O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Qo`lyozma huquqida
UDK 517.936
Ibodov Nabijon Muzaffarovich TO‘LIQ INTERALLANUVCHI TEKISLIKLAR MAYDONI Mutaxassislik: 5A130101 – Matematika (geometriya va topologiya)
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
Dissertatsiya
Ilmiy rahbar: f.m.f.d. prof. A.Ya. NARMANOV
I-BOB BO‘YICHA XULOSA………………………………………23 II-BOB. TEKISLIKLAR MAYDONI 2.1§. Integral sirtlar…………………………………………………23 2.2§. Tekisliklar maydonlari geometriyasi…………………………25 II-BOB BO‘YICHA XULOSA………………………………………29 III-BOB. TO‘LIQ INTEGRALLANUVCHI TEKISLIKLAR MAYDONI GEOMERIYASI 3.1§. O‘zgarmas o‘lchamli tekisliklar maydoni…………………….28 3.2§. To‘liq interallanuvchi tekisliklar maydoni geometriyasi…….32 III-BOB BO‘YICHA XULOSA…………………………………..…36 XULOSA………………………………………………………………37 FOYDALANILGANADABIYOTLAR RO‘YXATI………………39
KIRISH O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda ko‘rsatilganidek, “Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minladi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan na’munadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Magistratura oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” [1, 14-modda.] “Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan dadil, mustaqil fikrli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda ezgu insoniy sifatlarga ega kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rish zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak.