Xulosalar
1. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalaming ikki yoki bir necha tomonining bir—biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to'g'risida gap borganda eng awalo, yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
2. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanat o‘z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanat - bu ikkita o'zaro bogMiq boMgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko'rinadi.
3. Umumiy iqtisodiy muvozanat ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishi; mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo'jalik mexanizmi; muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi; bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar. ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanati kabi qator shart-sharoitlarni taqozo etadi.
4. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o'zaro bogliq usuldan foydalaniladi: 1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 2) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
5. Iqtisodiy mutanosiblik — iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o'rtasida miqdor va sifat jihatdan ma'lum moslik. mos keluvchi nisbatlar boMib, bunda tenglik boMishi shart emas. Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar; tarmoqlararo mutanosibliklar; tarmoq ichidagi mutanosibliklar; hududiy (territorial) mutanosibliklar; davlatlararo mutanosibliklarga guruhlash mumkin.
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy muvozanat - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o'zaro bogMiq boMgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining, eng awalo, yalpi talab va yalpi taklifning bir-biriga teng kelgan holati.
Resession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot ha- jmidan kam boMgan miqdori.
Inflyatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot ha- jmidan ortiqcha boMgan miqdori.
Multiplikator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o'zgarishning yalpi sarflardagi o'zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o'rtasida miqdor va sifaf o'lchamlarning mos kelishlik darajasi.
АДАБИЁТЛАР
Ўлмасов А., Ваҳобов А. Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: «Шарқ» нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, 2006. – 480 б.
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2005. – 784 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |