1.4 Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish muammolari. Geografiya ta’limi metodikasining rivojlanishi yangi o’qitish
metodlarini ishlab chiqish, majmualarni takomillashtirish, ilg’or
metodlarni qo’llash bilan bog’liq. Mazkur muammolarni xal qilish qo’p
jihatdan pedagogik tatqiqotlarda qo’llanadigan metodlarga bog’liq.
Geografiya ta’limi metodikasi bo’yicha tatqiqot ishlarini olib
borishni dastlabki manbai bo’lib O’zbekiston Respublikasining ta’lim
to’g’risidagi qonuni, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi va boshqa
hukumat qarorlari asos bo’lib hisoblanadi.
Xar qanday fanda ham tatqiqod metodlarini ishlab chiqish va tatqi‐
qotlar olib borish metodologiya va ilmiy tatqiqod metodlari
tushunchalari bilan bog’liq
Metodologiya – bu borliqni bilish va o’zgartirish metodlari haqidagi
ta’limotdir.