Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxeologiya yo‘nalishi O’rta Osiyoda Islom Madaniyati Tarixi Fani



Download 123 Kb.
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi123 Kb.
#84535
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish Abu Mu'in an-Nasafiy


MIRZO ULUG‘BEK nomidagi O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

TARIX fakulteti ARXEOLOGIYA yo‘nalishi

O’rta Osiyoda Islom Madaniyati Tarixi Fani

Mavzu: Abu Mu’in an-Nasafiyning hayoti faoliyati



Bajardi: _________________F. Elboyev

Tekshirdi: ___________________ A. Xidirov
Toshkent-2019

Reja:

  1. Abu Mu’in Nasafiyning hayoti va ijodi;

  2. Abu Mu’in an-Nasafiy asarlari;

  3. Abul Mu’in Nasafiy va uning “Bahrul Kalom” asari;

  4. Abu Mu’in an-Nasafiy Ziyoratgohi.


ABU MU’IN NASAFIY HAYOTI VA IJODI

Azaldan jonajon yurtimiz dunyoga ko’plab sohalarda buyuk olimlarni yetishtirib bergan. Bu ulamolar o’z yo’nalishlarida ulkan yutuqlarga erishgan. Shu qatorida kalom ilmi ham ravnaq topdi. Bu ilmda juda ko’plab olimlar ijod qilgan. Ushbu yo’lda hizmat qilgan yetuk allomalardan biri ulug‘ olim, ahli sunna val jamoa peshvosi, Abu Mansur Moturidiy maktabining atoqli namoyondasi, mutakallimlar tili va boshqa unvonlar sohibi Abul Muin Nasafiydir. Uning asl ismi Abul Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mo‘tamad ibn Muhammad ibn Makhul ibn Fazl Nasafiy Makhuliydir. Milodiy 1027- yili yoki 1038-yili (hijriy 418- yoki 438- yili) Nasafda tug‘ilgan. Abdulkarim Sam’oniy Abul Muin ismiga “Ibsoniy” ni ham qo‘shib aytadi. Ibson qishlog‘i Qarshi shahrida joylashganini ta’kidlaydi. Abul Muin Nasafiy shu qishloqda tug‘ilgan.

U zotning ismi Maymun bo‘lsa-da, Abu Muin kunyasi bilan shunchalik tanilganki, kunyasi qo‘shib aytilmasa hech kim yolg‘iz ismi bilan tanimagan. To‘rtinchi bobosi Muhammad ibn Makhul (hijriz 375-yil) ham Abu Muin kunyasi bilan kunyalangan.

Unga Nasafiy nisbati berilishi Nasafda tavallud topgani uchun bo‘lsa, al-Makhuliy nisbati berilishi beshinchi bobosi Makhul ibn Fazlga nisbat berish uchun qo‘llangan, ya’ni makhuliylar oilasidan degan ma’noda iste’mol qilingan.

Abu Muin Nasafiyning bobosi Abu Mute’ Makhul ibn Fazl Nasafiy Imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohu alayhning shogirdlaridan biri bo‘lgan. Makhul ibn Fazlning bir necha bebaho asarlari bor va ba’zilari bizgacha saqlanib qolgan.

Bobosi Mo‘tamid ibn Makhul Nasafiy esa hanafiy olimlari orasida mashhur edi. Imom Nasafiy ilmga qiziqtirgan inson uning otasi Muhammad ibn Mo’tamad bo’lgan. U o’z shahrining peshvo ulomolaridan edi. Hatto Imom Nasafiy ba’zi sanadlarni rivoyat qilganda otasini ismini ham qo’shib aytar edi. Muhammad ibn Mo’tamad bir qancha kitob ta’lif etgan. “Lu’lu’yot fil mavo’iz”, “Lubob”, “Roddu a’la ahli bida’i val ahvai” (bid’atchi va hayolparastlarga raddiya) shular jumlasidan hisoblanadi. Boshlang‘ich bilimlarni bobosi so’ngra otasidan oladi.

Nasafiyning keying ustozi Abul Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn ibn Abdulkarim ibn Musa ibn Mujohid an-Nasafiy al-Pazdaviydir. (421-493h. 1030-1100m.) U zot Moturidiy e’tiqodida muhim asar sanalgan “Usul ud-din” kitobi muallifidir.

Imom Nasafiy kalom ilmida yetuk olim sifatida salaf va xalaf o’rtasida ko’prik vazifasini bajargan va Moturidiyya yo’nalishini rivoj topishida ulkan xizmatlar qilgan.

Imom Nasafiy Abbosiylar xalifaligi davrida Buxoro va Samarqandda yashab, ijod qilgan. Bu davrda ilm – fanning barcha sohalariga e’tibor berilgan. Natijada jamiyatda hur fikrlilik rivojlanib, turli xil oqimlar va aqidalar paydo bo’la boshlagan edi. Shu sababli imom Nasafiy turli noto’g’ri mazhablarga raddiya sifatida ko’plab kitoblarni ta’snif etgan. Ulardan bizga yetib kelganlari:

“Tabsirtul adilla fi usuliddin”, bu kitob Moturidiya mazhabi bo’yicha Imom Moturidiyning “Tavhid” kitobodan keyingi o’rinda e’tirof etiladi.

“Bahrul kalom fi ilmil kalom”, bu kitob kalom ilmi bo’yicha Moturidiyya maktabining asasiylaridan biridir. Ushbu asar Abu Mansur Moturidiy asos solgan islomiy aqidaning bosh manbalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, islom dinida turli tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi davrda bu asarning ilmiy amaliy ahamyati beqiyosdir.

“At-Tamhid li qovaidit tavhid fi ilmil kalom”,

“Al-Olim val mutaallim”,

“Al-Umda fi usuli fiqh”

“Izohul ma hajati li kavnil aqli hujjatan” (Aql hujjat qilinadigan hujjat ekanining izohi),

“Sharhul jomi’ul kabir lish-Shaybinuy fi furu” (Imom Muhammad Shayboniyning “Jome’ ul-kabir” kitobiga sharh),

“Manohiju aimma fil furu” (Fariy masalalarda imomlarning yo‘llari),

“Sifatul kalom” (Kalom sifati to‘g‘risida),


“Mo’taqidot”.

Abul Muin Nasafiy asarlarining ko‘pi kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. Olimning “Bahrul kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom bo‘yicha asosiy manbalaridan biridir. U o‘rta asrlarda katta shuhrat qozongan. Olimning ushbu asari uchta katta asari orasida (“Tabsiratul adilla”, “At-tamhid li qova’idit tavhid”, “Bahrul kalom”) birinchi bo‘lib nashr etilgan. Abul Muin Nasafiyning mashhur asarlaridan yana biri “Tabsiratul adilla fi usulid din ala toriqil imom Abu Mansur Moturidiy” (“Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy tariqatiga binoan dalillar bilan sharhlash”)dir. Nomidan ham ma’lum, asarda moturidiya ta’limoti dalillar bilan sharhlanadi.Allomaning kalom ilmiga oid yana bir mo‘‘jaz kitobi “Kitobut tamhid li qova’idit tavhid” asaridir. Jahon kutubxonalarida kitobning ko‘plab nusxalari saqlanadi. Yaqinda Turkiyada bu asar Istambul kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozmalari asosida qayta nashr etildi.

“Tabsiratul adilla” asarini dunyo musulmonlari o‘qib-o‘rganib, uning ustida turli darajadagi ilmiy ishlar qilingan va qilinmoqda. Abu Mansur Moturidiyning “Tavhid” kitobi va Abu Muin an-Nasafiyning “Tabsiratul adilla” kitobini tahqiq qilgan zotlar yozgan muqaddimalarida “Tabsiratul adilla” kitobini quyidagicha e’tirof qiladi: “Abu Muin Nasafiyning shoh asari “Tabsiratul adilla” Moturidiy mazhabida Imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohu alayhning “Tavhid” kitobidan keyingi ikkinchi kitob sananaladi. Balki, “Tabsiratul adilla” asari “Tavhid” kitobiga sharh, tafsir va bayon deb e’tibor qilinadi. Chunki “Tabsiratul adilla” asari ko‘p o‘rinda “Tavhid” kitobining uslublarini bayon qilib, unga nisbatan keng qamrovli va tafsilotlar bilan boyitilgan asardir”.

Abu Muin Nasafiy “Tabsiratul adilla” asaridek buyuk bir asarni tasnif qilish bilan birga, butun olamga dong taratgan shogirdlarni ham tarbiya qilgan. Jumladan: A’lo ud-din Muhammad ibn Ahmad as-Samalqandiy (hij. 575-y), Abul Muzaffar Ismoil ibn Adiy al-Talqoniy (hij. 540-y), Sadr ul-islom Ahmad ibn Muhammad Buxoriy (hij. 482-542-yil), Abul Hasan Ali ibn Hasan al-Balxiy (hij. 548-y), Abul Fath Ahmad ibn Muhammad al-Xulmiy (hij. 547-yil), Abdurashid ibn No‘mon al-Valvolijiy (hij. 540-y), Mahmud ibn Ahmad as-Sog‘urjiy (hij. 510-yil), Mahmud ibn Zayd al-Lomishiy va boshqalar.

U zotning shogirdlaridan biri Abul Hafs Umar Nasafiy (hijriy 461-537-yil) undan va yana boshqa ko‘plab ulug‘ ustozlardan dars olib Moturidiy maktabining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biriga aylangan. U tasnif qilgan asarlar soni yuzta bo‘lgani uchun “Yuz kitob sohibi” deb ham laqablanadi. Tasnif qilgan asarlarining ichida “Aqoid un-Nasafiya” moduridiya aqidasining javhari sanaladi. Moturidiy ta’limotini tutgan barcha diyorlarda “Aqoid un-Nasafiya” kitobi birdek qabul qilingan, o‘qib-o‘rganilgan va yuzdan ortiq sharh va hoshiyalar bitilgan. Shuning uchun bu asar asrlar bo‘yi madrasalarda davomiy darslik bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Buning sababi u mohiyatan Abu Mansur Moturidiyning “Tavhid” va Abu Muin Nasafiyning “Tabsiratul adilla” kitobiga muxtasar sharhdir. Hoji Xalifa o‘zining “Kashfuz zunun” kitobida “Tabsiratul adilla” asarini tanitish nihoyasida: “Kim “Tabsiratul adilla” ga nazarsa solsa, Umar Nasafiyniy “Aqoid un-Nasafiya” asari “Tabsira adilla” ning fihristi ekanini biladi”, deydi.

Umar ibn Muhammad Nasafiyning “al-qand fi zikri ulamoi Samarqand” (Samarqand olimlari zikrida qand kitobi) asarida “Sharqu G‘arbning olimu ulamolari Abu Muin Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtganlar”, deydi.

Ha, aqoid ilmida bitilgan barcha manbalarda, sharh va hoshiyalarda Abu Mu’in Nasafiy va “Tabsiratul adilla” asarining zikri qayd qilinadi. Unda bayon qilingan narsalardan iqtibos keltiriladi yoki undagi bayon qilingan hukm e’tirof etiladi.

Xulosa shuki, Abu Muin Nasafiy “Tabsiratul adilla” asari va Abul Hafz Umar Nasafiy singari shogidlari bilan musulmonlarning e’tiqodini birlashtirib kelgan. Tarix kitoblarida jannatmonand diyorimiz anhorlari, bog‘u bo‘stonlari va go‘zal shaharu qishloqlari madh qilinishi bilan birga musulmonlar ommasi ahli sunna val jamoa e’tiqodida jam bo‘lgan deb maqtaladi. Albatta, musulmonlarning bir e’tiqodda jam bo‘lishida Imom Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy va boshqa izdoshlarining katta xizmatlari bor.
Abu Mu’in Nasafiy o‘z zamonasida barcha adashgan insonlarga hidoyat yo‘lini bayon qilgan, hadisi sharifda bayon qilinganidek, adolatpesha insonlardan biridir. U zot Moturidiy aqoidining bizgacha yetib kelishida silsilasining go‘yo katta halqasidekdir.

Alloma mol-dunyoga qiziqmadi, parhezkor, faqih, muhaddis, mutakallim bo‘lib, qat’iy dalillar bilan salaflarning fikrlarini mustahkamladi, mo‘tazila, jahmiya, rofiziya, xorijiya kabi muxolif firqalarga qarshi turib, ularning aqidasi botilligini aniq, ishonchli dalillar bilan isbotlab, odamlar orasida ilmu ma’rifat ziyosini sochdi. Abul Muin Nasafiy milodiy 1114 yili (hijriy 508 yil) vafot etgan. Qabri Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan.

2017 yil 15 iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi videoselektorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev: “Qashqadaryoda – Abul Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘ladi. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi”, degan edi.

Muhtaram yurtboshimizning tashabbusini xalqimiz xursand bo‘lib qabul qildi. Bugun ana shu ilmiy maktab o‘zi ishini boshladi. Bu ilm dargohlaridan yana ko‘plab nasafiylar chiqishini umid qilamiz. Haqiqatan, bugungi kunda oramizda dinda g‘ulvga ketgan adashganlar yoki beparvolikdan e’tiqod nima ekanidan xabari yo‘q insonlar borligi uchun xalqimizning yana adolatpesha insonlarga ehtiyoji bor.



Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish