Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitet



Download 23,17 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi23,17 Kb.
#210882
TuriReferat
Bog'liq
Mirzo Ulug


Mirzo Ulug`bek nomidagi

O`zbekiston Milliy universitet

Kimyo kechki ta`lim 1 kurs talabasi Sayfiyev Mirsaidning

Kimyo tarixi fanidan yozgan

Referat ishi

,,Al kimyo Yunon Misr al kimyosi Arab al kimyosi mashhur arab al kimyogarlari va ishlari G`arb al kimyosi mashhur al kimyogarlari va ularni ishlari’’

Reja


  1. Al Kimyo

  2. Arab al kimyosi

  3. Misr al kimyosi

Asosiy qism

1)Arab al kimyogarlari

2)G`arb al Kimyosi

3)Mashhur g`arb al kimyogarlari ishlari

4)Yunon al Kimyosi

Xulosa


Fan - insoniyat faoliyatining sferasi, u biiimiami yig’adi,

tizimlashtiradi va umumlashtiradi. U shartli ravishda uchga: tabiiy,

texnikaviy, gumanitar yo'nalishlarga bo'linadi.

Fan doimiy rivojlanishda bo’lib, yutuqlar bilan birga adashishlar

va muvaffaqiyatsizliklar ham ro'y berib turadi. Ammo uiar o’qish-

o'rganish jarayonida juda qiziqarli, o'rgatuvchi ahamiyatga ega

bo'igangligi sababli o'qituvchi e'tiboridan chetga qolmasligi lozim.

Kimyo tarixi fanining asosiy maqsadi — kimyo olamining

ibtidoiy jamoadan boshlab, bugungi kungacha bo'lgan tadrijiy

rivojlanish jarayonini uzluksiz va uzviy rivojlanib borayotgan

mantiqan yagona kimyoviy bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat.

Kimyo tarixi kimyoviy bilimiar yig’indisi, ulaming rivojlanishi,

ayrim kimyoviy fanlarning shakilanishini o'rganadi. Kimyoviy

taraqqiyot bosqichlari eksperimental materiallarning yig’iiishi,

ulaming amaiiyot va ishlab chiqarish bilan uzviy aloqasi oqibatida fikr

va gipotezalaming tug’ilishi, buning oqibatida ilmiy nazariyalaming

yaratilishidir, Kimyo taraqqiyotining asosiy va hal qiluvchi omili

insoniyat tarixidagi har qaysi tuzumning ishlab chiqarish va jamiyat

ehtiyojiaridir. F. Engels fikricha: “Amalda texnik taraqqiyot darajasi

fanning holati bilan belgiiansa ham, fanning o'zi texnikaning

ehtiyojlari bilan belgilanadi’V deb ilmiy va texnikaviy taraqqiyotning

o'zaro bog’liqligmi ta'kidlaydi. Fan taraqqiyotining keyingi

bosqichlarida faqat texnika, ishlab chiqarish va jamiyat ehtiyojlari

emas, balki fanning o'z ehtiyojlari ham tug’ilib boradi. Kimyo tabiiy

fan bo'lib, o'z rivojlanish bosqichlarida boshqa tabiiy fanlar, ayniqsa,

fizika fanlarining yutuqlariga tayanadi. Har qanday tabiiy fanlar kabi

kimyoviy fanlar ham ikki bosqichda, ya'ni ilmiy faktlar va yutuqlami

qayd etish va keyin ularni tahlil qilish orqali uzluksiz rivojlanib

boradi. Misol o'rnida, kimyo fani kelib chiqishiga doir ma'lumotlarni

qisqacha qar-ab chiqamiz.

Dastlab kimyo Misrda paydo bo'lgan va asosan kohmlarning

boylik orttirishi uchun xizmat qilgan. Ellinizm gullagan davrda

kimyo Yunonistonda ham rivojiandi. Eron davlatida ham kimyodan

ancha xabardor bo'lishgan. Buni izohlash uchun bu ikki mamlakat

orasidagi urushda. ulaming har qaysisi o'zi ishlab chiqqan vositalardan

foydalanganligini qayd etishimiz kifoyadir. Amaliy kifnyo Uzoq

Sharqda, Hindistonda ham ma'lum bo'lib, Misr va Yunonistondagidek

rivojlangan edi. Xitoyda esa porox va organik bo'yoq ishlab chiqarish

yutuqlari ularni o'sha davr taraqqiyotining birinchi qatorlariga olib

chiqqan edi.

So'ngra kimyo tarixida alkimyo davri boshlandi,

alkimyogarlarning ko'zlagan maqsadi oddiy metallarni asl nodir

metallarga aylantirish ediki, buni o'sha davr kimyosi yutuqlaridan

ratsional foydalanishning dastlabki ko'rinishi deyish mumkin.

XVUI asr o'rtalari va oxirida pnevmokimyoning nazariy va

amaliy tomonlari rivojlandi, flogiston nazariyasi vujudga keldi.

Kimyoviy jarayonlarni o'rganishda tajriba usullaridan foydalanish

shakllandi. Bu asrning oxiriga kelib A. Lavuazyening ishlari

natijasida moddaiarning tarkibini o'rganish kimyoning asosiy

mazmuni va mohiyati ekanligi ayon bo'ldi. Yangi XIX asrga kelib

kimyo mustaqil fan sifatida shakllandi, hamda fizika, matematika,

mexanika fanlarining yutuqlaridan foydalangan holda empirizm

bosqichidan ratsionalizm bosqichiga o'ta boshladi.

Empirizm - bilimning yagona manbai hissiyot natijasida

lajribalar orqali yig'ilgan ilm deb sanaydi. Bu bosqichda qaysi

reaksiyalar qanday amalga oshish jarayoni kuzatiladi, amino

moddaiarning o'zgarishi bilan tuzilishi orasidagi uzviy bog’liqliklarga

e'tibor berihnaydi, chunki bunday savollarga ular javob bera

olmaydilar.

Ratsionalizm - kimyoviy ravojlanish jarayonida kuzatiladigan

o'zaro aloqalarni aniqlashga harakat qiladi, masalan kimyoviy

luzilish bilan modda xossalari orasidagi uzviy aloqalarni topishga

urinadi. Bilishning bu jarayonida ong oliy rivojlanishning asosiy

manbai deb hisoblanadi.

Kimyo tarixi fanining asosiy vazifasi har xil tarixiy davrlardagi

kimyoviy bilimlar, gipotezalar va eksperimental tadqiqotlarning

i ivojlanishini tanqidiy tahlilqilishdan iborat.

Sinflash va tizimlashtirish- har qaysi fanning asosiy funksiyasi

bo'lib, dastlabki bosqichlarda yig’ilgan faktlar va biiimiami ma'lum

bir belgilar -- mezonlar asosida tizimlashtirish-tartiblashtirish

hosqichidir. Masalan, dastlabki kimyoviy sinflanishda moddalarning

fizik holati va umumiy xossalariga qarashgan.

Kimyo taraqqiyotining asosiy bosqichlari

Kimyo rivojlanishining tarixini o'rganish bir-birini to'ldiruvchi

ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:

- xronologik (yillar ketma-ketligi shaklida);

- har qaysi kimyo bilimlarining alohida rivojlanishi (konseptual

tizimlarining rivojlanishi).

Kimyo tarixini xronologik o'rganishda uni shartli ravishda bir

necha davrlarga bo'linadi va uning tarixiylik jihatlarini yoritishga

urg’u beriladi. Kimyo taraqqiyotining keyingi bosqichlari (ayniqsa,

XIX asrning birinchi yarmidan boshlab, fanning jadal rivojlanishi va

o'ziga xos yo'naiishlarga tarmoqlanishi) uni xronologik shaklida

o'rganishdan ko'ra alohida qismlarga ajratib o'rganish qulayroq

ekanligini ko'rsatadi.

Odatda kimyo tarixi quyidagi asosiy davrlarga ajratib

o'rganiladi:

1) Alkimyodan ilgarigi davr-eramizning I I I asrigacha

Bu davr insoniyat ongli hayotining ibtidoiy jamoa tuzumidan

boshlab eramizning III asrigacha bo'lgan 8000-9000 yillik tarixiy

muddatni o'z ichiga oladi. Bu davrda kimyo fanining moddalar

haqidagi nazariy va amaliy bilimlari bir-biri bilan bog’lanmagan va

alohida-alohida rivojlangan. Moddalar xossalarini o'rganish qadimiy

naturfalsafa yordamida amalga oshirilgan, ular bilan bevosita

tajribalar olib borish hunarmand-kimyogarlar zimmasida bo'lgan. Shu

sababli, kimyo tarixida ushbu davr hunar kimyosi davri ham

deyiladi.

2) Alkimyo davri - III-XVII asrlar

Eramizning III-XVII asrlari alkimyo davri deyiladi. Bu davr

namoyandalari qariyb 1300 yil davomida falsafiy tosh yordamida

metallar transmutatsiyasini (ya'ni oddiy metallarni oltinga

aylantirishni) amalga oshirish maqsadini o'z oldiga vazifa qilib

qo'yishdi,

Alkimyo davrini o'rganish shartli ravishda uch bosqichga

ajratiiadi:

- aleksandriya (yunon-misrliklar) aikimyosi;

- arab aikimyosi;

- Yevropa aikimyosi.

Qayd etish lozimki, keyingi yillarda olingan arxeologik

topilmaiar kimyo fanining ayrim yo'nalishlari Xitoy, Hindiston,

Uzoq Sharq va dunyoning boshqa mamlakatlarida ham yyetarli

darajada rivojlanganligini ko'rsatmoqda, ammo bu tadqiqotlar

natijalari ilmiy manbalarda qolib ketmoqda va kimyo tarixi

darsliklarida hozircha aks ettirilmagan.

Alkimyogarlar kimyoviy mu'jizalardan foydalanib, quyidagi

uchta vazifani bajarmoqchi edilar:

- hamma narsani o'sha davr boyligi, kuch-quvvati va saltanat

timsoli bo'lgan oltinga aylantirish uchun falsafiy toshyaratish;

- universal erituvchi - alkagestyaratish;

- ummi uzaytiruvchi eliksirolish.

Alkimyo davrida amaliy-tajribaviy kimyo shakllanib, moddalar

haqidagi bilimlar mazmun-mohiyati antik falsafe elementlariga

asoslangan nazariyalar asosida tushuntirilgan. Tabiiyki, bu

tushunchalar astrologiya va mistik falsafa tizimi bilan uzviy

bog’langan edi.

3) Kimyoning birlashish davri

XV1I-XVIII asrlarni o'z ichiga olgan bu tarixiy davrda

alkimyogarlar tomonidan 1300 yildan ko'proq davrda kimyo

sohasida to'plangan va asosaii amaliy kimyoga xos biiimiami

aniqlashtirish, tartiblashtirish va alohida yo'nalishlar bo'yicha

rivojlantirish oldinga chiqdi. Amaliy bilimlar kengayishi bilan birga

kimyoviy jarayonlar haqida dastlabki tushunchalar qabul qilindi,

ammo, kimyoviy moddaiarning hosil bo'lishi, olinish usullari va

xossalarini o'rganishning ilmiy asoslangan nazariyalari yaratilmagan

edi. Bu davr to'rt bosqichdan iborat bo'lib, uning o'ziga xos

xususiyatlari turli yo'nalishlarda to'plangan biiimiami kimyo fani

bayrog’i ostida birlashtirish, kimyo fani predmetini aniqlashtirish,

turli agregat holatlarda bo'lgan moddalar orasidagi o'xshashliklami

topish, aniqlashtirish va ularni timumiy ilmiy-nazariy asosga

qo'yishga bo'lgan urinishlami aks ettiradi.

Bu davrda kimyo fani o'z tadqiqot obyektlari bo'yicha to'rt

yo'nalishdan iborat bo'lib:

- yatrokimyo (iatrokimyo - dorivor moddalar kimyosi );

- pnevmatik kimyo ( gaz moddalar kimyosi bo'yicha

tadqiqotlami);

- flogiston (moddaiarning yonish - oksidlanish jarayonlari borish

mexaniz-mini tushuntirish) nazariyasi;

- A. Lavuazyening flogiston nazariyasiga qarshi kurashish va

ilmiy kimyo asoslarini yaratish bo'yicha ishlari, yonishning kislorodli

nazariyasini yaratish va olimlar tomonidan tan olinish bosqichlarini



qamrab oladi.
Download 23,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish