Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m


 Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/169
Sana08.05.2021
Hajmi1,25 Mb.
#63777
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
Bog'liq
amaliy geografiya oqitish usullari

 
4.1.1. Geografiya ta’limining maqsadlarini aniqlash 
Pedogogik  texnologiyalarni  tushunishni  muhim  jihatlaridan  biri 
quyidagilardir: 
 a) juda yaxshi aniqlangan maqsadlarga yo’naltirilganligi; 
b) o’quvchilarni o’qitish o’quvchilar faoliyati orqali olib borilishi. 
Odatda  har  bir  davlatning  ta’lim  tizimi  jamiyatni  sotsial 
buyurtmasini oladi. Mazkur buyurtma ma’orif va oliy ta’lim muassalari 
uchun asos bo’lib  xizmat qiladi. Sotsial buyurtma asosida har bir o’quv 
fanining maqsadi ishlab chiqiladi. So’ngra mazkur fanning har bir o’quv 
predmeti  uchun,  ma’lum  bir  predmetlarning  bo’limlari,  mavzulari  va 
alohida darslar uchun maqsadlar ishlab chiqiladi. 
O’zbekistonda sotsial byurtma «Ta’lim to’g’risida», «Kadrlar tayyor‐
lash  milliy  dasturi  to’g’risida»gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonunlari 
hamda  Vazirlar  mahkamasining  «O’zbekiston  Respublikasida  umumiy 
o’rta  ta’limni  tashkil  etish  to’g’risida»  1998  yil  13  maydagi  203‐sonli 
qarorida ifodalangan. 
Mazkur qonunlarda va qarorlarda yuqori malakali pedagog kadrlar 
tayyorlash  va  qayta  tayyorlashga  alohida  e’tibor  berilishi,  yangi 
darslikni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’z vaqtida 
ishlab  chiqish  va  joriy  joriy  etishni  ta’minlashni  alohida  nazorat  ostiga 
olish zarurligi ko’rsatib o’tilgan. 
Geografiya  ta’limining  maqsad  va  vazifalari  Davlat  ta’lim 
standartiga  sharhlarda  aniqlab  berilgan.  Ya’ni  geografik  madaniyatni 


49 
 
shakillantirish,  kartalardan  moxirona  foydalanishni  o’rgatish,  tabiat 
bilan  jamiyat  munosabatlariga  kompleks  yondoshishni  anglatmoq  va 
h.k. 
Geografiya  fani  bo’yicha  ta’lim  standarti  ikki  qismdan  iborat:  a) 
ta’lim mazmuning majburiy minimumi; b) bitiruvchilarning tayyorgarlik 
darajasiga  qo’yiladigan  minimal  talablar.  «Ta’lim  mazmunining 
majburiy  minimumi»  qo’yidagi  yo’nalishlarda  ishlab  chiqilgan:  a) 
geografiyaning nazariy asoslari; b) geografiyaning tadqiqot metodlari;  
v)tabiiy  va  sotsial‐iqtisodiy  ob’ektlar;  g)  hodisalar  va  jarayonlar;  d) 
olamni  idrok  etishning  moddiy  va  ma’naviy  madaniyatda  ifodalanishi; 
ye)hudud geografik tavsifining tuzilishi. «Bitiruvchilarning tayyorgarlik 
darajasiga  qo’yiladigan  minimal  talablar»  5  ta  yo’nalishlarda  ishlab 
chiqilgan:  a)  ayta  (ko’rsata)  olish;  b)  aniqlay  (o’lchay)  olish;  v)  tasvirlay 
olish; g)tushuntira olish; d) bashorat qila olish (P.Musaev, A.Baxromov, 
1999). 
Yangi  pedogik  texnologiyalarda  maqsadlar  o’qituvchi  uchun 
alohida  ishlab  chiqiladi.  O’quvchilarning  maqsadi  vazifalar  deb  ataladi. 
Chunki 
o’qituvchi 
va 
o’quvchilarning 
birgalikdagi 
faoliyatida 
o’qituvchilarni  maqsadi  o’qitish  o’quvchilarni  maqsadi  o’rganishdir 
(Ziyamuhammedov 2002). 
B.A.Farberman,  S.Ziyamuhammedov  va  boshqalarning  fikricha 
o’qitishning mazmuni odatda mavzuli yo’nalishga ega bo’lganligi uchun 
undan  aniq  ta’lim  maqsadlarini  ajratib  olish  mushkul.  Shuning  uchun 
vazifalarni  shakillanishini  osonlashtirish  uchun,  ularning  tavsifida 
fa’elllar  ishlatiladi.  Fa’ellar  o’quvchilarni  o’quv  faoliyatini  aks  ettiradi, 
masalan  aniq  faktlarni  biladi;  qoidalarni  biladi;  so’z  ifodalagan 
ma’lumotlarni  matematik  jixatdan  ifodalay  oladi;  chizma  va  sxemalarni 
tushuntirib  beradi;  berilgan  ma’lumotlar  bo’yicha  oqibatlarni  aniqlay 
oladi;  chizma  va  sxemalarni  tushuntirib  beradi;  berilgan  ma’lumotlar 
bo’yicha oqibatlarni aniqlay oladi va h.k. 
O’xshash  o’quv  maqsadlari  va  vazifalari  uchun  aniq  fa’ellardan 
foydalanmoq  lozim.  Aniq  fa’ellar  bir  tarzda  tavsiflanadigan  va 
o’lchanadigan, 
o’quvchilar 
o’qishi 
natijasida 
bajaradigan 
operatsiyalardan iborat bo’lishi lozim. 
Qator olimlarning fikricha, maqsadlarni aniqlashtirishning umumiy 
usuli‐  bu  aniq  natijalar  beradigin  faoliyatni  ko’rsatadigan  fa’ellardan 
foydalanishdir. 


50 
 
O’xshash  ta’lim  maqsadlarini  shakillantirish  bir  necha  bosqichdan 
iborat:  o’quv  mavzusini  o’rganishning  umumiy  maqsadi‐xususiy 
maqsadi‐o’xshash ta’lim maqsadi. 
Ammo  ba’zi  hollarda  o’xshash  ta’lim  maqsadlarini  shakllantirishda 
qiyinchiliklar  tug’iladi.  Ayrim  hollarda  ta’lim  natijalarini  ayrim 
qismlarga bo’lish oson bo’ladi. Bunday hollarda Blum tomonidan ishlab 
chiqilgan taksonomiyadan foydalanish qulay bo’ladi. Mazkur taksonomi 
asosida  umumiyroq  maqsadlarni  shakillantirish  mumkin.  So’ngra  esa 
ularni aniqlashtirish mumkin. 
Shu  maqsadda  geografiya  ta’limi  maqsadlarining  taksonomiyasi 
ishlab  chiqiladi.  Mazkur  taksonomiya  asosi  bo’lib,  B.Blum  tomonidan 
ishlab  chiqilgan  umumiy  ta’lim  maqsadlari  taksonomiyasi  hisoblanadi 
(3‐jadval). 
Geografiya  ta’limi  maqsadlari  taksonomiyasini  ishlab  chiqishda 
geografiya  faning  umumiy  maqsad  va  vazifalari,  geografiya  ta’limi 
mazmunining majburiy minimumi hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik 
darajasiga qo’yiladigan talablar hisobga olinadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish