Novdaning o’sish xususiyatiga qarab
monopodial
simpodial
Monopodial to’pgullarda novdaning shoxlanishi apekal meristemasidan hosil bo’ladi va uchki gul eng keyin ochiladi.
Bunday to’pgullar monopodial,rasemoz (lot. Ramesoz-shingil yoki gul o’qi) to’pgul deb ataladi. Monopodial yoki botrik to’pgul notekis gullaydi,ya’ni gullari hammadan keyin ochiladi.Masalan,jag’-jag’,ko’kparan
MONOPODIAL
Simpodial yoki soxta dixotomik shoxlanishga ega bo’lgan to’pgullar simoz to’pgul deb ataladi. Bunday to’pgulli o’simliklarning novda uchi gul bilan tugallanishi o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.Bunday o’simliklarning gullashi aynan ushbu bosh o’qdagi uchki guldan boshlanadi. Maslan,kartoshka,faseliya…
SIMPODIAL
Agar to’pgulni bosh o’qidagi meristemasi gulga aylansa bunday to’pgul yopiq yoki aniq to’pgul deb ataladi.
Agar to’pguldagi apekal meristema vegetativ bo’linib,o’sishda davom etsa va yon gullarni hosil qilsa bunday to’pgul noaniq to’pgul deb ataladi.
Shoxlanish xususiyatiga ko’ra to’pgullar oddiy va murakkab to’pgullarga ajratib o’rganiladi.
To’pgullar
oddiy
murakkab
ODDIY TO’PGULLAR
Oddiy to’pgullar monopodial shoxlangan bo’lib, bitta markaziy gul o’qida joylashadi, ya’ni oddiy to’pgulda gulpoya shoxlanmaydi.
Zubturumning oddiy boshog’i
Oddiy to’pgul
qalqon
boshoq
So’ta
soyabon
boshcha
savatcha
shingil
- Shingil yoki shoda-Bunda asosiy gul o’qida gul bandiga ega bo’lgan gullar yakka-yakka joylashadi.(uzum shingili)
- Oddiy qalqon-Asosiy gul o’qining pastida joylashgan gul bandlari uzunroq bo’lib,gulning hammasi bir tekis joylashadi.(olma,nok,do’lana)
- So’ta-bitta etdor yo’g’on o’qda boshoqdagi kabi bir necha gullar joylashadi(makkajo’xori so’tasi)
4. Boshoq-bunday to’pgulning asosiy o’qida bandsiz yoki bandli gullar zich joylashadi.(zubturum,tizimgul)
- Soyabon-to’pgulning asosiy o’qi qisqa bo’lib, barcha gullarning gulbandlari shu o’q ichidan chiqqandayjoylashadi. (gilos,nok,piyoz, navro’zgul)
- Boshcha (kallak)-asosiy o’q biroz kengaygan,gullar bandsiz yoki qisqa bandli bo’ladi.(sebarga,astragal)
7. Savatcha-oddiy to’pgullarning ixtisoslashgani bo’lib,murakkabguldoshlar oilasiga mansub o’simliklarning to’pgulidir. Bularda asosiy o’q “savatcha”ga o’xshash kengaygan bo’lib,mayda o’troq gullar zich joylashadi
Savatchada gullar akropetal-markazga tomon ochiladi,ya’ni birinchi bo’lib chetdagi gullar va eng oxirida markazda joylashgan gullar ochiladi. Savatchaning atrofini yon va ost tomonidan bargchalar o’rab turadi.Bu bargchalar hali ochilmagan yosh gullarini himoya qiladi. (kungaboqar,moychechak,qoqi,bo’tako’z)
Kungaboqarning savatchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |