37
III‐BOB. O’QITISH METODLARI VA ULARNI TANLASH
O’qitish metodlarini mazmunan, mohiyati va vazifasi haqida juda
ko’p fikrlar mavjud. Ularni umumlashtirib ifoda qilinganda o’qitish
metodiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: o’qitish metodi deb ta’lim
maqsad‐lariga
eririshish
uchun
o’qituvchi
va
o’quvchilarning
birgalikdagi faoliyatiga aytiladi.
O’quv jarayonida o’qituvchining maqsadi bilim berish, O’quvchilar‐
ning maqsadi bilim olishdir. Mazkur maqsadlarga erishish uchun
pedagogikada qator o’qitish metodlari ishlab chiqilgan.
3.1.O’qitish metodlarini sinflashtirish
O’qitish metodlari juda ko’p belgilar asosida sinflashtirilgan.
Shuning uchun o’qitish metodlarini sinflashtirishni qator variantlari
mavjud.
Dastlab o’qitish metodlarini sinflashtirish nemis olimi Oberlender
tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur sinflashtirish XX‐ asrning 30‐yillari‐
gacha foydalanildi.
Oberlender
geografiya
o’qitish
metodlarini
qo’yidagicha
sinflashtirgan:
‐ analitik metodlar.Avval Yer bir butun ob’ekt sifatida o’rganiladi,
so’ngra uning ayrim qismlari o’rganiladi. Masalan, «Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasida avval Yerning umumiy xususiyatlari va
qonunyatlari ochib beriladi. So’ngra alohida materik va okeanlarning
tabiiy geografik xususiyatlari o’rganiladi;
‐ sintetik metodlar. Avval alohida joylar o’rganiladi, so’ngra Yer bir
butun o’rganiladi;
‐ konstruktiv metodlar. Bunda o’quvchi karta chizish davomida yer
yuzasi relefi haqida bilimlarni egallaydi;
‐ bog’lovchi metodlar. Bunday metodlar bilan ishlanganda o’rgani‐
layotgan xodisalar o’rtasidagi aloqa va bog’liqliklarni o’rganishga katta
e’tibor beriladi; masalan, balandga chiqqan sari harorat va bosimni
pasayishi va x.k;
‐ guruhlashtiruvchi metodlar. Bir xil geografik xodisalarni
qiyoslashga asoslangan. Masalan, daryolarning to’yinishi, yog’inlarni
taqsimlanishi, sanoatni ayrim tarmoqlarini joylanishi va h.k.:
Keyinchalik ushbu metodlar boshqa olimlar tomonidan takomillash‐
tira boshlanadi. D.D. Semenov, E.Yu. Petri, A.S. Sokolov, V.P. Budanov,
38
S.P. Arjanov tomonidan qayta ishlab chiqildi. S.P. Arjanov geografiya
o’qitish usullariini quyidagi guruhlarga bo’ladi: analitik, sintetik,
kontsen‐trik,
assotsiyalashtiruvchi,
guruhlashtiruvchi,
taqqoslash,
tajriba, o’zaro aloqa, evristik, sintetik‐genetik, tajriba.
Xalq komissariatining 1934 yil 15 may «Geografiyani boshlang’ich
va o’rta maktablarida o’qitish haqida» qaroridan so’ng mavjud o’qitish
metodlari qattiq tanqid ostiga olindi.
«O’qitish metodi» degan tushunchani yangi mazmuni va mohiyati
ishlab chiqildi. V.G. Erdeli tomonidan geografiya o’qitish metodlarini
ikki guruhga bo’lish tavsiya etildi: barcha fanlarda qo’llaniladigan
metodlar; faqat geografiya fanida qo’llaniladigan metodlar (masalan,
karta bilan ishlash metodlari).
A.A Polovinkin 1938 yili «Tabiiy geografiya metodikasi» nomli
darsligida quyidagi metodlarni ajratadi: og’zaki bayon, kartografik,
diapozitiv; plastilin; darslik va globus bilan ishlash; ekskursiya va tajriba
metodlari. V.P. Budanov 1939 yil «Tabiiy geografiyani o’qitish
metodikasi» nomli kitobida o’qitish metodikasiga quyidagicha ta’rif
beradi: «O’quvchilarni yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishini
o’qituvchi tomonidan boshqarilishi». V.P. Budanov quyidagi metodlarni
ajratadi: jonli so’z; darslik bilan ishlash, globus va karta bilan ishlash,
ko’rgazmali, kuzatish va tajriba. XX asrning 50–yillaridan so’ng ushbu
muammo
N.N.
Baranskiy,
A.V.Darineskiy,
V.A.
Juchkevich,
V.A.Korinskaya O. Mo’mi‐novlar tomonidan rivojlantirildi.
SHuni ta’kidlab o’tish joizki, har doim turli davrlarda o’qitish
metodlarini sinflashtirish bitta yagona qoida asosida olib borildi, ya’ni
bilish manbalariga asosan. Shuning uchun hozirgi davrda geografiya
o’qitish metoddikasida metodlarni bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish
keng tarqalgan. Suhbat, ma’ruza, kartalar bilan ishlash, kuzatish, tajriba,
darslik bilan ishlash, statistik ma’lumotlar bilan ishlash metodlari
umumta’lim maktablarida u yoki bu shaklda keng qo’llanilamoqda.
Oxirgi davrlarda o’qitish metodlarini ishlab chiqish kuchayib ketdi.
Geografiya o’qitish metodlarini bilish manbalariga ko’ra sinflashtirish
tanqid ostiga olina boshlandi, chunki ushbu metodlar asosan tashqi
belgilarga qarab, o’quvchilarni o’quv faoliyatini hisobga olgan holda
sinflashtirilgan.
Endi geografiya o’qitish metodlarini metodologik asosini ko’rib
chiqamiz. Falsafa fanida «metod» tushunchasiga qo’yidagicha ta’rif
beriladi; «Borliqni amaliy va nazariy o’rganish». Ushbu ta’rifni asosan
39
ilmiy va o’quv tomonlari turlicha, shuning uchun ushbu ta’rifni
to’g’ridan to’g’ri o’quv jarayoniga qo’llab bo’lmaydi, chunki ularni
maqsadlari va faoliyat shakllari turlicha. Ammo ularning umumiy
tomonlari ham bor. Ularning eng umumiy tomoni fan ham, o’qitish ham
bilish jarayoni hisoblanadi. Ilmiy bilishda ob’ekt bo’lib borliq, sub’ekt
bo’lib tatqiqotchi (olim) hisoblanadi. O’qitish jarayonida ob’ekt bo’lib
o’quv predmetining mazmuni, sub’ekt bo’lib o’quvchilar hisoblanadi.
Ikkala sharoitda ham alohida o’rinni sub’ektning faoliyati egallaydi.
Mana shu narsa o’qitish metodini falsafiy ta’rifini o’quv jarayoniga
qo’llashga imkon beradi.
Endi o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadlarini aniqlab olishimiz
lozim.
O’qituvchining o’qitish maqsadlari qo’yidagilardan iborat:
‐ o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni egallashini ta’minlash;
‐ o’quvchilarni ongini rivojlanishini ta’minlash;
‐ egallangan bilim va ko’nikmalar asosida o’quvchilarni
shakllanishini ta’minlash, ya’ni ularni tarbiyalash.
O’qitish (o’quvchi)ning metodi bitta maqsadga yo’naltirilgan, ya’ni
bilim va ko’nikmalarni egallash. Demak, o’quvchilarning maqsadi,
o’qituvchilarning o’qitish metodining asosini tashkil qiladi. O’qituvchi
o’quv jarayonini boshqaribgina qolmasdan balki mana shu jarayonning
ichida bo’lmog’i lozim, ya’niy o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarni
egallashida bir paytning o’zida ham boshqaruvchi ham yordam
beruvchi bo’lishi zarur. Bularni barchasi o’qitish metodlariga
qo’yidagicha ta’rif berishga imkon beradi: «O’quv mazmunini
o’zlashtirishga imkon bera‐digan o’qituvchi va o’quvchilarning
birgalikdagi faoliyatidir».
Metod doimo o’quv mazmuniga mos kelishi lozim. Maktab geogra‐
fiyasida esa geografiya o’qitish metodlari so’zsiz geografiya fanining
bilish metodlariga mos kelishi kerak. O’qituvchi va o’quvchining
faoliyatiga quyidagilar kiradi: kartografik ma’lumotlar va qo’llanmalar
bilan ishlash usullari; kuzatish va tajriba o’tkazish; statistik ma’lumotlar
bilan ishlash; turli xil chizmalar bilan ishlash; iqtisodiy hisob ‐ kitoblar.
Demak, o’qi‐tuvchi va o’quvchining faoliyati o’qitish metodini tashkil
qilar ekan.
Hozirgi
vaqtda
geografiya
ta’limida
o’qitish
metodlarini
qo’yidagicha sinflashtirish keng tarqalgan:
I.Bilim olishning asosiy manbalariga ko’ra
40
1.O’qitishning og’zaki usullari;
2.Kartografik qo’llanmalar bilan ishlash;
3.Ko’rgazmali qo’llanmalar bilan ishlash;
4.Kuzatish va tajriba metodlari;
5.Statistik ma’lumotlar bilan ishlash;
6.Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash;
7.Amaliy metodlar;
8.Zamonaviy axbarot texnologiyalaridan foydalanish;
9.Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |