Mirtemir she’riyati bo’yicha
“Mirtemir o’zbek she’riyatining tamal toshini qo’ygan ustoz, oqsoqol shoirlarimizdan . U g’oyatda mehnatkash ,jafokash , hassos, bilimdon , kamtar , zukko so’z san’atkoridir .” Ushbu ta’riflarni kim aytgan ?
Chingiz Aytmatov B*) Komil Yashin C) H. Olimjonov D)N. Karimov
“Shu’lalar qo’ynida “ she’riy to’plamida berilgan she’rlarni ko’rsating ?
*A)”Mehnat “, “ So’nggi xat “, “ Kurash va tilak “, “ O’zbek qizi”
B) “ Mehnat bolasi “ , “So’nggi xat” , “Qush tili “
C) “Zafar” , “Qaynashlar “ , “ Qush tili “
D) “Kipriklarim” , “Izlayman” , “Yodgorlik”
El aylasa gar ixtiyor ,
Changalzor chamanzor bo’lur . Ushbu misralar Mirtemirning qaysi she’ridan olingan ?
“Yali-yali” she’ridan B) “O’ch “ she’ridan *C) “Baxshining aytganlari” she’ridan D) “ Sen – ona “ she’ridan
“ Mirtemir she’rlarini o’qisam yayrab ketaman . U erkalanib , shoshilmay yozadi “ . Ushbu jumlalar kimga tegishli ?
A.Qahhor B) Chingiz Aytmatov C) Oybek *D)G’afur G’ulom
“Qoraqalpoq daftari “ she’rlar turkumi nechanchi yilda yozilgan ?
1958 –yil *B) 1957-yil C ) 1978-yil D ) 1962-yil
Tezkor savollar
Mirtemirning hazil –mutoyibadan , xalq yumoridan mohirona foydalanishiga uning qaysi she’rini misol keltirish mumkin?
Javob : “ Engajon “ she’ri
Mirtemir she’riyating bosh mavzusi va bosh qahramoni nima?
Javob : Bosh mavzusi – O’zbekiston , asosiy qahramoni – o’zbek xalqidir
Mirtemirning qaysi she’rida bolaning onaga bo’lgan so’nmas mehri , farzandlik burchi haqidagi muqaddas tuyg’ular xalqona sodda, jozibador tasvirlangan ?
Javob : “Onaginam “ she’rida
Mirtemir dostonlarini sanang ?
Javob : “Bong”, “Barot”, “Jang”, “Agronom”
5.Shoirning xotini ikki yashar qizchasini tashlab Moskvaga ketadi . Qizcha esa tezda vafot etadi . Bu qayg’uli voqea Mirtemirning pok qalbini alg’ov –dalg’ov qilgan . “ Mirtemirning qaysi dostoni ana shu fojea asosida yaratilgan ?
Javob : “Surat “ dostonida
Said Ahmad asarlari bo’yicha tezkor savollar
1.Said Ahmadning birinchi hikoyalar to’plami qaysi va u qachon nashr etilgan ?
Javob : 1940- yil “ Tortiq “
2.Said Ahmadning iste’dodli yozuvchi sifatida shakllanishida kimlarning hissasi katta bo’lgan ?
Javob : G’afur G’ulom va Abdulla Qahhorning
3. Said Ahmadning “ Cho’l hikoyalari”da nimalar tasvirlangan ?
Javob : Cho’llarni o’zlashtirayotgan oddiy odamlarning ajoyib fazilatlari ochib berilgan.
4.Qaysi hikoyada rossiyalik pioneer Pavlik Morozovning o’z otasini fosh etib , ko’rsatgan “jasorati” ini takrorlagan Kimsan nomli oqpadarning o’z buzrukvoriga qarshi qilgan yovuzligi va uning ayanchli oqibati mohirona aks ettirilgan ?
Javob : “Sarob “ hikoyasida
Said Ahmadning 50- yillarda yozgan qissa va romanlarini aytib bering
Javob: “ Qadrdon dalalar” , “Hukm”, “Ufq” , “ Jimjitlik”
“Ufq” asaridagi qahramonlarni sanab o’ting
Javob : Azizxon , Ikromjon, Jannat xola , Nizomjon, Asrora , Dildor, Inoyat xola
Abdulla Qahhor “Ufq” romani haqida qanday fikrlarni aytgan ?
Javob : “ Ufq” qochoq haqidagi roman emas , aksincha , qochoqni bag’riga sig’dira olmagan xalq haqidagi asardir. Deb baho bergan .
Said Ahmadning dramalarini belgilang ?
Javob : “Kelinlar qo’zg’oloni “, “ Kuyov “ , “ Farmonbibi arazladi “ .
Said Ahmadning qaysi asari tarbiyaviy-estetik ahamiyatga molik hayotiy komediyadir?
Javob: “Kuyov”
Said Ahmad qaysi asari uchun Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti berilgan?
Javob: Ufq triologiyasi uchun
Odil Yoqubov
Odil Yoqubovning qissalarini belgilang.
“Muqaddas”, “Billur qandillar”
“Matluba”, ‘’Ulug’bek xazinasi’’
‘’Izlayman’’, “Diyonat”
‘’Ko’xna Dunyo’’,”Muzqaymoq”
“Muzqaymoq”asarining janri qaysi?
Qissa
Roman
Hikoya
She’r
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi obrazlar qaysi asar qahramoni?
‘’Ko’hna dunyo’’
‘’Ulug’bek xazinasi’’
‘’Muqaddas’’
‘’Diyonat’’
‘’Bir koshona sirlari’’ dramasi qaysi mavzuda?
Tarixiy
Zamonaviy
Romantik
Falsafiy
‘’Adolat manzili’’ romanining bosh qahramonini belgilang.
Suyun Burgut
Shorahim
Otaqo’zi Umarov
N. Shomurodov
Pirimqul Qodirov bo’yicha tezkor savollar
Pirimqul Qodirov qaysi mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan ?
Javob: “Abdulla Qahhorning urushdan so’nggi ijodi”
Qanday risolalar yozib , so’z san’atining til va badiiy mahoratga doir muhim muammolarni yoritishga munosib hissa qo’shgan ?
Javob : “O’ylar “, “ Dil va Til”, “ Xalq tili va realistic proza “
P. Qodirovning birinchi kitobi nomi qaysi ?
Javob : “ Studentlar “ 1950-yilda
P. Qodirovning mashhur paxtakor Mamajon Dadajonovning porloq xotirasiga bag’ishlab yozgan asari qaysi ?
Javob : “Meros”
“ Meros “ qissasining bosh qahramoni kim?
Javob : Yolqin Otajonov
U “ Hech uxlaysizmi o’zi ?’’ degan savolga :” Qayoqda ! Terim boshlangandan beri boshim yostiq ko’rgan emas.Mashinada yurganda qush uyqusi qilib mizg’ib olaman “ , - deb javob qaytaradi . Asardagi ta’rif kimga tegishli ?
Javob : Yolqin Otajonov
P.Qodirovning birinchi romani qaysi ?
Javob : 1958- yilda yozilgan
8.“Uch Ildiz “ romani kimlarga bag’ishlab yozilgan ?
Javob : Oliy maktab talabalari hayotiga bag’ishlab yozilgan
9. Chorvadorlar hayoti , qishloq va unda yashayotgan odamlarga doir muammolar yoritilib berilgan asari qaysi ?
Javob : “Qora ko’zlar “ romani
.P. Qodirovning qaysi romani J.Neru so’zlarining naqadar to’g’riligiga jonli dalildir ?
Javob : “ Yulduzli tunlar “ romani
Erkin Vohidov lirikasi bo’yicha savollar
Erkin Vohidov kim haqida “ Men uni ustoz deyman .Meni ilk bor she’riyatning gulbog’iga yetaklagan , xanda urib oqqan misralari yosh qalbimga shaloladay quyilgan , menga baxt va shodlikni kuylash san’atini o’rgatgan shoir shu ustozdir “ deya ta’rif beradi .
Javob : Hamid Olimjon haqida
Mulki borliq ichra bir mahal ,
Ko’rksizgina olam yaralgan .
Bermoq uchun dunyoga sayqal ,
Olam aro odam yaralgan .
Ushbu misralar E.Vohidovning qaysi she’ridan olingan ?
Javob : “Go’zallik “ she’ridan
Ijodkorning aruz vaznining nozikliklarini chuqur o’zlashtirganini , yangi zamon g’oyalarini ifodalashda an’anaviy g’azal shaklidan mohirona foydalana olishini namoyon qilgan devoni qaysi ?
Javob : “ Yoshlik devoni “
E. Vohidov dostonlarini sanab bering ?
Javob : “ Ruhlar isyoni “, “Baxmal”, “ Quyosh maskani “,” Nido”
“ Ruhlar isyoni “ dostoning g’oyasi nimadan iborat ?
Javob : Mustaqillik, tenglik , ozodlik , tenglik va haqiqat kurashidan iborat .
E. Vohidovning qaysi dostonlarida ko’proq qasidago’ylik , voqealikni haddan tashqari bo’rttirib tasvirlash usullari seziladi ?
Javob : “ Quyosh maskani “ , “Toshkand sadosi “
Qaysi komediyaning bosh qahramonining ismi – Mo’min bo’ladi ?
Javob : “ Oltin devor “ komediyasining
Qaysi dramada ko’zboyamachilik va soxtalik qismati bilan bir qatorda , vatangadolik fojiasi ham ochib tashlanadi ?
Javob : “ Istanbul fojeasi “ dramasida
Kimlarning ijodlarida bugungi kunda Erkin Vohidov ijodining asosiy xususiyatlari muhokama qilinmoqda ?
Javob : O. Sharafiddinov , L.Qayumov , U. Normatov ,I. G’afurov ,N. Xudoyberganov
E. Vohidov nechanchi yilda “ Buyuk xizmatlari uchun ordeni “ bilan mukofotlangan ?
Javob : 1997- yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |