Аннотатция: В данной статье на узбекском языке представлена экономическая сущность ценных бумаг и эффективное использование их видов. В статье рассмотрены основные покупатели и продавцы ценных бумаг в мире, реакции рисков и свойств, в том числе состояние использования ценных бумаг в мире в таких регионах, как Республика Узбекистан. Для подтверждения источников использовались официальные источники, такие как официальный сайт Олий Мажлиса Республики Узбекистан, официальный сайт Министерства финансов Республики Узбекистан, а также информация из источников международных рынков финансирования.
Qimmatli qog'ozlarni shaklan turli xil, mazmunan o'xshash va to'liqligi bilan ajraladigan ma'noda talqin qilinishiga olib kelmoqda. Bunday holatlar qimmatli qog'ozlarning o'zlari o'sishi ya’ni tabiy deyiladi va barcha nazariy tahlilar vaqt o'tishi bilan shuni ko'rsatadiki, qimmatli qog'ozlarning mazmuni takomillashib boryotganligi o'zgarishidir. Ushbu maqolamizda qarz munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog'ozlarning bir turi sifatida obligatsiyalarni ko'rib chiqamiz.
Obligatsiya (lotincha obligatio so'zidan olingan bo'lib “majburiyat” degani ) – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo'lgan huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog'ozdir. Boshqacha qilib aytganda obligatsiyaning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi, qog'ozning qiymatini unda ko'rsatilgan muddatda, belgilangan foizda barchasini to'lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog'ozdir. Obligatsiyalar pul mablagʻlarini aholi, korxona va tashkilotlar qoʻlidagi toʻplab, biror-bir maqsad yoʻlida yoʻnaltirish uchun chiqariladi. Obligatsiyalar asosan uchga boʻlinadi: davlat, mahalliy va korporatsiya obligatsiyalariga. Obligatsiya uyushtirilgan savdo orqali ya’ni birjalarda erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan ham boʻlishi mumkin. Agar kafolatlanmagan boʻlsa obligatsiya chiqaruvchilarning mavqei bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi ham mumkin. Baʼzi obligatsiyalar konvertirlanadi. Sodda qilib aytganda obligatsiya egasi uni boshqa obligatsiyaga almashtirib olish huquqiga paydo boʻladi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent – qarzdorga) mablag'larni yilinchalik foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma'lum muddatga chiqariladi va undirilishi shart.
Davlat qimmatli qog'ozlari – bu g'azna majburiyatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatini bergan organlar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar va Markaziy bankning o'z obligatsiyalari ham hisoblaniladi. Davlat obligatsiyalari, odatda, mamlakatning mol–mulki, boyligi bilan kafolatlangan. Shuning uchun ham aktivlarining eng ishonchli turi mening fikrimcha investitsiya hisoblanadi. Davlat obligatsiyalari bo'yicha olingan daromadlar hech qachon soliqqa tortilmaydi.
O'zbekiston davlat obligatsiyalari – bu respublikaning ichki qarzlari to'lash uchun chiqariladigan obligatsiyalardir. Bunday obligatsiyalarni chiqarish to'g'risidagi qaror hukumat tomonidan qabul qilinadi. Mustaqil O'zbekiston tarixida davlat obligatsiyalarining ikki xil turi chiqarilishiga yo'l qo'yildi. Ilk marotaba – 1992 yil mayda – 12 foizli ichki yutuqli zayom. Bu Sobiq ittifoqning parchalanishi munosabati bilan sodir bo'lgan keskin inflyatsiyani va ittifoq hukumati tomonidan qog'oz pul belgilarining muomalaga me'yoridan ortiq darajada chiqarilishi tufayli aholi uchun juda muvaffaqiyatsiz yakun boʻldi. Keyingisi esa – 1996 yil martda korxona va tashkilotlar uchun davlat qisqa muddatli obligatsiyalari uchun obligatsiya zayomlari. Bu mamlakat xazinasi va sarmoyador korxonalarga daromadlar keltirgan holda juda muvaffaqiyatga erishildi.
Yuridik shaxslarga 1996-yildan Moliya vazirligi tomonidan moʻljallangan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari muomalaga chiqarila boshlangan. Obligatsiyani sotishdan kelib tushgan mablagʻlarni davlat byudjeti taqchilligini qoplashga yoʻnaltirilgan.
Korporativ obligatsiyalar- yana bir obligatsiya turi bo'lib, bu ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar. Korporativ obligatsiyalar tijorat krediti va ularning munosabatlarining asosiy quroli hisoblanadi.. Korporativ obligatsiyalar sanoat korxonalarini kreditlash jarayonlarida, ya'ni banklarga berilgan kreditlarga qarshi ulardan yanada mayda summalarga bo'lingan qarz majburiyatlarini olgan yillarda paydo bo'ladi. Sanoat obligatsiyalari o'rniga beriladigan bunday kreditlar asosan bank kreditiga qaraganda qimmat hisoblanmaydi. Sanoat obligatsiyalari uchun odatda ancha yuqori foizlar to'lanadi. Chunki obligatsiyalar bo'yicha foiz to'lovlari korxonaning soliqqa tortiladigan foydasidan chiqarib tashlanadi. Aktsiyalar bo'yicha dividendlar aksincha soliqqa tortilgan. Korporativ obligatsiyalarni chiqarish to'g'risidagi qaror korxona ma'muriyati tomonidan bajarilsa, aktsiyadorlik jamiyatlarida obligatsiyalarini chiqarish to'g'risidagi qarorni ijroiya organi (boshqaruv) tomonidan qabul qilingan. Qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi shart. Korxonalarga ular tomonidan ustav fondini shakllantirish hamda uni to'ldirish, zararlarni qoplash va hokazolar uchun obligatsiyalar chiqarilishiga yo'l qo'yilmaydi. Aktsiyadorlik jamiyatlarida esa obligatsiyalarni ustav sarmoyasi hajmining 20 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda (summada) va barcha chiqarilgan aktsiyalar to'liq to'langanidan keyin chiqarishi mumkin. Obligatsiyalar har doim ham chiqaraverilmaydi ya’ni davriy ravishda emissiya qilinadi. Obligatsiyalar turli xil chiqariladi. Misol uchun 3, 6 va 12 oy muddatlarga mo'ljallangan bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining rasmiy veb-saytidan (https://www.lex.uz(https://www.lex.uz/))
O'zbekiston Respublikasi Moliyalashtirish Vazirligi rasmiy veb-saytidan (https://www.mf.uz (https://www.mf.uz/))
Брейли Р., Майерс С. Принципы корпоративных финансов / Пер. С англ. Н.Барышниковой. – М.:ЗАО “Олимп-Бизнес”, 2014.
Шохаъзамий Ш.Ш. Рынки: финансовые и ценных бумаг. – Т.: ТФИ, 2003.
http://spot.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |