Mirzo Ulu`g`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiyali
Psixologiya (Oilaviy munosabatlar psixologiyasi)yo`nalishi I kurs magistrani Qarshiboyev Sardorning Addiktiv Xulq psixologiyasi fanidan oraliq nazorat ishi
SAVOLLAR
1. Suitsidal xulq-atvor
2. Devinklent xulq-atvor
Suitsidal xulq-atvor. O`lim mavzusi yosh bilan dolzarblashib, bizning butun qayotimiz ichiga
kirib boradi. Ba'zilar uchun u alohida aqamiyat kasb etadi.
qozirgi vaqtda suitsidal axloq global jamoatchilik muammosi hisoblanadi.
Butunjaqon soqliqni saqlash tashkilotining ma'lumotlari bo`yicha dunyoda har yili
400—500 mingga yaqin odam o`z-o`zini o`ldirish bilan qayotini yakunlaydi, o`z-
o`zini o`ldirishga urinishlar esa – o`n barobar ortiq. Yevropa mamlakatlarida o`z-
o`zini o`ldirish miqdori qotillikdan taxminan uch barobar yuqori turadi. O`z-o`zini o`ldirish, suitsid (lat. “o`zini o`ldirish”) – bu ongli ravishda
qilingan o`zini qayotdan maqrum etish. Suitsidal axloq – o`zini qayotdan maqrum qilish qaqidagi tasavvurlarga
yo`naltirilgan anglangan harakatdir. Ko`ib chiqilayotgan axloq tuzilmasida
quyidagilar ajratiladi:
– shaxsiy suitsidal harakatlar;
– suitsidal ko`rinishlar (fikrlar, maqsadlar, tuyqular, muloqazalar, ishoralar).
Shunday qilib, suitsidal axloq ichki va tashqi planda bir vaqtda amalga
oshiriladi.
Suitsidal harakat suitsidal urinish va tugallangan suitsiddan iborat. Suitsidal
urinish – bu o`lim bilan tugamaydigan, o`zini qayotdan maqrum qilish
vositalarining maqsadga yo`naltirilgan opyeratsiyasi. Urinish o`zini yoki
boshqalarni qayotdan maqrum qilishga yo`naltirilgan qaytishli va qaytarilmaydigan
bo`lishi mumkin.
Tugallangan suitsid – lyetal natija bilan yakunlangan harakat.
Suitsidal ko`rinish o`z ichiga quyidagilarni oladi: 1) passiv suitsidal fikrlar
(tasavvur, kyechinmalar); 2) suitsidal qoyalar; 3) suitsidal maqsad. Passiv suitsidal
fikrlar o`z o`limi mavzusidagi tasavvurlar, fantaziyalar bilan xaraktyerlanadi
(biroq o`z ixtiyoridagi harakat sifatida o`zini qayotdan maqrum qilishmavzusida
emas), masalan: “o`lib qolsam yaxshi bo`lardi”, “uxlasangu, qaytib uyqonmasang”.
Suitsidal qoyalar – bu suitsidallikni namoyish qilishning qiyla faol shakli.
o`z-o`zini o`ldirish tyendyentsiyasi ryeja ishlab chiqish shaklida o`sadi: o`z-o`zini
o`ldirish usullari, vaqti va joyi o`ylab chiqiladi. Suitsidal qoyaga iroda
komponyenti – qaror, tashqi axloqqa byevosita o`tishga tayyorlik birlashgandagina
paydo bo`ladi.
Pyeriod ot vozniknovyeniya suitsidal fikrlarning paydo bo`lishidan boshlab,
ularni amalga oshirguncha bo`lgan muddatni suitsidoldi dyeb nomlanadi. Uning
davomiyligi daqiqalar (o`tkir suitsidoldi) yoki oylar (surunkali suitsidoldi)
hisoblanishi mumkin. Davomli suitsidoldi qollarida suitsidal axloqning ichki
shakllarining rivojlanish jarayoni yuqorida ifodalangan bosqichlarda ochiq-oydin
o`tadi. O`tkir suitsidoldi davrida kyetma-kyetlik aniqlanmaydi va suitsidal qoya
qamda maqsadning darrov namoyon bo`lishini kuzatish mumkin.
Devinklent hulq – atvor qilshmishlari ular bevosita qonun yo‘li bilan ta’qib qilinishiga qaraganda keng ko‘lamdagi spektrini o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu ko‘rinishda, hulq – atvorning ko‘plab turli xil shakllari, xatto agar hulq – atvor o‘ziga xos tarzdagi huquqiy me’yorlarga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lmasada, ijtimoiy jazoga mahkum qilinishi yoki tahqirlanishi mumkin, bu ko‘rinishdagi hulq – atvor shakllariga misol sifatida so‘kish va haqoratlar, «ahmoqona to‘da»ga qo‘shilish, odatga aylanmagan tarzdagi mastlik holatlari kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Deviant hulq – atvor bo‘yicha tadqiqotlarda ko‘pgina holatlarda guruh tarkibiga turli xildagi ko‘plab hulq – atvor shakllari – giyohvand moddalarni qabul qilishga ruju qo‘yishdan futbol musobaqasida bezorilik qilishgacha va xatto sehrgarlik, jodugarlik bilan shug‘ullanish kabilar ham kiritilib, bu hulq–atvor shakllariga deviantlik yoki delinkventlik yorlig‘i yopishtiriladi. Deviant sotsiologiyasi ushbu ko‘rinishda, hulq – atvorning an’anaviy kriminologiyada qonun yo‘li bilan ta’qib qilinishga qaraganda nisbatan keng ko‘lamdagi, bir jinsli bo‘lmagan kategoriyalarini tadqiqot ob’ekti sifatida qabul qiladi.
Shuningdek, kriminal hulq–atvorga nisbatan alohida to‘xtalib o‘tish talab qilinadi. Jinoyatchilikka nisbatan munosabatda umumiy qabul qilingan qarashlardan biri sifatida – bu shunchaki yomon insonlardan iboratligi, ularga nisbatan yagona munosabat – bu ularni jazolashdan iborat deb bilish bilan bog‘liq hisoblanadi. Insonlar ayrim holatlarda bir parcha non o‘g‘irlaganlik uchun aybdorni osgan, boshqa holatlarda jazo tariqasida esa o‘g‘ri tamg‘asi kuydirib bosilgan yoki qulog‘i kesib olingan. Biroq, bu ko‘rinishdagi qat’iy qattiqo‘l tartibdagi jazolashlar ish bermagan: jazo usullaridan majruhlik ortganiga qaramasdan jinoyachilik yuzlab yillar davomida avj olgan va yuqori darajada saqlanishi kuzatiladi.
Saudiya Arabistoni va boshqa ayrim musulmon mamlakatlarida o‘g‘irlik jinoyati hozirgi kunda ham aybdorning qo‘lini kesish orqali jazolanadi, ayrim boshqa turdagi qonunbuzarlik holatlari esa o‘lim jazosi bilan jazolanadi. Bunda o‘lim jazosi ommaviy tarzda amalga oshiriladi, ko‘pincha holatlarda jazo ijro etilayotganda jamiyatning barcha a’zolari ishtirok etishi ta’minlanadi. Biroq bu ko‘rinishdagi amaliyotning natijalari ham huddi o‘rta asarlar Yevropasida kuzatilgani kabi qayd qilinadi. Bu ko‘rinishdagi qishloq hayoti asosidagi musulmon jamiyatlarida, masalan qotillik darajasi juda yuqori ko‘rsatkichlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, bu turdagi jamiyatlarda xatto ko‘pgina qotilliklar statistik ma’lumotlar ro‘yxatiga tushirilmaydi va ular shunchaki umumqabul qilingan urf – odatlar asosida izohlanadi. Jabr chekuvchilarning ko‘pchiligi ayollardan iborat bo‘lib, ular ko‘pgina holatlarda o‘z erlari, aka – ukalari yoki otalari tomonidan «bevafo» sifatida an’anaviy urf – odatlarga ko‘ra o‘ldirilishi qayd qilinadi, xatto ayrim holatlarda oiladan tashqarida begona erkak bilan suhbatlashish holatlari ham qattiq jazolanadi. Bunday ko‘rinishdagi jamiyatlarda jinoyat uchun zo‘ravonlik asosidagi jazo qo‘llanilishi avtoritar ijtimoiy struktura me’yorlariga mos keladi va shuningdek jamiyat ichidagi guruhlar o‘rtasidagi urf – odatlarga binoan to‘siqlar mavjudligi bilan ham izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |