Mirmuhsin uka



Download 1,06 Mb.
bet2/7
Sana21.02.2023
Hajmi1,06 Mb.
#913345
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SDvlZIpfdkU8aXM8-kzfnUyILr3Vfn8M

Fizik xavfsizlikni nazoratlash. Biror fizik xavfsizlikni mos xavfsizlik nazoratisiz, amalga oshirish qiyin. Fizik xavfsizlik nazoratini, qaysi darajada amalga oshirilishiga qarab, quyidagicha tasniflash mumkin:

  • ma’muriy nazorat xavfsizlikni nazoratlashda inson omilini mujassamlashtiradi. Turli lavozimlardagi barcha xodimlar ma’muriy nazoratni qurishda inobatga olinishi kerak. Ma’muriy nazorat har bir foydalanuvchi boshqarishi mumkin bo‘lgan resurslarga asoslanib, boshqaruv cheklanishlarini, amaliy muolajalarni, qayd yozuvini amalga oshirish muolajalari va axborot tizimi uchun mos himoya darajasini o‘z ichiga oladi. U asosan insonni boshqarish uchun shaxsga qaratilgan usullarni amalga oshiradi.

  • fizik nazorat tashkilotlardagi fizik tizimlarga zarar yetishini oldini olish bilan shug‘ullanib, qurilmalarni, bino yoki biror bir maxfiy muhitni ruxsatsiz boshqarishdan himoyalashni qamrab oladi. Fizik nazorat qurilmaning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi, tasodifan zararlanishi yoki yo‘q qilinishi, yong‘in yoki tabiiy ofatlar kabi tahdidlardan himoyalashga xizmat qiladi.

  • texnik nazorat mantiqiy nazorat kabi tashkilotdagi fizik aktivlardan yoki binolardan foydalanishni nazoratlash texnologiyalaridan foydalanib, odatda taqiqlangan hududda foydalanishlarni nazoratlash uchun kompyuter qurilmalari, dasturlari, amallari va ilovalardan foydalanadi.

  • fizik xavfsizlikni nazoratlash, joylashuv va arxitektura. Tashkilotlar o‘zlari uchun binolar sotib yoki ijaraga olishdan oldin binoning joylashuvi, qo‘shni binolar, elektr va suv manbalari, kanalizatsiya tizimi, kichik va katta yo‘llarga yaqinligi, transport masalasi, tez yordam ko‘rsatish holati, shifoxona, ayeroportga yaqinligi, mazkur hududdagi jinoyatchilik ko‘rsatkichi yoki turli xavfsizlik insidentlarining mavjudligi va boshqa fizik xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni e’tiborga olishlari shart. Tanlangan hudud toshqinlar, tarnadolar, yer silkinishi, dovul, yong‘inlar kabi tabiiy ofatlardan xoli bo‘lishi tavsiya etiladi.

Binolarning joylashuvi haqida yetarlicha axborotga ega bo‘lib, ichki struktura va arxitekturani loyihalash va rejalashtirish vaqtida tashkilot tomondan binodagi barcha aktivlarning ro‘yxati tayyor bo‘lishi lozim.
Tashkilot infrastruktura va arxitekturasini loyihalashda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim:

    • binoga kirish eshiklarining soni, asosiy kirish, zinalar, lift, mashinalar to‘xtab turish joylari, o‘tish yo‘laklari va qabul qilish hududlarini aniqlashtirilganligiga;

    • joylashgan hududga yaqin qo‘shni binolarning ichki va tashqi arxitekturasi va atrofdagilar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun binolarning egasi va menedjerlari bilan suhbatlashilganiga;

    • halokatli buzilishlar va tashqi tomondan aktivlarni ko‘rinishi orqali zarar yetishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga;

    • agar bino boshqa tashkilotlar bilan sheriklikda foydalanilsa, ularni sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga va muhim aktivlaringizga ta’sirini o‘rganilganligiga;

    • fizik xavfsizlikni, maxfiy ma’lumotlarni saqlash va tashkilot faoliyatini samarali tashkil etishini nazoratlash uchun talab etilgan muhim infrastrukturani aniqlashtirishga.

Fizik xavfsizlikni nazoratlash: yong‘inga qarshi tizimlar. Yong‘inga qarshi tizimlar o‘zida aktiv va passiv yong‘inga qarshi himoyani mujassamlashtirgan bo‘lib, fizik xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi, yong‘in yuzaga kelganini avtomatlashgan yoki avtomatlashmagan holda aniqlaydi (4.17-rasm).


4.17-rasm. Yong‘inga qarshi himoya vositalari


Aktiv yong‘inga qarshi himoya vositalari tashkilotda yong‘in yuzaga kelgani haqida ogohlantirib, odatda tijorat, ishlab chiqarish joylarida va savdo uylarida o‘rnatiladi. Ushbu himoya usulining asosiy maqsadi yong‘inni binoning boshqa qismlariga tarqalmasligini oldini olish
hisoblanib, yong‘inga qarshi chora ko‘rishda ma’lum ishlarning avtomatik yoki noavtomatik tarzda amalga oshirilishi talab etiladi.
Aktiv yong‘inga qarshi himoya tizimi suv sepish, tutun/yong‘indan ogohlantirish tizimlari, o‘t o‘chirish va turli suyuqlik (sprey) sepish tizimlarini o‘zi ichiga oladi.
Aktiv yong‘inga qarshi tizimlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish