3.4. Ma`lumotlarning tiplari
Dastur butun va haqiqiy sonli, belgili, matnli yoki mantiqiy tipdagi ma`lumotlarni qayta ishlashi mumkin.
Butun tip. Delphi tilida ettita tipdagi butun sonli ma`lumotlar bilan ishlash nazarda tutilgan. Bu sonlar 3.1-jadvalda keltirilgan.
Butun tipdagi sonlar. 2.1-jadval
tipi
|
diapazoni
|
o`lchami
|
Shortint
|
-128 ... 127
|
8 bit
|
Smallint
|
-32 768 ... 32 767
|
16 bit
|
Longint
|
-2 147 483 648... 2 147 483 647
|
32 bit
|
Int64
|
-263 ... 263 – 1
|
64 bit
|
Byte
|
0...255
|
8 bit, ishorasiz
|
Word
|
0...65 535
|
16 bit, ishorasiz
|
Longword
|
0 ... 4 294 967 295
|
32 bit, ishorasiz
|
Integer sonli ma`lumotlar Delpi tili uchun universal hisoblanadi va u longint tipiga ekvivalent.
Haqiqiy tip. Delphi tilida qayta ishlash mumkin bo’lgan oltita haqiqiy tipdagi ma`lumotlar mavjud (3.2-jadval). Bu sonlar bir-biridan qiymatlar diapazoni, ishonchli raqamlar soni va komp’yuter xotirasidan egallaydigan xajmi bilan farqlanadi.
Haqiqiy tiplar. Jadval1.2.
tip
|
diapazoni
|
Ishonchli raqamlari
|
bayt
|
Real48
|
2.9 10-39 ... 1.7 1038
|
11-12
|
06
|
Single
|
1.5 10-45 ... 3.4 1038
|
7-8
|
04
|
Double
|
5.0 10-324 ... 1.7 10308
|
15-16
|
08
|
Extended
|
3.6 10-4951 ... 1.1 104932
|
19-20
|
10
|
Comp
|
2-631 ... 263-1
|
19-20
|
08
|
Currency
|
-922 337 203 685 477.5808
... 922 337 203 685 477.5807
|
19-20
|
08
|
Real tipi haqiqiy sohlar uchun universal hisoblanadi.
Belgili tip. Delphi tilida ikkita belgili tip mavjud: Ansichar va Widechar:
Ansichar tipi — bu ANSI kodidagi belgilar bo`lib, ularga 0 dan 255 gacha bo`lgan sonlar mos keladi;
Widechar tipi — Unicode kodidagi belgilar bo`lib, ularga 0 dan 65 535 gacha bo`lgan sonlar mos keladi.
Belgili tiplar uchun Ansichar ga ekvivalent bo`lgan Char tipi universal sanaladi.
Satrli tip. Delphi tilida uchta satrli tip (Shortstring, Longstring, WideString) nazarda tutilgan:
Shortstring tipi uzunligi 0 dan 255 gacha bo`lgan va komp’yuter xotirasidan statistik tarzda joy oladigan satr;
Longstring tipi uzunligi bo`sh xotira xajmi bilan cheklanadigan va xotirada dinamik tarzda joylashadigan satrdan iborat;
WideString tipi uzunligi bo`sh xotira xajmi bilan cheklanadigan va xotirada dinamik joylashadigan satr ko`rinishida bo`ladi. WideString tipidagi satrning har bir belgisi Unicode-belgisidan iborat.
Delphi tilida satrli tiplarni belgilash uchun asosan String tipidan foydalaniladi. U Shortstring tipiga ekvivalent.
Mantiqiy tip. Mantiqiy True (rost) yoki False (yolg’on) qiymatlaridan birini qabul qiladigan tip. Delphi tilida mantiqiy kattaliklar Boolean tipiga mansub bo`ladi.
3.5. O`zgaruvchilar
O`zgaruvchi – bu komp’yuter xotirasining nomlangan bir qismi bo`lib, unda dastur yordamida qayta ishlanishi talab qilingan ma`lumotlar saqlanadi. Dastur o`zgaruvchilar, ya’ni xotira yacheykalarida saqlanayot-gan ma`lumotlar ustida amallar bajaradi.
O`zgaruvchilar lotin xarflari, raqamlar hamda “_” belgisidan iborat belgilar ketma-ketlik yordamida nomlanadi. Nom lotin xarfidan boshlanishi shart. Masalan, o`zgaruvchilarning nomi sifatida
Alfa, x, y1, a_0
yozuvlardan foydalanish mumkin. O`zgaruvchilar nomini belgilashda bo`sh joy belgisini qo`llash mumkin emas. Nomlarni yozishda katta va kichik xarflarning farqi yo`q. SUMMA, Summa va summa nomlari bitta o`zgaruvchi sifatida qabul qilinadi.
O`zgaruvchining vazifasi va nomi odatiy bo`lishi maqsadga muvofiq. Masalan, ko`rinishidagi kvadrat tenglama koyeffitsient va ildizlarini mos ravishda a, b, c, x1 va x2 deb nomlagan ma`qul.
Har bir o`zgaruvchining nomi va tipi dastur boshida e`lon qilinishi shart. Bu amal umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
Nom : tip;
Bu yerda Nom – o`zgaruvchining nomi, tip – shu o`zgaruvchi qabul qiladigan ma`lumotlar tipi. Masalan:
a : Real; b : Real; i : Integer;
Keltirilgan misolda ikkita real va bitta integer tipidagi o`zgaruvchilar e`lon qilingan. Bitta tipga mansub bir nechta o`zgaruvchilarni bitta ko`rsatma orqali ham e`lon qilish mumkin, masalan:
a,b,s : Real; x1,x2 : Integer;
3.6. Konstanta (o`zgarmas) lar
Delphi da ikki turdagi konstantalar mavjud: oddiy va nomlangan. Oddiy konstanta deganda butun yoki haqiqiy son, belgilar ketma-ketligi, alohida belgi yoki mantiqiy qiymat tushuniladi. Butun konstantalar dastur matnida hayotdagi kabi yoziladi:
123 0 -234
Haqiqiy konstantalarning butun va kasr qismini ajratib ko`rsatish uchun odatdagi "vergul’" o`rniga "nuqta" belgisi qo`llanadi:
0.0 23.45 -524.03 -0.124
Haqiqiy konstantalarni suzuvchi vergullar orqali ham yozish mumkin. Bunda sonning algebraik ko`rinishi, ya`ni 10 da kichik bo`lgan mantissa hamda tartiblari ko`paytmasidan foydalaniladi. Masalan:
Son
|
Algebraik ko`rinish
|
Suzuvchi vergulli ko`rinish
|
1 000 000
|
1106
|
1 .0000000000E06
|
-123.452
|
-1,23452102
|
-1 .2345200000E02
|
0,0056712
|
5,671210-3
|
5,6712000000E-03
|
Matnli va belgili konstantalar apostroflar orasida ko`rsatiladi:
'Delphi dasturlash tili' 'Delphi 7' '2.4' 'D'
Bu yerdagi '2.4' konstantasi 2.4 sonini emas, balki shu sonni ifodalovchi belgilar ketma-ketligini anglatadi.
Nomlangan konstanta ham o`zgaruvchilar kabi oldindan e`lon qilinishi lozim. Bu ish umumiy ko`rinishda quyidagicha amalga oshiriladi:
konstanta qiymat;
Bu yerda konstanta — konstantaning nomi, qiymat – esa qiymati. Nomlangan konstantalar dasturda const bo`limida e`lon qilinadi. Masalan:
Const Title 'Yugurish tezligi'; pi 3.1415926;
Nomlangan konstanta e`lon qilinganidan so`ng, bu konstanta o`rniga uning nomidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |