ishlab chiqilgan metod bo‘yicha eksperiment o‘tkazish;
-kuzatish, o‘lchashlar;
-olingan ma’lumotlarni sistemalashtirish;
-tajriba natijalarini tahlil etish va umumlashtirish;
-ishchi gipotezaning to‘g‘riligini yoki inkor etish o‘quvchi-ning javobida amalga oshiriladi.
Fizika uchun turli shakldagi metodlar ma’lum mantiqda ochib beriladi: nazariy metodda, eksperimental metodda yoki ilmiy bilishning to‘liq tsiklida:
Do'stlaringiz bilan baham: |