3) Organik moddalar 400-600 C chegarasida qizdirilganda to`liq parchalanadi yoki ko`mirga aylanadi, kislorod ishtirokida esa yonadi. Bunga sabab C atomlari orasidagi bog`lanishning puxtaligi unchalik katta emasligidir (355,6 kJ/mol). 4) Organik birikmalarning o`ziga xos muhim xususiyati ular orasida izomeriya hodisasining keng tarqalganidir. 5) Organik kimyoda odatda struktura formulalaridan foydalaniladi, chunki atomlar molekulada fazoviy joylashgan bo`ladi. Struktura formulalari bu organik kimyoning tilidir. Struktura formulalarida kovalent bog`lanish chiziqcha bilan belgilanadi. Shu bilan birga empirik va elektron formulalardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |