2.3. Xududning kadastr xaritasini elektron dasturlar asosida yaratish va yuritish.
Kadastr syomkasi hududning navbatchi xaritasini yaratishning oxirgi bosqichi Panarama dasturida bajariladi va bu quyidagicha amalga oshiriladi:
Buning uchun xududning 1: 500 yoki 1: 2000 topografik plani olinadi( 2.4-rasm).
2.4-rasm.
Uning sxemasi bo’yicha kategoriyasi aniqlanib, narxi chiqariladi. Undan so’ng topografik plani skaner qilinadi. Skaner qilingan xarita kompyuterning “JPEG” formatiga tushadi (2.5-rasm). Undan so’ng “JPEG” formatidagi xar bitta topografik plani uning nomenklaturasi yoziladi. Bu ishlar bajarilib bo’lgach, karta oriyentirovka qilinadi. Buning uchun «Panarama» dasturi ochiladi.
2.5-rasm.
Bu dasturda 1: 500, 1:1000 yoki 1:2000 xaritani oriyentirovka qilish uchun faylga kirib, reja yaratiladi. Rejaga klassifikator tanlanadi. Klassifikator – bu shartli belgilar to’plam fayli, ya’ni bunda shartli belgilarning qalinligi, rangi, uzunligi, diametri masshtabga mos ravishda yaratilgan bo’ladi (2.6-rasm).
2.6-rasm.
Bundan keyin, kartaning nomi va masshtabi qo’yiladi. Keyin koordinatalar tushiriladi. Koordinata tushirishda janubi-g’arb, shimoli-sharq “Y”, janubiy-g’arb, shimoliy-sharq “X” koordinatalari tushiriladi va reja tayyor bo’ladi. Tayyor reja bo’sh to’rtburchak ramka ostida chiqadi. Bu ramkaga faylga kirib “JPEG” ni ya’ni, rastrni qo’shamiz. Rastrimiz ramkaning bir chetiga tushib qoladi, rastrning to’rtala burchagini ramkaning to’rtala burchagiga olib kelish uchun “transformasiya” qilamiz. Transformasiya qilish uchun birinchi rastrning to’rtala burchagi krest orqali belgilab olinadi. Undan so’ng ramkaning to’rtala burchagi ko’rsatiladi, so’ng ramkaga rastr kiritiladi va 1:500 yoki 1:2000 oriyentirovka qilingan karta chizmaga tayyor bo’ladi (2.7-rasm).
2.7-rasm.
Xaritani chizishda balandlik, gorizontallarning balandligi kiritilib ketiladi. Bu ishdan so’ng “Matrisa” yaratiladi.
Matrisa past- balandliklarni ranglar bilan ajratadi, masalan: shaxar kvartallari to’q malla, daraxtzorlar to’q ko’k, baland tog’li joylar to’q jigar rangda, past joylar yashil rangda ko’rinadi. «Panarama» dasturida chizish jarayonida kartani keraklicha kattalashtirib chizish xam mumkin (2.8-rasm).
2.8-rasm
Chizishda yo’llar, ariq, ko’cha va boshqalar rastrdan ko’tariladi va tasdiqdan o’tgan shartli belgilar asosida chiziladi. Rastrdagi barcha narsa chizilib bo’lingandan so’ng kartaning ramka chetini yaratamiz, buning uchun shablon teriladi. Kartaga shablon va ramka qo’shiladi, bunda xaritaning tepa qismida vazirlik nomi, obyektning qayerda joylashganligi (respublika, viloyat) nomenklaturasi yoziladi. Kartaning to’rtta tomoniga tutash qismlar nomenklaturasi yoziladi. Kartaning pastki qismida obyektning sxemasi, masshtabi, sistema balandligi, ishlab chiqaruvchi, korxona nomi va chiqarilgan yili yoziladi. Xaritaning so’nggi ishlari bajarilib bo’lgandan so’ng tasdiqdan o’tadi. Bu xududning elektron raqamli kadastr navbatchi kartasi deyiladi (2.9-rasm).
2.9-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |