Edit/Select All
Aktiv oynadagi hamma elementlarni ajratish. Agar asbob ajratilgan
elementlarning bir qismi bo’lsa Edit/Copy va Edit/Paste komandalari
ishlamaydi. SHuning uchun bir necha elementdan tashqari hamma
elementlarni tanlash kerak bo’lsa avval Select All komandasi bajariladi, keyin
CTRL klavishasi bosilgan holda sichqonchaning chap tugmasini bosib ortiqcha
elementlardan ajratilish olib tashlanadi.
Edit/Copy as Bitmap
Rastrli tasvirning nusxasini almashtirish buferiga olish. Keyin ushbu
tasvirdan matnli protsessorlarda yoki tasvirlarni qayta ishlash dasturlarida
foydalanish mumkin.
Rastrli tasvirning nusxasini olish uchun quyidagi amallar bajariladi:
a) Edit/Copy as Bitmap tanlanadi (kursor crosshair ga o’zgaradi);
b) sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda nusxasi olinadigan
elementlarning hammasi belgilanadi.
v) sichqonchaning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |