Mirzo ulug bek nomidagi


Ijtimoiy informatika axborot jamiyatini shakllantirishning ilmiy



Download 2,22 Mb.
bet211/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

Ijtimoiy informatika axborot jamiyatini shakllantirishning ilmiy


negizidir. U ilmiy tadqiqotlaming to‘rt asosiy yo‘nalishini o‘z ichiga oladi: «jamiyatning axborot resurslarini hamda jamiyatning ularga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish; jamiyatning informatsion salohiyatini tadqiq qilish; axborot jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq



362

qilish; axborot jamiyatidagi yangi imkoniyatlami va shaxs muam-molarini tadqiq qilish» shular jumlasidandir. Zero, informatika fan sifatida axborot texnologiyasining nazariy negizidir.




Informatizatsiya nisbatan yangi atama bo‘lib, bizga ilgari ham tanish bo‘Igan «avtomatizatsiya», «kompyuterizatsiya», «elektronizat-siya» kabi tushunchalar bilan birga ishlatilmoqda.

Bir qator mualliflar fikricha, «Informatizatsiya o'ziga uchta bir-biriga bog ‘liq jarayonni mujassamlashtiradi»1: mediatizatsiya - axbo-rotni yig'ish, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterizatsiya - axborotni izlash, qayta ishlash vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya - axborotni yaratish va idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish jarayoni, y a ’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish. Bu uch jarayon, ayniqsa, ular jamiyatga jadal suratlar bilan kiritilgan ijtimoiy tizimni radikal o‘zgarishiga olib keladi.


Axborot texuikasi va axborot texnologiyasi. Axborot texnikasi insonni og'ir va ba’zan mazmunsiz jismoniy mehnatdan ozod qiladi.


Aqliy mehnatning ahamiyati va salmog‘i oshib boradi. Mehnat, inson ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy va ijtimoiy kuchlami o‘zgartirish jarayoni sifatida, insonning mehnat predmeti bilan bilvosita aloqasi kuchayishi bilan tavsiflanadi. Agar ilgari mehnat qurollari inson tabiiy jismoniy a’zolarining davomi hisoblangan va ulami kuchaytirishga xizmat qilgan bo‘lsa, endi axborot qurilmalari inson aqlining ishini davom ettiradi va kuchaytiradi. Malakasiz mehnatning juda ko‘p shakllari o‘rnini malakali mehnat egallaydi. Axborot texnologiyasining rivojlanishi mehnatkashlar ma’lumot va malaka darajasining o‘sishiga, ishlab chiqarishda yuqori malakali mutaxassislar miqdorining ko'payishiga va past malakali kasblar sonining kamayishiga olib keladi. Mehnat unumdorligiga mehnatning og‘irlashishi natijasida emas, balki bu ishning oqilona bajarilishi natijasida erishiladi. Mehnat jarayoni ijodiy faoliyat turiga, insonning o‘z qobiliyatini namoyon etish vositasiga aylanadi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish o‘mini insonni intelektual o'stirish egallaydi, inson qobiliyatini rivojlantirish hayotiy faoliyatning asosiy shakliga aylanadi, mehnatning insonparvarlashuvi sodir bo'ladi.


1Под. Ред. Иноммцта П.Л. Ноям постиндустриальная волна на Западе. -М.: Академия, 1999, С.



  1. Иваном М. Инсплут р*1»ити« информационного общества. -М.: Владос, 2002.С.-840.; Каныгин Ю.М., Моркашек В.Э. Информатизация: социальный аспект II Вестник ВОИВТ, 1990, №2, С.З; Барулин B.C. Саиивльнм философия. Учебник. Изд.2-э. -М.: ФАИР, Пресс, 1999, С.560.



363

Ishlab chiqarishni axborotlashtirish va avtomatlashtirish ishchilar va xizmatchilarga turli talablar qo‘yib, ulami bevosita ishlab chiqarish jarayonidan olib chiqadi va mazkur jarayon bilan bir qatorda turuvchi subyektlarga aylantiradi. Inson shaxsining o‘ziga xosliklarini namoyon etish uchun shart-sharoit va ijtimoiy erkinlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratiladi. Bir kasbiy faoliyatdan boshqa kasbiy faoliyatga o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar paydo boiadi. Mehnat ijtimoiy yoki shaxsiy zaruriyatga qarab o‘zgaruvchi xususiyat kasb etadiki, bu standartlashtirilgan ommaviy ishlab chiqarishdan moslashuvchan, ya’ni ko‘p o‘zgaruvchi, iste’molchilaming ommaviy ehtiyojlariga yo‘nal-tirilgan ishlab chiqarishga o'tishda muhim ahamiyatga egadir. Axborot texnikasi ilgari olingan axborotni izlashni engillashtiradi va yangi ilmiy muammolami qo'yish maqsadida olingan natijalarga qat’iy baho berish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, kompyuterlar tadqiqot natijalarini oldindan taxmin qilishi va hatto bunday natijaga erishish yoilari va vositalarini belgilashi, ya’ni tadqiqotning ideal rejasini tuzishi mumkin. Xullas, ilmiy faoliyatning barcha bosqichlarida axborot texnikasi tadqiqotchiga yaqindan yordam beradi.


Kompyuterlar ilmiy xodimlami og‘ir mehnatdan xalos etib, ilmiy ijod uchun qo‘shimcha imkoniyat, ijodiy tafakkur erkinligining oshishi uchun shart-sharoit yaratmoqda. Kompyuterlar olimga juda katta axborot to‘plamidan foydalanish imkonini beradi, tizimli tadqiq qilish va ilmiy modellashtirish vositasi bo‘lib $jzmat qiladi. Axborot texnolo-giyasi yordamida ilmiy bilimlar formallashtiriladi va ayni vaqtda ma’lumotlami ifodalashning ko‘rgazmali shakllari (sxemalar, grafik-lar)dan foydalaniladi. Axborot texnikasi ilgari olingan axborotni izlashni engillashtiradi va yangi ilmiy muammolami qo‘yish maqsadida olingan natijalarga qat’iy baho berish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, kompyuterlar tadqiqot natijalarini .oldindan taxmin qilishi va hatto bunday natijaga erishish yo‘llari va vositalarini belgilashi, ya’ni tadqiqotning ideal rejasini tuzishi mumkin. Xullas, ilmiy faoliyatning barcha bosqichlarida axborot texnikasi tadqiqotchiga yaqindan yordam beradi.


Hozirgi zamon fanining rivojlanishi, xususan, ilmiy tadqiqot usullari va vositalari muttasil murakkablashib borishida namoyon boiadiki, bu axborot texnikasini qoilashni taqozo etadi. Bunday holat ilmiy tadqiqotning barcha darajalari - empirik darajasiga ham, nazariy darajasiga ham xos. Empirik tadqiqot bosqichida informatika ilmiy eksperimentni hunarmandchilik ko‘rinishidagi faoliyatdan katta-katta





364

axborot to‘plamlarini avtomatJashtirilgan yo‘sinda olish va ularga ishlov berishga yo‘naltirilgan zamonaviy ilmiy tahlilning alohida turiga aylantirish uchun imkoniyat yaratadi. Nazariy tadqiqot bosqichida axborot texnikasi har xil ilmiy gipotezalami tekshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, tartibga keitirilmagan ma’lumotlar yig'indilarini ilmiy-nazariy qoidalarga aylantirishga yordam beradi.


Axborotni kiritish, unga ishlov berish, uni saqlash va berish uchun fanda avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimlari - mantiqiy, matematik, lingvistik va texnik vositalaming o‘zaro bog‘liq majmuidan keng foydalanilmoqda. Bunda avtomatlashtirilgan axborot - qidiruv tizimiga qo‘yiladigan talablar yo tadqiqot obyekti tomonidan, yo mazkur fan sohasining nazariy negizi va axborot-texnika vositalari yordamida shakllanadi. Bunday tizimlar matematik usullar va algoritmlar majmui shaklida matematik ta’mmlash vositalariga ega bo'ladi. Mazkur vositalar eksperimentlaming natijalariga ishlov beradi, qarorlar qabul qilish usullari va algritmlarini belgilaydi. 0 ‘ta murakkab hodisalar va jarayonlami tadqiq qilishga fanning o‘tishi, qisqa muddatda aniq natijalarga erishish talabining qo‘yilishi fanda eksperimentlar o‘tkazish va ulaming natijalariga ishlov berishni avtomatlashtirishni taqozo etadi




Axborot texnologiyasi - bu axborotni tanlash, jamg'arish, tahlil qilish va foydalanuvchiga yetkazib berishga yo'naltirilgan hisoblash texnikasi, elektr aloqa, informatika imkoniyatlarining uyg'unligidir.

Ishlab chiqarish jarayoni zamirida yotuvchi har qanday texnologiyani ta’riflashda ishlov berish predmeti, usul va metodlarini, ishlab chiqarish qurollarini, ishlab chiqarish usullarining tavsifmi tyratish mumkin. Texnologiya jarayon sifatida tartibga solingan va tashkil etilgan bo‘ladi. Ammo an’anaviy texnologiyalar moddiy-energetik omillarga tayansa, axborot texnologiyasi axborotga asoslanadi. Axborot texnologiyasining negizini moddiy emas, balki ideal omillar


tashkil etadi. Axborot texnologiyasi axborotning aylanishi va unga ishlov berish jarayonlari majmui, shuningdek, bu jarayonlami tavsiflash





Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish