Siyrak biriktiruvchi to’qima - 2.Gistisoidlar (makrofaglar) g’ovak biriktiruvchi to’qima tarkibidagi hujayralarga kiradi. Tashqi ko’rinishidan yumaloq va ovalsimon ko’rinishiga ega lekin shaklini o’zgartirib turadi. Sitoplazma yadrosi fibroblastlarga nisbatan intevsiv bo’ladi. Organoidlarga endoplazmatik tur, mitoxondriy va Golji kompleksi borligi aniqlangan, lizosomalar ko’plab uchraydi, hujayra xususiyatiga ega. Organizmga yallig’lanish jarayoni sodir bo’lsa, gistiosit hujayralar u erga qarab aktiv harakat qiladi. Bu erda ular nobud bo’lgan hujayra yoki mikroorganizmlarni qamrab olib, parchalab yuboradi. Shu jihati bilan ular qonning shaklli elementlariga o’xshaydi. Gistiositlar ritikula to’qimasi, qonning shakli elementlari limfosit va monositlardan rivojlanadi, shuning uchun ham ularning tashqi ko’rinishi har xil bo’lishi mumkin.
Siyrak biriktiruvchi to’qima
Fibroblast hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. X 8000. 1-yadro; 2-sitoplazmadagi kollagen tolalar.
Siyrak biriktiruvchi to’qima - 3.Plazmatik hujayralar ( plazmositlar) organizmda antitelo yaratilishida ishtirok etadi. Organizmda antigen paydo bo’lishi bilan o’zidan unga gamma globulin oqsili, yani antitelo ishlab chiqara boshlaydi. Plazmatik hujayralar suyak ko’magida, taloq, jigar, buyrak va limfa tomirlarida ko’plab uchraydi. Har xil kasalliklarda ularning soni ko’payib ketadi, qizamiq, leykoz kasalliklarida esa qon tarkibida ham uchraydi. Ularning ko’rinish yumaloq yoki ovalsimon shaklda, yirik limfosit yoki monosit ko’rinishida bo’ladi. Plazmatik hujayralar hozirgi zamon nazariyasiga qaraganda suyak ko’migida qon ishlab chiqaradiganhxujayralardan hosil bo’ladi.
Siyrak biriktiruvchi to’qima
Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to`qima (sxema).
1-fibroblast;
2-makrofaglar;
3-kollagen tolalar;
4-elastik tolalar.
Siyrak biriktiruvchi to’qima - 4.Semiz hujayralar (labrositlar) bo’qoq bezida, til, murtaklar, bachadon, sut bezlari, meda ichak yo’llari kabi organlarning kapilyar tomirlari devorida ko’plab uchraydi. Shakli yumaloq bo’lib ko’chib yurish xususiyatiga ega. Yadrosida xromastin ko’p. Bundan tashqari, mitoxondriy, Golji kompleksi, endoplazmatik tur, hujayra markazi bo’ladi. Ularning vazifasi uzoq vaqtlargacha malum bo’lmay keldi. Semiz hujayra donachalari oqsil bilan birikkan geparin moddasida tashkil topgan bo’lib, tarkibida gistamin, lipaza, kislotali va ishqoriy fosfotaza, sitoxromasidaza va peroksitazalar topilgan. Ular suyak ko’migida birlamchi hujayra mielosit va limfisitlardan tarqaladi. Semiz hujayralarning miqdori organizmda har xil fiziologik holatiga qarab o’zgarib turadi. Masalan, homiladorlik davrida bachadonda va sut bezlarida ko’payib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |