Trrinter klassining eng muhim hususiyat va metodlari 7.1 -jadval
hususiyat va metodlar
|
vazifasi
|
property Aborted: Boolean;
|
Chop qilish topshirig’ining foydalanuv-chi tomonidan bekor qilinishi. Bekor qilish – true.
|
property Canvas: TCanvas ;
|
Printer kanvasi. U tasvirlarni chop qilish uchun Brush, Font va Pen hususi-yatlarini belgilash imkonini beradi.
|
TPrinterCapability=(pcCopies, pcOrientation, pcCollation); TPrinterCapabilities = set of TPrinterCapability;
|
Printer uchun joriy parametrlarni o`rnatadi: PcCopies - nusxalar soni, PcOrientation — qog’oz orientatsiyasi.
|
property Copies: Integer;
|
Nusxalar soni.
|
property Fonts: TStrings ;
|
shriftlar ro`yxati
|
TPrinterOrientation = (poPortrait, poLandscape) ;
|
Orientatsiya (vertikal, gorizontaal)
|
property PageHeight: Integer;
|
Sahifa balandligi (piksel)
|
property PageNumber: Integer;
|
Joriy sahifa nomeri
|
property PageWidth: Integer;
|
Sahifa kengligi (piksel)
|
property Printerlndex: Integer;
|
Joriy printer indeksi
|
property Printers: TStrings;
|
O`rnatilgan printerlar ryxati
|
property Printing: Boolean;
|
Chop qilish tugamaguncha - True
|
property Title: String;
|
Chop qilinayotgan xujjat
|
property Capabilities: TPrinterCapabilities;
|
PcCollation – nusxalar bo`yicha ajratish
|
procedure Abort;
|
Chop qilish jarayonini to`xtadi.
|
procedure BeginDoc;
|
Navbatdagi topshiriqni boshlash
|
procedure EndDoc;
|
Chop qilishni tugatadi va printer buferini tozalaydi.
|
procedure NewPage;
|
Chop qilish yangi sahifadan boshlanishini ta`minlaydi.
|
Bu hususiyat va metodlar bilan ishlaganda shuni yodda tutish kerakki, Fonts, Handle, PageWidth, PageHeight, Aborted, Printing, Capabilities kabi bir qator hususiyatlar faqat o`qish rejimidagina ishlaydi.
TPrinter klassini yaratish va uning ekzemplyariga murojaat qilishda Printers modulining function Printer: TPrinter funksiyasidan foydalaniladi.
Chop qilish jarayonini boshqarish Abort, BeginDoc, EndDoc va NewPage metodlari yordamida amalga oshiriladi. Printer kanvasini ifodalovchi Canvas hususiyati ham juda muhim. Uning yordamida tasvirlarni hosil qilish va printerga uzatish, forma, komponenta kabi ma`lumotlarni chop qilishni tashkil qilish mumkin.
17.2. Matnlarni chop qilish
Matnlarni chop qilish chiqarish qurilmasi printer bo`lgan Write yoki Writeln metodlari yordamida amalga oshiriladi.
Eng sodda masala - printer orqali “DELPHI dasturlash tili” jumlasini chop qilishni ko`raylik. Buning uchun yangi konsol ilova yaratib, unda quyidagi kod yoziladi:
program Project1;
{$APPTYPE CONSOLE}
uses SysUtils, Printers;
var FPrint: TextFile;
begin
AssignPrn(FPrint);
Rewrite(FPrint);
Writeln(FPrint,' DELPHI dasturlash tili ');
CloseFile(FPrint);
end.
Bu yerda Printers modulining Assignprn protsedurasi faylli o`zgaruvchini joriy printer bilan bog’laydi va xotirada chop qilinadigan ma`lumotlar uchun bufer hosil qiladi. Rewrite operatori printerni ishga tushiradi. Writeln metodi matnni chop qiladi. CloseFile esa chop qilish jarayonini tugatib, faylli o`zgaruvchi va printer o`rtasidagi aloqani uzadi.
Bitta Write yoki Writeln protseduralari yordamida turli tipdagi bir nechta ma`lumotlarni chop qilish ham mumkin. Buning uchun ularni bir-biridan vergul belgisi bilan ajratib yoziladi. Chop qilinadigan ma`lumotlar orasiga satrli TSrings va TstringList kabi ob’yektlarni ham joylashtirish mumkin.
Namuna tariqasida DemoPrint loyihasini ko`raylik. Unda dialog oynasidan chop qilinadigan fayl tanlanadi va RadioGroup o`chirgichlarining holatiga qarab ekranga yoki printerga uzatiladi.
Ushbu loyiha uchun kod quyidagicha yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |