Tovush yutish koeffitsiyentining hisoblash uchun ishlatiladigan kiymatlari.
Materiallar
|
Sundirgichlardagi tovush yutish koeffitsiyentlarining hisoblash uchun ishlatiladigan urta geometrik chastotalardagi kiymatlari, Gs.
|
|
63
|
125
|
250
|
500
|
1000
|
2000
|
4000
|
8000
|
Lub, kapron tolalari, paxta, shisha tolasi
|
0,22
|
0,30
|
0,51
|
0,61
|
0,70
|
0,72
|
0,60
|
0,50
|
Gisht kukuni
|
0,20
|
0,26
|
0,42
|
0,50
|
0,53
|
0,52
|
0,50
|
0,48
|
Shovqinni sundirish uchun sexlarda bundan tashkari labirintlar ( rasm) qo’llaniladi.
Aerodinamik shovqinlarda sundirgichlarning turlari va ulchamlari ulardan o’tayotgan havoning hajmi, tezligi va shovqinning talab qilinadigan darajasi va boshka sharoitlar bog’liq.
Bundan sundirgichning kundalang kesim yuzasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
(5.13)
Bu yerda Q - sundirgichdan o’tadigan havoning hajmi, m3/s;
Vykb - sundirgichda havoning yo’l qo’ysa bo’ladigan tezligi, m/s; jamoat va ma’muriy binolarda Vykb=4-10 m/s va to’qimachilik sanoati korxonasi binolarida - 12 m/s gacha kabul qilingan (tezlik 12 m/s bo’lganda glushitelning uzunligi 1 m qilib olinadi).
Umuman sundirgichning uzunligi quyidagicha hisoblanadi:
m (5.14)
bu yerda Ltd - sundirgichda shovqinning talab qilinadigan darajadagi kamayishi, dB;
L - sundirgichda shovqinning xar bir metriga to’g’ri keladigan kamayishi, dB.
Ma’lumki, sexlardagi shovqin darajasi fakatgina manbalardan to’g’ridan-to’g’ri kelayotgan tovushlar hisobigagina emas, balki aks-sado (ya’ni, kaytgan tovushlar) hisobiga xam oshishi mumkin. Bunday xollarla, manba shovqinini kamaytirish imkoni bo’lmasa, kaytgan tovushlar energiyasini sundirish sexning ichki devor va shiftlari tovush yutuvchi koplamalar bilan koplanadi hamda shiftlarga kub, konus va boshka shakllarda tovush yutuvchi materiallar osib kuyiladi. YA’ni xonalarga akustik ishlov beriladi.
Odatda xamma qurilish materiallari tovush yutish xususiyatiga ega, lekin ularning tovush yutish koeffitsiyentlari () xar xil. Gisht, beton va shunga uxshash qurilish materiallarida =0,01-0,05 bulib, bu juda kamdir. Xonalarga akustik ishlov berishda urta chastotalarda 0,2 dan yukori bo’lgan materiallar ishlatiladi.
Kupincha xonlarga akustik ishlov berishda rasmda ko’rsatilgan materiallar va shakllar qo’llaniladi. Akustik plitalar (4) shiftlarga to’g’ridan-to’g’ri yoki ma’lum masofa koldirib biriktiriladi. Bu plitalar, shisha, kapron, minearl tollardan hamda xar xil biriktiruvchi moddalar bilan korishtirilgan yogoch kipiklari, polivinilxlorid va shunga uxshash govak materiallardan yasalib, ularni buyab yoki ma’lum formalarda ishlab chiqariladi.
Bu plitallarning tovush yutish xususiyatlari govak materiallarning qalinligiga, tovushning chastotasiga va plita bilan devor orasida havo qatlami bor yoki yukligiga bog’liqdir.
Ayni paytda bu koplama 20-200 mm ni tashkil kiladi, bunda asosan urta va yukori chastotalardagi tovushlar yo’tiladi.
Ishchilarni shovqindan saqlashning samarali turlaridan yana biri, shovqin manbalari bilan ish joylari orasiga o’rnatiladigan ekranlar. Ekranlarning akustik afzaligi ularning orqasida tovush to’lqinlari qisman o’ta oladigan zona xosil qilishdan iboratdir. Shovqinning ekrandan ktish darajasi ekranning ulchamiga va tovushning to’lqin uzunligiga bog’liqdir eKranning bir xil ulchamida tovush to’lqin uzunligi qancha katta bulsa, ekran ortida tovush o’ta oladigan zona shuncha kichik bo’ladi. Shuning uchun ekranlar asosan urta va yukori chastotali shovqinlardan tusish uchun ishlatiladi. Past chastotalarda ekranlar kam samaralidir. Shovqin darajasi yukori bo’lgan ayrim sexlaridagi ish joylari, masalan, operatorlarning boshkarish pultlari shovqindan himoyalangan kabinalarga joylashtiriladi.
Shovqinning zararli ta’siridan himoyalanish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
-shovqinli uskunalar past shovqinli uskunalar bilan almashtiriladi;
-shovqinli uskunalar sexda eng kam odam ishlaydigan vaqtda ishlatiladi;
-korxona xududi kukalamzorlashtiriladi;
-shovqin manbaidan chiqadigan shovqin pasaytiriladi;
-shovqinning tarkalishini cheklash choralari quriladi;
-shovqin sundirgichlardan foydalaniladi;
-shovqinni tusadigan dastgoxlar (ekranlar) qo’llaniladi;
-tovush o’tkazmaydigan gifloflar yordamida shovqinning atrofga tarkalish kamaytiriladi;
-shovqin ta’sirlaridan himoyaladigan yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydaniladi.
Ishlab chiqarishda shovqinni pasaytirishga shovqin manbaining uzidayok shovqin sabablarini bartaraf etish va uning tarkalish darajasini kamaytirish yo’li bilan erishish mumkin.
Shovqinga qarshi kurash maksadida tovush yutadigan hamda tovush o’tkazmaydigan ashyolar va konstruksiyalarda foydalaniladi. Havo yo’llari buylab tarkaladigan aerodinamik shovqin xar xil tuzilishdagi sundirgichlar yordamida paysaytiriladi. Rasmda shovqin sundirgichlarning eng kup tarkalgan sxemalari keltirilgan.
Naychasimon shovqin sundirgichlari kvadrat yoki turtburchak kesimli qilib tayyorlanadi. Tovush yutadigan qatlamning qalinligi 700 mm. Shovqin sundirgich turi havo sarfiga, ruxsat etilgan tezliklarga karib tanlanadi.
Shovqinga qarshi kurashning asosiy usuli kushni xonadagi shovqin darajasini pasaytirdigan tovush o’tkazmaydigan uskunalar o’rnatishdir. Devor va pardevorlarning tovush o’tkazmaslik xossasi oshirish yoki ularning ogirligini kamaytirish uchun oraligida havo tirkishi bo’lgan xar xil to’siqlarni qo’llash tavsiya etiladi.
Zichlovchi ashyolar sifatida yushmok rezanilar, toshpaxta (asbest) chilviridan, bitum shimdirlagan losdan, ruberoid foydalanish mumkin.
jadval
Shovqin analizatorlarining asosiy texnik ko’rsatkichlari.
Turi
|
Polosaning eni, oktava
|
Ish chastotalari doirasi, kGs
|
Tashki ulchamlari, sm
|
Ogirligi, kg
|
ASH-2M
|
13
|
0,040-10
|
34x21x16
|
7,5
|
SI-1
|
11;13
|
0,002-45
|
45x54x26
|
120 komplektda
|
2123 (Bryo’l va Kyer)
|
11;13
|
0,002-45
|
38x35,5x20
|
17,5
|
1613 (bryo’l va Kyer)
|
11
|
0,032-31,5
|
15,5x11,5x8
|
2,5
|
OG-101 (Germaniya)
|
11
|
0,032-16
|
26x6, 2x17,5
|
2,9
|
TOG-101 (Germaniya)
|
11;13
|
0,025-40
|
54x44x27,5
|
28,3
|
Shovqinni susaytirish uchun tovushni yaxshi yutadigan va bu bilan tovush to’lqinlari jadalligini pasaytiradigan tovush yutuvchi ashyolarda foydaniladi.
Tovush energiyasini yutish prinsipiga kura xamma ashyo va konstruksiyalar uch guruxga: govakli, rezonans va donali tovush yutkichlarga bulinadi.
Govakli tovush yuritgichlarga yogoch tolasidan, mineral paxtadan, shisha toladan qilingan plitalar, sementli fibralit, ftoroplast, kapron va minearl tolalardan yasalgan tushaklar, shisha tola kiradi.
Tovush yutadigan ashyolarning tovushni yutish koeffitsinti ularning xossalariga, qalinligiga va joylashtirilish usuliga bog’liq. Jadvalda tovush yutuvchi koplamalarning texnik ko’rsatkichlari keltirilagn.
Rezonans tovush yutkichlar ikala tomoniga mato yopishtiririlib, shovqin manbaidan ma’lum masofada joylashtirilshan teshik-teshik ekrandan iborat. Ekran sifatida yogoch kipigidan va toshpaxatadan ishlangan plitalar, faner ishlatiladi. Donali tovush yutkichlar tovush hajmiy jismlarda iborat bulib, ular xonaga bir-biridan 1500-2000 mm oralikda osib kuyiladi. Ular asosan govakdor ashyolardan tayyorlanadi. Donali tovush yutkichlarning afzalligi shundaki, ularni shovqin manbaining yong’inasiga o’rnatish mumkin.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |