Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa yo’nalishi 3- kurs talabasi abdullayeva zulayhoning axloq falsafasi fanidan bajargan mustaqil ishi



Download 1,19 Mb.
bet4/5
Sana07.04.2022
Hajmi1,19 Mb.
#535125
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axloq falsafasi. Mustaqil ish

La’natlash

  • Xoh jonli, xoh jonsiz, xoh havon, xoh inson bo’lsin, bularni la’natlash ayb sanaladigan ishdir.
  • Rasuli akram dedilar: ,,Ko’p la’nat aytuvchi kishi mo’min bo’lolmaydi”(Termiziy rivoyati). Yana aytdilar: ,, Allohning g’azabi bo’lsin”, ,,jaxannam bo’lsin” deb bir- birlaringizni la’natlamanglar!”(Termiziy rivoyati).
  • Demak, tilni la’natdan tiyish lozim. Faqat kofir holida o’lgan kishini yoki kufr bilan sifatlangan ma’lum kishilar guruhini la’natlash mumkin. Ammo, Allohning zikri bilan bo’lish bundan yaxshiroqdir. Agar u ham bo’lmasa, salomatlik sukutdadir.
  • Abu Qatodan rivoyat qilinadi:,, Mo’minni la’natlagan kishi uni o’ldirgan bilan barobardir”- deyilardi. Bu sanadi Rasulullohga ko’tarilgan marfu’ hadisdir, deb naql qilingan.
  • Insonlarga nisbatan bad duo qilish ham la’natga yaqindir. Hatto, insonning zolimga qarshi qilgan duosi ham. Masalan: ,, Alloh uning jismini sog’aytirmasin”, qabilida duo qilish ham durust emas. Habarda kelishicha, mazlum to zolim jazosini olgunicha unga qarshi duo qiladi. Keyin mazlumning u zolimga nisbatan fazli qolmaydi.

G’iybat

  • Alloh subhanuhu taolo O’zining kitobida g’iybatning yomon ish ekanini dalillab, g’iybatchini o’limtik go’shtini yeyuvchilarga o’xshatadi: ,, …ayrimlaringiz ayrimlarni g’iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o’zining o’lgan birodarining o’lgan go’shtini yeyishni yaxshi ko’rurmi?!” (Hujurot, 12)
  • Jobir va Abu Saiddan rivoyat qilinadi: ,, G’iybatdan saqlaning! Chunki, g’iybat zinodan ham og’irroq. Kishi zino qilib qo’ysayu, tavba etsa, Alloh subhanuhu uning tavbasini qabul qilishi mumkin. G’iybat qilgan kishini esa to g’iybat qilingan kishi kechirmaguncha, Alloh kechirmaydi”(Ibn Abu Dunyo rivoyati).
  • Barro dedi: ,, Rasuli akram bizga shunday xitob qildilarki, hatto xutbalarini uyida o’tirgan ayollarga ham eshittirdilar: ,, Ey tilida iymon keltirib, qalbida iymon keltirmaganlar jamoasi! Musulmonlarni g’iybat qilmanglar va ularning aybini ochmanglar. Kimki birodarining aybini ochsa, Alloh uning aybini ochadi. Alloh kimning aybini ochsa, uyining ichida uni sharmanda qiladi”(Abu Dovud rivoyati).
  • Aytishlaricha, Alloh taolo Muso alayhissalomga shunday vahiy qildi: ,,Jannatda oxirida kirgan kishi o’limidan oldin g’iybatdan tavba qilishga ulgurib qolgan odamdir. So’zlab qo’ygan g’iybatidan tavba qilolmasdan o’tgan odam esa do’zaxga kiruvchilarning avvalisidir”.
  • Hasan Basriy deydi: ,,Birovni yomonlash 3 xil bo’ladi: g’iybat, bo’xton, ifq. Bularning barchasi haqida ulug’ va qudratli Zotning Kitobida aytilgan. G’iybat- birodaringda bor sifatni, bo’xton- unda yo’q sifatni, ifq- eshitmagan narsangni aytishingdir”.
  • Qachonki Rasuli akram birovda insonga yarashmaydigan bir ishni ko’rib qolsalar: ,,Odamlarga nima bo’ldiki, falon- falon ishni qilishyapti”- derdilar(Abu Dovud rivoyati). Aniq bir shaxsga qarata aytmas edilar.
  • Demak, til bilan birovni g’iybat qilish harom qilindi. Chunki, unda birodaringning nuqsonini, agar o’zi eshitsa, xafa bo’ladigan biror kamchiligini o’zgaga bildirish bor. Shuningdek, kimnidir qoralash ma’nosi yashiringan barcha fe’llar- kinoyami, imo-ishorami, xatda yozishmi, xullas, shu maqsadni anglatadigan barcha harakatlar g’iybat hududiga kiradi va u haromdir.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish