Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi


 ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning bir–biriga o‗zaro bog‗liqligining vujudga kelishi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana21.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#690109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jalol iqt

 

ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarning bir–biriga o‗zaro bog‗liqligining vujudga kelishi;
 

ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta‘minlanganligi
.
 
K.Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning quyidagi 
xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste‘mol qiymatida boshqa tovarlarning 
qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini 
abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy 
mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa 
tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish 
mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini 
o‘ziga ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.
Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsa-da, tovar 
xo‘jaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit vositalari 
yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga 
o‘tkazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan.
Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat‘iy nazar - u pul bo‘lib qoladi. Yuqoridalarga 
asoslangan holda pulning mohiyatini quyidagicha ta‘riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus 
tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar 
xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta‘rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz 
mumkin. Bular: 
Birinchidan, pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi;


Ikkinchidan, pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlarning 
qiymatini o‘zida ifoda qilishi (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi);
Uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa 
xarajatlarini o‘zida ifoda qilishi;
To‘rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar 
o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir. Pul 
to‘g‘risidagi evolyutsion nazariya uning o‘lchov birligi va muomala vositasi ekanligini 
ochib beradi. 
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va 
iste‘mol qiymatga ega bo‘lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. 
Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar. 
Pulning iste‘mol qiymati shuki u o‘z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini 
oson qiladi (vositachi sifatida). 
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya‘ni 
unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi. 
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog‘oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini 
bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni 
qiymati narxga bog‘liq, narxlar ko‘tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha. 
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo‘lib 
hisoblanadi. 
Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog‘liqdir. Inson 
faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo‘lib kelgan va shunday 
bo‘lib qoladi. 
Taniqli davlat arboblaridan biri ta‘kidlaganidek, «Davlatni o‘rni uni qancha soldati 
yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan 
belgilanadi. Bunga shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha 
kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy 
barqarorligi bilan belgilanadi». 
Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zarurligiga 
kam e‘tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. Djevons Iqtisodiy fanlar 


uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. 
Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o‘tishgan. 50 - yillardagi 
darsliklarning avtorlari pulning mohiyatidan ko‘ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va 
bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta‘sirini o‘rganish muhimroqdir deb 
ta‘kidlashgan va ko‘p chet el olimlari shu yo‘nalishda ish olib borishgan.
Hozirgi vaqtda pul to‘g‘risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko‘rilgan masalalar 
bu fikrimizning isboti bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham bozor iqtisodiga o‘tish sharoitida 
pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko‘ra, pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, 
bandlikka ta‘sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o‘ylaymiz.
Ishlab chiqarish resurslari, ya`ni xom-ashyolar, jixozlar va mashinalar hamda ishchi 
kuchi bozorda pulga sotib olinadi. Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan tovarlar yana pulga 
sotiladi. Pul ko`rinishida olingan daromad taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. 
Pul bozor iqtisodiyotining «tili» dir. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar 
bahosi, to`lovlar, daromad-u harajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy 
aloqalar faqat pulda ifodalanadi. 
Har bir korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlar, alohida - alohida fuqarolar 
faoliyati natijasi ham pul bilan hisoblanadi. 
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent 
vazifasini bajaradi va barcha tovarlarni sotib olish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Pul har 
qanday buyumga aylanish sehriga qodir. 
Kishilar har doim pul topishga harakat qiladilar, pul esa ular uchun xizmat
qiladi. 
Hozirgi vaqtda kredit pullarning zamonaviy turlari elektron pullar va kredit 
kartochkalardan foydalanilmoqda. Banklar faoliyatida EYoM lardan foydalanish, elektron 
pullar yordamida qarzlarni to‘lashni tezlashtiradi. AQSh da pul mablag‘larini elektron 
o‘tkazish tizimi - EFTS (Electronie Funds Transfeht Sustem) oborotning samarali bo‘lishini 
ta‘minlamoqda.
Hozirgi zamon amaliyotida qo‘llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o‘rniga 
hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo‘lib, ular juda qulay va afzalliklarga ega. 
Kredit kartochka bo‘yicha barcha turdagi chakana savdo uchun va xizmatlar uchun to‘lash 


mumkin. Hozirgi vaqtda kredit kartochkalarning bank, savdo xizmatlarni to‘lash uchun 
mo‘ljallangan. 
Pulning to‘lov vositasi vazifasi yana turli qarz va majburiyatlarni to‘laganda:
- korxona, tashkilotlar o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun to‘laganda;
- davlat byudjetiga va kredit tizimiga to‘lovlarni amalga oshirganda (foydadan 
to‘lanadigan to‘lovlar, kredit bo‘yicha qarz va foizlarni to‘lash va boshqalar); 
-ishchi xizmatchilariga ish xaqi to‘lash va aholiga boshqa to‘lovlarni to‘lash (nafaqa, 
stipendiya va boshqalar)da; 
- boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to‘lash (masalan, kreditga olingan uchun 
to‘lov, uy-joy, elektroenergiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar) da amalga oshiriladi.
Pulning to‘lov vositasi vazifasining yana bir xususiyati shundaki, bu vazifada 
to‘lovlar naqd pullik yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin. Bu xususiyati 
bilan ham pulning to‘lov vositasi vazifasi muomala vositasi vazifasidan farq qiladi. Pulning 
bu vazifasi yordamida amalga oshiriladigan naqd - pullik va na naqd pulsiz to‘lovlar 
birgalikda to‘lov oborotining vujudga keltiradi.
Pulning to‘lov vositasi vazifasini biz ikkinchi darajali deb qarashimiz mumkin emas, 
chunki bu vazifaning bajarilmasligi to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshmasligiga, bu esa 
hozirgi kunda mavjud muammolar debitor-kreditor qarzlarning ko‘payishiga, kredit 
bo‘yicha va boshqa moliyaviy majburiyatlarning bajarilmasligiga, xo‘jalik jarayonlarining 
normal borishiga katta ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish