Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti



Download 34,29 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi34,29 Kb.
#377047
Bog'liq
MILLIY UNIVERSITET 3



Ergasheva Nixola Erkinjon qizi

Matematika fakulteti 1-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Dotsent A.A.ODILOV


MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

TARIXI


MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI O`ZBEKISTONDAGI ENG YIRIK OLIY O`QUV YURTI VA ILMIY TEKSHIRISH MARKAZLARIDAN BIRIDIR. O`rta Osiyo va Qozogìstondagi birinchi universitet. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan.Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan O`rta Osiyo davlat universiteti ,1960-yildan Toshkent Davlat Universiteti deb nomlangan. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga Milliy universitet nomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi.1995-yilda esa MIRZO ULUG`BEK nomi berilgan edi.

Turkiston universiteti(O`zMU)da tibbiyot ,fizika-matematika, ijtimoiy –iqtisodiy(ijtimoiy fanlar),tarix, filologiya, texnika , qishloq xo`jaligi, harbiy fakultetlar bo`lib ularda 2969 talaba o`qigan .Ishchi va dehqonlarni , ayniqsa, mahalliy millat vakillarini universitetga kirishga tayyorlash maqsadida uning huzuridagi ishchilar fakulteti muhim rol o`ynadi. Universitet yildan yilga kengayib bordi. 1924-yil ijtimoiy fanlar fakulteti asosida mahalliy xo`jalik va huquq fakulteti tuzildi.Ba`zi fakultetlar birlashtirildi, ayrim fakultetlarda bir qancha bo`lim va kafedralar ochildi. UNIVERSITET mamlakatda O`rta Osiyo va Qozogìston uchun kadrlar tayyorlashning asosiy markaziga aylandi.O`zbek ziyolilarining tarkib topishida muhim muhim rol o`ynadi.20- yillarning 2-yarmidan universitetida ilmiy tekshirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1929-yilda esa aspirantura ochildi. Universitet olimlari tomonidan xalq xo`jaligi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan kashfiyotlar qilindi. Xususan, 1928-yil UNIVERSITET olimi P.B GRABOVSKIY, I.F.BELYANSKIY bilan birgalikda elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan ``RADIOTELEFOT`` APPARATINI yaratdilar . 1928-yildan universitet fakultetlari asosida mustaqil tarmoq institutlar , jumladan, O`RTA OSIYO paxtachilik instituti , O`RTA OSIYO PAXTACHILIK VA IRRIGATSIYA POLITEXNIKA INSTITUTI(hozirgi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti),O`RTA OSIYO TIBBYOT INSTITUTI, Tojikiston qishloq xo`jaligi instituti, Turkmaniston zooveterinariya instituti, O`RTA OSIYO irrigatsiya muhandislari va texniklari institutlari va boshqa shu kabi universitetlar hamda ilmiy tekshirish muassasalari tarkib topdi. 1931-yilda universitetda biologiya, texnika, fizika –matematika va boshqa ishchi fakultetlari ishladi. 1935-yil tarix, tuproqshunoslik, geologiya, geografiya fakultetlari tashkil topdi. 1938-yilda bo`lsa sirtqi bo`lim ochildi. Ikkinchi jahon urushi 1939-1945- yillardan oldingi davrda universitet o`qituvchilar tarkibi uni tugatgan milliy kadrlar hisobiga kengaydi. 1941- yil noyabrda O`ZBEKISTON DAVLAT UNIVERSITETI hozirgi Samarqand Universiteti SAGU ga qo`shildi. 1945-yilda yana ajralib chiqdi. Filologiya fakulteti 1942-yilda, SHarqshunoslik fakulteti 1944- yilda , Geografiya fakulteti 1945- yilda, geologiya va tuproqshunoslik fakulteti esa 1945- yilda tashkil etildi. 1943-YIL APREL OYIDA ASPIRANTURA KENGAYTIRILIB , DOKTARANTURA OCHILDI. Universitet olimlari 1943-yil O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINI tashkil topishi va rivojlanishida katta rol o`ynadilar.

Keyingi yillarda Universitet faoliyati yanada kengaydi , o`quv jarayonlari takomillashib, ilmiy tadqiqotlar yuksaldi. 1991-yil SHarqshunoslik va Yuridika fakultetlari negizida instituti tashkil topdi.

UNIVERSITETDA 14 TA FAKULTET ,FAKULTET MAQOMIDAGI TILLAR MARKAZI, Tayyorlov bo`limi, 102 kafedra, Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti, Oliy pedagogika instituti , AMALIY Ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish ilmiy tekshirish bo`limi , Botanika bog ì , 16 ta ilmiy labaratoriya , milliy qadriyatlar markazi faoliyat ko`rsatadi . SHuningdek, o`quv, o`quvuslubiy , aspirantura , marketing, ichki nazorat va monitoring, rejamoliya ,hisob , kadrlar bo`limlari , magistratura markazi, bosh muhandis xizmati va boshqalar mavjud . Shu bilan birga Universitetda Akademik Litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`limi , Axborot xavfsizligi sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi , Axborot texnologiyalari markazi Axborot -resurs markazi, Bosh mexanik bo`limi , Bosh energetik bo`limi , Bosh muhandis, Bosmaxona, Buxgalteriya, Devonxona, Ichki nazorat va monitoring bo`limi va uchta akademik litsey faoliyat ko`rsatmoqda .Universitetda 14ta kutubxona ulardan 13 tasi fakultetlar qoshida faoliyat ko`rsatadi. Kutubxonada toshbosma va nodir qo`lyozmalar fondi bor. 2005-yil 164 ta aspirant , 16ta doktarant, 127 ta tadqiqotchi ilmiy tekshirish olib bordi. 14 ixtisoslashgan kengash 9 doktorlik va 5 nomzodlik , 30 mutaxassislik bo`yicha faoliyat ko`rsatadi. UNIVERSITET tashki topgandan buyon 110 000 dan ortiq mutaxxasis (2005-yilgacha) yetishib chiqqan. Universitetda taniqli shoir va yozuvchilardan OYBEK M.AVEZOV, A. QAHHOR, A.MUXTOR, P.QODIROV, O.YOQUBOV, O`.HOSHIMOV, O`ZBEKISTON QAHRAMONLARI- O.SHARAFIDDINOV, A.ORIPOV, E.VOHIDOV VA BOSHQALAR O`QIGAN.



Universitetda “ O`ZMU xabarlari “ jurnal ( 1997) va “MILLIY UNIVERSITET’’ gazetasi (1918) chiqadi. Universitet o`z bosmaxonasiga ega bo`lib , unda har yili professor o`qituvchilarning 100 dan ortiq ilmiy asar va o`quv metodik adabiyotlari nashr etiladi .Universitet kutubxonasida 3 milliondan ortiq kitob mavjud bo`lib , kitob va jurnallar elektronik shaklda tadqiqotchi va talabalarga taqdim qilinmoqda.


Download 34,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish