Mirzo ulug bek nomidagi


Tarixiylik tamoyili - obyektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog ‘lab, m i mufassal



Download 2,22 Mb.
bet162/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

Tarixiylik tamoyili - obyektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog ‘lab, m i mufassal о ‘rganish mumkin.


Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari - ilmiy tadqiqot jarayonida real obyektlarni eng muhim xossalari cheklangan obyektlar shaklida (mavhumlashtirish) ifoda etish, shuningdek, ularning aniq belgilangan xossalari («ideal gaz», «moddiy nuqta», «mutlaqo qora jism»)ga tayanib, xayoliy obrazlarini yaratish qulaydir. Mazkur obyektlaming xossalarini va ulami о ‘z ramz, belgilari shaklida ifodalash, ya ’ni formallashtirish juda oson. Bu ularning xayoliy obrazlari va matematik timsollarini boshqarish (matematik forma-lizmdanfoydalanish)ni ancha yengillashtiradi.


Metodologik tamoyillar va yondashuvlaming tabiati har xildir.

Masalan, reduksiya, yaxlitlik, kontrreduksiya tamoyillari tadqiqotning tabiiy obyektlari tabiatini: verifikatsiya, falsifikatsiya tamoyili, mantiq qonunlari esa bilish va fikrlash faoliyatining shakllarini: to‘ldi-ruvchanlik, tarixiylik tamoyillari va sistemali yondashuv esa tadqiqot obyektlari hamda bilish va fikrlash faoliyatining xossalarini ifoda etadi.


Metodologik tamoyillar ro‘yxati ochiq xususiyatga ega bo‘lib, ko‘payishda davom etmoqda. So‘nggi davrda tez-tez tilga olinayotgan «antrop tamoyili»da tabiatni ilmiy bilish metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘Igan narsani ko‘rmadik. Uni maxsus ajratish, balki, qadimiyatga borib taqaluvchi turli antropotsentrik ta’limotlami birlashtirish uchun foydali bo'lishi mumkin. Antrop tamoyilning asosiy g‘oyasi, mohiyat-e’tibori bilan, Olamda mavjud bo‘lgan barcha obyektlar o‘z mavjudligi bilan ana shu Olamda mavjud bo‘lgan boshqa
1Вялсев A.H. Огкритие элементарных частиц. М., 1984. -С. 272.



261

obyektlarga zid kelmasligi kerak, degan siyqasi chiqqan qarashga asoslanadi. Bu nuqtai nazardan antrop tamoyili o'rniga, aytaylik, «elektron tamoyili» yoki «timsoh tamoyili» to'g'risida ham so ‘z yuritish mumkin.




Normativ metodologiya, aniq ta ’riflangan tamoyillardan tashqari, «yarim normativ» shaklda, ayni paytda «yarim deskriptiv» shaklda ilmiy bilishning ideallari va normalari, fanlaming o'zaro ta ’siri, ilmiy nazariyalarning shakllanishi va asoslanishi haqidagi ta ’limotlarda, eksperimental faoliyat tamoyillarida, bilimlami birlashtirish va sintez qilish muammolarida, ilmiy bilishning imkoniyatlari va chegaralari, ilmiy bilishning tilida ham bo ‘lishi mumkin. Bundan tashqari, maxsus metodologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida fan sohalari: matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnika va texnologiya, evolyutsiya jarayonlari, ekologiya va hokazolaming muayyan tarzda ishlab chiqilgan metodologiyalarida o‘z aksini topadi.
Ilmiy bilish tizimida metodologiyaning tutgan о‘mi, vazifalari ha­ qida bildirilgan fikrlarga shuni qo‘shimcha qilish kerakki, metodo­ logiyaning operatsional-amaliy ahamiyatidan tashqari, uning inson aqliy va bilish faoliyatining ayrim mexanizmlarini ochib beruvchi bilim tizimi sifatidagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Zotan, bu inson o‘z-o‘zini anglashi uchun ham, «sun’iy intellekt» tizimlarini yaratish uchun ham muhimdir. Bundan tashqari, har qanday ilmiy bilish faoliyati doimo muayyan metodga va u hafcjdagi qarashlarga (ya’ni ma’lum protometodologiyaga yoki aniq boimagan metodologiyaga) asoslanishini ham tushunish kerak. Ammo barcha tadqiqotchilar ham metodologiya muammolarini maxsus o‘rganavermaydi va ishlab chiqavermaydi. Bu metodologiya har qanday ilmiy bilish faoliyatining ajralmas qismi ekanligini tushunib yetish uchun muhimdir.


Tabiiy obyektlar xossalarining to ‘rt turi - barcha tabiiy obyektlarga xos bo ‘Igan xossalarning turlarini aniqlash fan metodologiyasining muhim vazifasidir. Tabiiy obyektlar, deganda kelib chiqishi insonning ongli ijodi bilan bog'liq bo'lmagan har qanday yaxlit obyektlar: atomlar, molekulalar, tirik organizmlar, tabiiy til, jamiyat va shu kabilar tushuniladi. Turli sohadagi ilmiy bilimlaming katta hajmini va muayyan fanlardagi shaxsiy ish tajribasini anglab yetish natijasida har qanday tabiiy obyektga xos boigan turli-tuman xossalarning to‘rt turini ajratdik.



Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish