funksiya
|
Qiymat
|
Abs (n)
|
n ning absolyut qiymati
|
Sqrt (n)
|
n ning kvadrat ildizi
|
Sqr (n)
|
n ning kvadrati
|
Sin (n)
|
Sinus n
|
Cos (n)
|
Kosinus n
|
Arctan (n)
|
Arktangens n
|
Exr(n)
|
eksponenta n
|
Ln(n)
|
n ning natural logarifmi
|
Random(n)
|
0 dan n-1 gacha bo`lgan tasodifiy son
|
Trigonometrik funksiyalarda burchaklarni radianlarda ifodalanishi lozim. Bunda -gradusli burchakni radianga almashtirish uchun (*)180 formulasidan foydalanish mumkin.
Almashtirish funksiyalari (3.7. jadval) ma`lumotlarni bir tipdan ikkinchisiga o’tkazish uchun mo’ljallangan.
Almashtirish funksiyalari 3.7-jadval
funksiya
|
funksiyaning qiymati
|
Chr(n)
|
Kodi n ga teng bo`lgan belgi
|
IntToStr (k)
|
Butun k sonini satrga aylantirish
|
FloatToStr (n)
|
Haqiqiy n sonini satrga aylantirish
|
StrToInt (s)
|
s matnni butun songa aylantirish
|
StrToFloat (s)
|
s matnni haqiqiy songa aylantirish
|
Round (n)
|
n sonini yaxlitlash
|
Trunc (n)
|
Haqiqiy n sonining butun qismi
|
Frac(n)
|
Haqiqiy n sonining kasr qismi
|
Int (n)
|
Haqiqiy n sonining butun qismi
|
Funksiyalarning argumenti sifatida konstanta, o`zgaruvchi yoki ifoda kelishi mumkin. Quyida funksiyalarga e’tibor bering:
n : Round((x2-x1)d);
x1: (-b Sqrt(d)) (2*a);
Edit2.Text : IntToStr(100);
mes : 'x1' FloatToStr(xl);
3.9. Ma`lumotlarni kiritish
Boshlang’ich ma`lumotlarni kiritish oynasi yoki tahrirlash maydoni (Edit komponentasi) yordamida tashkil qilish mumkin.
Kiritish oynasi - bu InputBox funksiyasi yordamida ma`lumotlar kiritish usuli hisoblanadi.
InputBox funksiyasi umumiy ko`rinishda quyidagicha yoziladi:
o`zgaruvchi : InputBox(sarlavha, eslatma, qiymat);
bu yerda o`zgaruvchi – satrli tipdagi o`zgaruvchi bo`lib, qiymatni oynadan oladi, sarlavha - kiritish oynasining nomi, eslatma - izoh, qiymat – oynaga to’g’ridan-to’g’ri chiqariladigan matn.
3-5 rasmda radusni radianga o`tkazish uchun ma`lumotlarni kiritish oynasi tasvirlangan. Bu oynaga mos buyruq quyidagicha yoziladi:
s:InputBox('Gradus','burchak gradusini kiriting','0');
3.5-rasm. Kiritish oynasiga misol
Foydalanuvchi matnni kiritib, OK tugmasini chertganidan so’ng, InputBox funksiyasining qiymati kiritilgan matnga teng bo`ladi. Agar Cancel tugmasi chertilsa, funksiya argumentning to’g’ridan-to’g’ri ko`rsatilgan qiymatini oladi.
Zarurat bo`lsa, InputBox funksiyasi qiymatini almashtirish funksiyalari yordamida sonli tipga o`tkazish mumkin. Masalan:
s:InputBox('Gradus','burchak gradusini kiriting','0');
gradus : StrToFloat(s);
Do'stlaringiz bilan baham: |