Ilmiylik mezonlari. Hamonki inson borlig'i tarixiy hodisa ekan,
ilmiy bilish ham o ‘z tarixiga egadir. Odatda, bilish mahsullarini fan standartlariga muvofiqlik nuqtai nazaridan baholash qoidalari sifatida ta’riflanuvchi ilmiylik mezonlari ham tarixiy xususiyatga ega va eskirishga moyildir. Aynan ilmiylik mezonlari bilish mahsullarini ularning fanga mansubligi yoki undan uzoqligi nuqtai nazaridan subordinatsiyalash imkonini beradi, deb hisoblanadi. «Ilmiylik mezonlari» monografiyasi muallifi V.Ilin ilmiylik mezonlari dispozitsiyalar (qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, imperativlar, taqiqlar majmui), sanksiyalar (ular dispozitsiyalarga bepisandlik yoki ularning buzilishi natijasida amalga kiradi) va shartlar (ular fanda ehtimol tutilgan vaziyatlaming o‘ziga xos xusasiyatlarini qayd etadi) bilan belgilanadi. Ilmiylik mezonlari bir tartibli bo‘lmagani uchun ulami tasniflash va V.Ilin fikriga ko‘ra, uch guruhga ajratish lozim:
«А» guruhi mezonlari fanni nofandan formal ziddiyatsizlik, tajribada sinalish, oqilonalik, tiklanmchanlik, intersubyektivlik yordamida farqlaydi.
«В» guruhi mezonlari tarixan о ‘tib keluvchi normativlar, ontologik sxemalar va mavjudlik gipotezalariga qo ‘yiladigan talablardan tashkil topadi. Ular olimlar tafakkurining madaniy-stilistik
‘Ichamlarini qayd etadi.
«V» guruhi mezonlarini bilimning professional ajratilgan
tarmoqlariga qo yiladigan‘ fanga doir ilmiylik mezonlari tashkil etadi. Ular fanning ayrim ко ‘rsatkichlarini aks ettiruvchi bilim va faoliyatning muayyan turlarini nazorat qilish vositasi hisoblanadi1.
1Qarang: Ильин B.B. Критерии научности. - М., 1989. - 34 с.
58
Ratsionalizm rivojlanishining hozirgi bosqichida olimlar va metodologlar tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p sonli tadqiqotlar ilmiylik mezonlarining toia ro‘yxatini tuzish mumkin emas, degan xulosaga olib kelmoqda. Bu fan tinimsiz taraqqiy etayotgani, uzluksiz o‘zgarayotgani va o‘zining awalgi - klassik va noklassik bosqichlaridan ko‘p jihatdan farq qiluvchi yangi, postnoklassik bosqichiga o‘tayotgani bilan izohlanadi. Endilikda takrorlanuvchanlik ham uncha zarur emas, kuzatuvchisiz obyektivlik ham bo‘lishi mumkin emas, sistemali ta’sir effektlari munosabati bilan narsaning o‘zi ham har xil funksional o‘zgarishlarga qodir. Amaliyot haqida haqiqiylik mezoni sifatida so‘z ham yuritilmaydi. Fundamental kashfiyotlar qalam uchida qilinishi, amaliyot haqiqiydik mezoni sifatida qay darajada (bilimlami asossiz taxminlar bilan aralashtirib yuborishga imkoniyat bermaydigan darajada) aniq bo‘lsa, shu darajada (inson bilimining erishilgan darajasi ihutlaq xususiyat kasb etishiga imkoniyat bermaydigan darajada) noaniq ham ekanligi ko‘pdan beri ma’lum.
Estetik uyushqoqlik, evristiklik, kogerentlik, pragmatik, progressizm yoki notriviallik, ishonchlilik, tanqidiylik, moddiy-amaliy faoliyat, mantiqiy va informativlik, polifundamentallik ham ilmiylik mezonlari ro ‘yxatiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |