Hududning kadastr syomka navbatchi xaritasini PANORAMA dasturida barpo qilish.
Ayni paytda yurtimizda geodeziya, kartografiya va kadastr va boshqa tegishli tashkilotlar bilan himoyalangan yagona elektron tizim asosida o’zaro kadastr ma’lumotlari almashuvi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda bazaviy dasturiy ta’minot sifatida ArcGIS va “PANORAMA” dasturlari, ko’chmas mulklarni ro’yxatdan o’tkazish uchun esa O’zbek Land Register 2.2. litsenzion dasturiy ta’minoti yaratilgan. Ushbu dasturlar orqali har bir tuman va shahardagi kadastr bilan bog’liq jarayonni kuzatib borish mumkin.
Ma’lumki, yer tuzish va yer kadastr ishlarini bajarishda foydalanilayotgan plan va xaritalarda tasvirlangan joyning tez o’zgarishi ularni mazmuni doimiy ravishda yangilab turishini talab qiladi. Ayrim hududlarda syomka ishlari bir-ikki yil oldin bajarilgan bo’lsa xam ularni yangilashga to’g’ri keladi.
Panorama elektron xaritalar ma’lumotlar ba’zasini boshqarish funksiyasini bajaruvchi, dasturiy komponent. Ushbu komponentni qo’llash turli geoinformasion masalalarni yechuvchi, dasturiy ta’minotlarni tez tayyorlash imkonini beradi.
Shu xususdan Panorama dasturi – hozirgi vaqtda asosan qishloq xo’jaligi elektron xaritalarini yaratishda va kadastr navbatchi xaritalarini barpo qilishda ishlatiladigan dastur bo’lib, keng miqyosda ishlab chiqilgan. Bu dastur elektron raqamli xaritalarni tuzishda foydalaniladigan dasturlardan biridir. Bu dastur orqali bir formatdan ikkinchi bir formatga o’tkazishda ham qo’llaniladi.
Kadastr navbatchi xaritasini yaratish uchun Kattaqo’rgon tumani Payshanba shaxri Charog’on maxallasida joylashgan fuqarolarga tegishli tomarqa uchastkalarini inventarizatsiya qilish natijalaridan foydalanildi, unda navbatchi xarita yaratish manbasi sifatida quyidagi ma’lumotlardan foydalanildi: (ma’lumotlar ilovada keltiriladi):
-Yer uchastka egalarining familiyasi, ismi sharifi- 613 ta yerdan foydalanuvchi;
- Xar bir yerdan foydalanuvchining KFY kitobidagi qayd raqami;
- Xar bir yerdan foydalanuvchining umumiy yer maydoni, ga xisobida;
Shundan:
-Ekin yerlari;
-Bino inshootlar qurilish osti maydoni;
-Ko’p yillik daraxtlar;
-Boshqa yerlar.
Ushbu navbatchi xaritadagi ma’lumotlardan birontasi o’zgarsa, masalan, yerdan foydalanuvchi uy joyini to’liq yoki qisman boshqa fuqaroga sotsa, yerdan foydalanish maqsadi o’zgarsa ( uy joy, tegishli ruxsatnoma asosida noturar joyga – oshxonaga o’zgartirilsa yoki boshqa xolatlarda ) navbatchi xaritaga quyidagicha o’zgartirishlar kiritiladi:
- Yer uchastkasining chegarasi o’zgartiriladi ( uy-joy qisman sotilganda), yangi yer uchastkasiga yangi kadastr raqami beriladi va ma’lumotlar bazasiga yangi yer uchastka egasi nomi kiritiladi;
- Yerdan foydalanuvchi uy joyini to’liq sotsa yoki mulkchilik shakli o’zgarsa ( xususiy mulkchilikdan jamoa mulkchiligiga, MChJga) ma’lumotlar bazasidagi eski yer egasining nomi o’chirilib, qayta qayd qilinadi, bu xolatda kadastr raqami o’zgartirilmaydi;
-Yer uchastkasi yoki bino inshootning foydalanish maqsadi o’zgarganda, ma’lumotlar bazasiga qayta qayd qilinadi, bu xolatda kadastr raqami o’zgartirilmaydi;
2.2-rasm. Kattakurgon tumani Payshanba shaxri Charog’on maxallasidagi tomarqa uchastkalarining kadastr navbatchi xaritasi
Do'stlaringiz bilan baham: |