Ishning amaliy ahamiyati shundaki, hozirgi davr o‟quvchilarining bilimi,
saviyasi, madaniylik darajasi juda yuqori, ularning o‟zaro aloqa qilish doirasi ham
nihoyatda keng va xilma-xil. Hozirgi o‟zbek gazetxoni fan-texnikadan ham, siyosat
va xalqaro ahvoldan ham, ishlab chiqarishning turli sohalaridan ham xabardor.
Binobrin, uning xilma-xil til vositalarini, turli uslub unsurlarini bemalol tushunish
va fahmlash imkoniyatiga ham ega. Gazeta tilida turli uslub vositalarining
ishlatilishi sotsiolingvistik omil bilan bog‟liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |