Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m


 Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/169
Sana08.05.2021
Hajmi1,25 Mb.
#63777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169
Bog'liq
amaliy geografiya oqitish usullari

 
1.3. Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi 
Geografiya  ta’limi  metodikasi  qator  tabiiy  va  ijtimoiy‐iqtisodiy 
hamda  gumanitar  fanlar  bilan  o’zaro  bog’langan.  Geografiya  o’qitish 
metodikasini  geografiya  fani  bilan  bog’liqligi  quyidagilarda  namoyon 
bo’ladi: 
‐geografiya  fani    maktab  geografiyasi  mazmunini  asosini  tashkil 
qiladi  va  uning  rivojlanishi  uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  Geografiya 
fanidagi    yutuqlar  va  o’zgarishlarni  maktab  geografiyasining 
mazmunida va tuzilishida  aks ettirib boradi; 
‐ geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining  tuzilishida 
aks  etgan.  Maktab  geografiyasi  ikki  qismdan  iborat:  tabiiy  va  iqtisodiy 
geografiya.  Akademik  litsey  va  kasb‐hunar  kollejlari  uchun  o’tiladigan 
«Amaliy geografiya» darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks 
etgan; 
‐o’quv  vositalari  va  ular  bilan  ishlash  usullari  geografiya  fanida 
qo’llaniladigan  usullar  bilan  aniqlanadi.  Masalan  geografiyada  keng 
qo’llaniladigan  kartografik  usul,  amaliy  geografiyada  ham  keng 
qo’llaniladi  (kartalar  bilan  ishlash),  dalada  olib  boriladigan  tatqiqot 
ishlari  o’quv‐ sayohatlarda aks etgan; 
‐  geografiya  ta’limining  mazmuni  va  tuzulishi  geografiya  fanining 
rivojlanishi  bilan  muntazam  takamillashib  boradi.  Xozirgi  paytda 
geografiyada  yangi‐yangi  tushunchalar  paydo  bo’lmoqda:  ekologik‐ 
geografik sharoit; tizimli usul; geosiyosat: bashorat; baholash va h.k. 
Didaktika  barcha  o’quv  predmetlarini  metodikasini  umumiy  ilmiy 
asosini  tashkil  qiladi.  Geografiya  ta’limi  metodikasi  didaktika  fani 
tomonidan  asoslab  berilgan  qonunyatlar,  qonunlar  va  qoidalar  asosida 
rivojlanadi.  Didaktika  fani  geografiya  o’qitish  jarayonini  tarkibiy 
qismlari 
o’rtasidagi 
qonuniy 
bog’lanish 
va 
munosabatlarni 
oydinlashtiradi  va  shu  asosida  o’qitishni  maqsadi,  mazmuni,  usullari 
hamda  o’qitish  jarayonini  jihozlashga  doir  talablarni  belgilab  beradi. 
Geografiya  o’qitish  metodikasi  fani  didaktika  faniga  suyanibgina 


13 
 
qolmasdan  balki  uning  rivojlanishi  uchun  muhim  ma’lumotlar  beradi. 
Masalan,  o’quvchilarning  geografik  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni 
baholash, geografik tasavvur, tushuncha, g’oyalar tizimini shaklllantirish 
va boshqalar. 
Psixologiya  fani  o’quvchilardagi  ruhiy  faoliyatning  umumiy  qonu‐
niyatlarini  o’rgansa,  geografiya  o’qitish  metodikasi  esa  o’quvchilarning 
ruhiy faoliyatini, ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq 
bo’lgan  tomonlarini  o’rganadi.  Geografiya  predmetini  o’qitishda  o’quv‐
chilarning  yoshi,  bilimi,  fikrlash  qobiliyatini  e’tiborga  olmasdan  turib, 
ularning  o’quv  faoliyatiga  samarali  ta’sir  etib  bo’lmaydi.  Shu  tufayli 
geografiya  o’qitish  metodikasi  psixologiya  fani  bilan  chambarchas 
bog’langan. 
Geografiya  ta’limi  metodikasi  ekologiya  fani  bilan  ham  uzviy 
bog’langan.  Maktab,  akademik  litsey  va  kasb  hunar  kollejlaridagi 
geografiya  ta’limida  atrof‐muhit  muhofazasiga  va  tabiiy  resruslardan 
oqilona  foydalanish  masalalariga  katta  e’tibor  berilgan.  Boshlang’ich 
tabiiy geografiya kursidan boshlab, o’rta ta’lim geografiya predmetlarida 
tabiiy  resruslardan  oqilona  foydalanish,  tabiat  tarkiblarini  xo’jalik 
faoliyati  ta’sirida  ifloslanishi,  ularni  oldini  olish  va  atrof‐  muhit 
muhofazasi masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan. 
Geografiya  ta’limi  metodikasi  tarix,  til  va  adabiyot  va  boshqa 
gumanitar  fanlar  bilan  ham  bog’langan.  Maktab  geografiyasida 
geografik bilimlarning rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiati 
va uni o’zlashtirilish tarixini o’rganish tarixiy manbalarni o’rganish bilan 
bog’liq. Geografik nomlarni to’g’ri yozilishi, ularni talqini, kelib chiqishi 
va mazmunini aniqlashda tilshunoslik qonunyatlari va qoidalari asosida 
olib  boriladi.  Maktab  geografiyasida  jahon,  mamlakatlar  va  xududlarni 
o’rganishda,  geografik  qobiqni  tarkibiy  qismlari  va  undagi  jarayonlarni 
o’quvchilarga  tushuntirilishida  badiiy  adabiyotlardagi  yorqin  ifodalar, 
talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi. 
Geografiya o’qitish metodikasi ximiya, biologiya va qishloq xo’jaligi 
fanlari  bilan  ham  chambarchars  bog’langan.  Geografik  qobiqning 
kimyoviy  tarkibini,  tabiatni  kimyoviy  modddalar  bilan  ifloslanishini  va 
ularni  oldini  olish  yo’llarini  o’rganishda  maktab  geografiyasi  ximiya 
fanining  yutuq‐lariiga  asoslanadi.  Geografik  qobiqning  asosiy  tarkibiy 
qismi bo’lgan tuproq,  o’simlik qoplami, hayvonot dunyosini va turli xil  
ekinlarni  yetishtirishni  o’ziga  xos  xususiyatlarini  o’rganishda  maktab 
geografiyasi  biologiya  va  qishloq  xo’jaligi  fanlari  tizimi  yutuqlariga 
asoslanadi. 


14 
 
Geografiya  ta’limida  ma’lumotlarni  umumlashtirish  va  tahlil  
qilishda,  zamonaviy  texnika  vositalaridan  foydalanishda  maktab 
geografiyasi  matematika,  statistika  va  axborot  texnologiyalari  fanlari 
yutuqlariiga asoslanadi. 
Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar 
qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari 
ishlab  chiqilmoqda.  Mazkur  sohada  geografiya  ta’limi  yangi  pedagogik 
texnalogiyalar fani yutuqlariga tayanadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish