MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI AMALIY PSIXOLOGIYA YO`NALISHI
3-KURS TALABASI
Yo’lchiyev Abbosjon Yandashali o’g’li Olmazor tumanidagi 24-IDUM da
14.02.2022 dan 07.03.2022 gacha o`tagan O`QUV AMALIYOT HISOBOTI Joriy yilning 14-fevralidan boshlab Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasidagi Lal Baxadur Shastri nomidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyot jarayonlarini olib bordik.
14.02.2022
Maktab direktori, zamdirektor va maktab psixologlari bilan tanishib, maktab haqida yaqindan ma’lumot oldik. Suhbat jarayonida maktab ma’muriyatining bizga qo‘ygan talab va topshiriqlari biz shijoatli yoshlarni amaliyot jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishga undadi. Maktabning bizga yoqqan jixati shu bo‘ldiki, maktab raxbariyati va o‘qituvchi xodimlarning o‘quvchilar bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yganliklariga guvox bo‘ldik.
14.02.2022 Amaliyot jarayonida maktab ma’muriyati bilan ikki tomonlama kelishuvga yerishib, kunlik rejani tuzdik va sinflar kesimida ishlashni boshladik.
19.02.2022
Amaliyot jarayonining keyingi kunlarida psixodiagnostik metodikalar bilan tanishdik va metodikalarning qay tartibda va nechinchi sinflar kesimida o‘tkazish kerakligi haqida kelishib oldik. Bunda har bir metodikaning qaysi yosh davrlariga to‘g‘ri kelishiga alohida e’tibor qaratdik. 22.02.2022
26.02.2022
Psixodiagnostik metodikalarni asosan 8- va 10 – sinflar oralig‘idagi bolalarda o‘tkazishimizdan maqsadimiz – aynan shu yosh davrida bolalarda o‘tish (ya’ni, ijtimoiy kriziz) davri ekanligini diqqat e’tiborimizdan chetda qoldirmadik.
03.03.2022
Kun tartimizda biz bitiruvchi yoshdagi bolalarning kasb tanlash va maqsad belgilashdagi muammolarni bartaraf etishga va yordam berishga qaratilgan trening mashg‘ulotlarimizni olib bordik. Trening jarayonida bolalarga maqsad belgilashdagi qo‘rquvni yengishga doir ko‘nikmalar shakllantirshga harakat qildik.
04.03.2022
Va o‘quvchilarni darslardan zerikib qolmasliklari va guruhiy jipslikni, diqqat-e’tiborni oshirishga yo‘naltirilgan qiziqarli psixologik energiya beruvchi o‘yinlarni o‘tkazdik.
05.03.2022
O‘tkazilgan psixodiagnostik metodikalarning taxlili bo‘yicha jamoamiz bilan ish olib bordik. Bunda bolalarga metodikalarni javobini aytishda yoshiga doir tushunarli va sinchkovlik bilan yondashdik va yetkazishga harakat qildik.
Amaliyotning so‘nggi kunlarida olib borilgan ishlarimizni umumlashtirgan holatda ularni prezentasiya va xisobot ko‘rinishida jamlashga kirishdik. Xisobotlarni tayyorlash jarayonida maktab zamdirektori va maktab psixologidan kerakli ko‘rsatma tushunchalarni oldik. Bu ko‘rsatmalar asosida biz talaba yoshlarni o‘z kasbimiz ya’ni psixologiya soxasidagi zarur bo‘lgan hujjatlar bilan ishlash va ularni tayyorlash bo‘yicha malakamizni oshirdik.
Amaliyotning so'nggi kuni.
07.03.2022 Biz o'tagan amaliyot davrimizda olgan bilim va ko'nikmalarimiz bilan ishonamizki kelajakdagi keyingi faoliyatimizda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Chunki biz amaliyotda auditoriya bilan ishlash, bolalar bilan mustaqil ishlash ko'nikmalarimizni yanada oshirdik.