Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m


Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/169
Sana08.05.2021
Hajmi1,25 Mb.
#63777
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169
Bog'liq
amaliy geografiya oqitish usullari

 
6.4.Geografik ko’nikmalarni shakllantirish darsi 
Mazkur  darsning  asosiy  vazifasi  geografiya  predmetlari  uchun  xos 
bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishdir. Mazkur ko’nikmalar nazariy bi‐
limlarni  o’zlashtirishga,  mustahkamlashga  va  amalda  qo’llashga  imkon 
beradi.  Ko’p  xollarda  mazkur  darslarni  bilimlarni  mustahkamlash  va 
geog‐rafik  ko’nikmalarni  shallantirish  darsi  ham  deb  ataladi.  O’qitishni 
sifatini  oshirishdagi  vazifalarni  kuyilishi  va  yechilishi  munosabati  bilan 
hamda  o’quvchilarni  amaliy  faoliyatga  bo’lgan  e’tiborni  ortishi  bilan 
mazkur  dars‐lar  turini  ahamiti  yanada  ortadi.  Bunday  darslarda 
o’quvchilar  faoliyatini  asosiy  shakli  bo’lib  amaliy  ishlarni  bajarish 
hisoblanadi.  Mazkur  amaliy  ishlarni  bajarish  davomida  o’quvchilarda 
geografik ko’nikmalar shaklla‐nadi. 
Ushbu  darslarda  o’quvchilarni  nazariy  va  amaliy  faoliyati  bir‐biri 
bilan 
chambarchas 
bog’langan. 
Shuning 
uchun 
geografik 
ko’nikmalarning  katta  qismi  yangi  bilimlarni  olish  jarayonida 
shakllatiriladi.  Ayrim  amaliy  ishlar  mazkur  darslarda  bajariladi, 
masalan,  geografik  koordinatalarni  aniqlash,  masshtab  turlari  bilan 
ishlash,  Turon  tekisligi  bo’ylab  o’tkazilgan  tabiiy  geografik  kesmani 
tahlil  qilish.  Ayrim  amaliy  ishlarni  yangi  mavzuni  o’rganib  bo’lgandan 
keyin  bajarish  mumkin.  Bunda  olingan  bilim  va  ko’nikmalar 
mustahkamlanadi. Masalan, o’quvchilarni iqtisodiy diagram‐malar bilan 
ishlash  ko’nikmalarini  darsni  mustahkamlash  bosqichida  olib  borish 
mumkin.  Amaliy  mashg’ulotlarni  uyga  vazifani  tekshirish  jarayoni‐da 
xam  o’tkazish  mumkin.  Bunda  o’quvchilar  ma’lum  bir  qolip  asosida 
ishlashadi.  Ya’ni  ma’lum  bir  qolip  asosida  daryoga,  dengizga  yoki 
ko’llar‐ga  ta’rif  berish,  ayrim  davlatlarni  iqtisodiy  geografik  ta’rifini 
tuzish va h.k. 
Amaliy ishlar ikki turga bo’linadi: o’qitadigan (o’rgatadigan); yaku‐
niy. O’rgatuvchi (mashq qildiradigan) amaliy ishlarning maqsadi o’quv‐


85 
 
chilarni  ma’lum  bir  geografik  topshiriqni  bajarishga  o’rgatishdir. 
Masalan,  geografik  kordinatalarni  aniqlash,  kartada  masofani  masshtab 
orqali  aniqlash;  daryo  suv  sarfini  hisoblash;  xududni  tabiiy  geografik 
tavsifini  tuzish;  demografik  ko’rsatgichlarni  hisoblash;  iqtisodiy 
geografik  tavsif‐larni  tuzish.  Demak,  o’rgantuvchi  amaliy  ishlarda  turli 
ko’nikmalar shakllantiriladi, tegishli bilimlar mustahkamlanadi. 
Qator o’rgatuvchi amaliy ishlardan so’ng yakuniy amaliy ish o’tka‐
ziladi.  Uning  maqsadi  olingan  bilim  va  shakllantirilgan  ko’nikmalarni 
o’zlashtirish  darajasini  tekshirishdir.  Masalan,  Chirchiq  Oxangaron 
o’lka‐sini 
tabiiy 
geografik 
tavsifini 
tuzishi 
ko’nikmalari 
shakllantrilgandan  so’ng  O’zbekistonnni  boshqa  tabiiy  geografik 
o’lkalarini  o’qituvchilar  amaliy  mashg’ulot  darslarida  mustaqil 
o’rganishlari  mumkin.  Buning  uchun  o’qituvchi  tabiiy  geografik 
o’lkalarni  o’rganish  texnologiyasini  modul  tizimini  ishlab  chiqishi 
mumkin. 
Xar bir tabiiy geografik rayon uchta quyidagi modullarga bo’linadi: 
tabiiy  geografik  rayonni  geografik  joylashishi  va  chegaralari;  yer 
yuzasini tuzilishi, geoglogik sharoiti va foydali qazilmalari; ichki suvlari, 
tuprog’i  o’simligi  va  hayvonot  dunyosi.  Mazkur  modullar  yanada 
mayda  modul‐larga  bo’linadi.  Masalan,  ikkinchi  modulni  quyidagi 
modulchalarga  bo’li‐shimiz  mumkin:  rayonning  relefi;  rayonning 
geologik  tuzilishi;  rayonning  foydali  qazilmalari.  O’quvchilar  bilim  va 
ko’nikmalarni yaxshi o’zlashti‐rishlari uchun mazkur modullarni yanada 
maydaroq  qismlarga  bo’lish  mumkin.  Masalan,  foydali  qazilmalar 
modulini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin: yoqilg’i energitika foydali 
qazilmalari; metalli foydali qazilmalar; nometall foydali qazilmalar. 
Demak,  yakuniy  amaliy  ishlar  geografik  voqea  va  xodisa  xamda 
ob’ektlarni  tavsifiga  bag’ishlanar  ekan.  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya 
darslarida  barcha  xalq  xo’jaligi  tarmoqlarini  yoki  ayrim  davlatlarni 
modul texnologiyasidan foydalanib o’rganish mumkin (3‐rasm). 
       Demak,  yakuniy  amaliy  ishlar  geografik  voqea  va  xodisa  xamda 
ob’ektlarni  tavsifiga  bag’ishlanar  ekan.  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya 
darslarida  hamma  xalq  xo’jaligi  tarmoqlarini  yoki  ayrim  davlatlarni 
modul  texnologiyasidan  foydalanib  o’rganish  mumkin.  Masalan,  jahon 
sanoatini o’rganishda uni quyidagi modullarga bo’lib o’rganish mumkin: 
metal‐lurgiya sanoati; mashinasozlik; yengil sanoat; qurilish xom ashyosi 
sanoati;  oziq‐ovqat  sanoati;  va  h.k.  ular  o’z  navbatida  yana  maydaroq 
modullarga  bo’linib  ketishadi.  Masalan,  mashinasozlikni  yana  quyidagi 


86 
 
modulchalarga  bo’lib  yuborish  mumkin:  avtomobilsozlik;  stanoksozlik; 
podshipnik 
ishlab 
chiqarish; 
teplovozsozlik; 
samalyotsozlik; 
ekskovatorsozlik; 
vagonsozlik; 
qishloq 
xo’jaligi 
mashinasozligi; 
kemasozlik; va h.k. 
Geografik  ko’nikma  va  malakalarni  shakillantirish  darsi  quyidagi 
qismlarga bo’linadi: ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni qo’yish; o’quvchi‐
larni  o’quv  vositalari  bilan  tanishtirish  (darslik,  karta,  jadvallar,  diag‐
rammalar).  Ular  amaliy  mashg’ulotlarni  bajarishda  zarur  bo’ladi;  o’quv 
ishlari  usullarini  o’zlashtirish  bo’yicha  ko’rsatmalar  berish;  amaliy 
ishlarni  bajarish  bo’yicha  ko’rsatmalar  berish;  bajarilgan  amaliy  ishlar 
natijalarini  rasmiylashtirish;  qilingan  ishlarni  yakunlash;  uyga  vazifa 
berish va uni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berish. 
Amaliy  ishlar  bajarishni  samaradorligi  ishni  aniq  tashkil  qilishga 
bog’liq:  qiyoslash;  solishtirish;  oddiy  hisob  ‐kitoblarni  bajarish;  ma’lum 
reja  yoki  qolip  asosida  geografik  voqea  va  hodisalarni  tavsifini  tuzish; 
bog’‐liqliklarni aniqlash; karta bilan ishlash va h.k. 
3‐rasm  
 


87 
 
 
Geografik  ko’nikma  va  malakalarni  shakillantirish  darsida  faqat 
yakuniy  amaliy  ishlar  bajariladi.  Bunday  darslar  quyidagi  tashkiliy 
qismlardan  iborat:  darsni  maqsadini  qo’yish;  yangi  bilimlarni 
tushuntirish  jarayonida  o’quvchilarni  bilish  faoliyatini  tashkil  qilish; 
darsni mantiqiy qismlari bo’yicha yakunlash va mustahkamlash; olingin 
bilim va ko’nik‐malarni amalda qo’llash; uyga vazifa berish. 
 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish