8-SINF ADABIYOTI BO’YICHA YANGI SAVOLNOMA
|
1 .A.Temur taqdirida muhim o'rin tutgan jang? “Loy jangi”
”Hayotda ko’rayotganlarim go’yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo’ldi. Shundan keyin mening qalbim har bir nohaqlikdan, adolatsizlikdan ta’sirlanib, achishadiganbo’lib qoldi” deb kim yozgan? Maksim Gorkiy
Menga qilsa bir jafo, bir qatla faryod aylamom, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylamom”quydagi misralarining muallifi kim va u nima haqida ? A.Navoiy. Xalq haqida yozgan.
Dostonlarning og’izdan og’izga yetib kelishi nimani vujudga keltiradi? Ustoz-shogird an’analarini
Folklorshunos olim T.Mirzayevning ma’lumotiga ko’ra nechanchi asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo’lgan? XV-XVI asrlarda
Qaysi asrlar dostonchilik taraqqiyotida rivojlangan davr bo’ldi? XIX-XXasrlar
XX asr boshlariga kelib, baxshilarimiz ijodida qancha xalq dostonlari bo’lgan? 150dan ortiq
Bu dostonlarni kimlar kuylagan? Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo’ron shoir, Jumanbulbul, Josoq,. Yo’ldosh-bulbul, Yo’ldosh shoir, Suyar shoir
Keyinchalik ularning an’analarini kimlar davom ettrigan? Ergash Jumanbulbul, o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan Islom shoir, Saidmurod Panoh o’g’li, Berdi baxshi, Bola baxshi, Umar baxshi
X asrning 50-yillarida qaysi dostonga mehnatkash xalq manfaatini emas, balki yuqori tabaqalar manfaatini aks ettiradi, shuning uchun ularni ommalashtirish zararlidir degan mafkuraviy ayblar qo’yilgan? “Alpomish”
Qachon “Alpomish” dostonining 1000 yilligi jahon miqyosida keng nishonlangan? 2000-yil
”O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq baxshisi” unvoni qachon ta’sis etilgan? 2000-yil 14-mart
”Kuntug’mish” dostonining xima-xil variantlarining ko’pligining sababi nimada? Ilgari baxshilar iste’dodiga shu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilar “Kuntug’mish” dostonini to’la o’zlashtirishga erishgan
Dostonning qaysi baxshilardan yozib olingan variantlari mavjud? Ergash Jumanbulbul o’g’li, Bekmurod Jo’raboy o’g’li, Nurmon Abduvoy o’g’li, Egamberdi Ollomurod
Dasrlikdagi variant kimning og’zidan yozib olingan? Ergash Jumanbulbul
”Kuntug’mish” dostonida No’g’ay yurtining podshosi kim? Avliyoyi Qoraxon ismli, Qilichxon laqabli
Kuntug’mish 14 yoshdan keyin qanday hunarlani o’rganadi? Qilichbozlik, cherishbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko’pkari chopish, garovbastlik
Zangar yurtining podshosi kim? Buvraxon 19.Uning qanday vazirlari bor edi? Shoir va Tohir
Shoir vazirning xotini nima tug’adi va ismini nima qo’yadi? Qiz Xolbeka
Tohir vazirning xotini nima tug’adi va ismini nima qo’yadi? O’g’il-Xolmo’min
Nima uchun Xolbeka va Xolmo’min nikoh yurmaydigan bo’lib qoladi? Xolmo’minning onasi vafot etib, Xolbekaning onasi uni emizadi va ular shiraxo’r bo’lib qoladi
Xolbeka necha yosh bo’lgach, uning husni olamga yoyiladi? 14yosh
Xolbeka kelgan sovchilarga qanday shart qo’yadi? Nard o’yinida yutganga tegishini aytadi
Qaysi qahramon bosiq,vazmin, aql bilan ish ko’radigan deb tasvirlngan? Gurkiboy
Shadod, quv deb kim tasvirlangan? Mohiboy
Dostondagi qaysi qahramonlarsiz Kuntug’mish va Xolbeka taqdrini tasavvur etib bo’lmaydi? Qosim, Xolmo’min, Mullavachcha, Zamonqul
Dostonda voqealar, sarguzashtlar qanday yo’lda yozilgan? Nasriy
Qahramonlar tavsifi, ruhiy kechinmalari qanday usulda tasvirlangan? She’riy
Asarda qanday hikmatlar mavjud? “G’aribning ko’nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsun ushalgan sopol”, “Zarning qadrini zargar bilar har yerda”, “Kamlikning kamoli bordir, manmanning zavoli”, “Yaxshilarning yuzin ko’rsang jannatdir”, “Yomon odam qilgan ishi minnatdir”
Xolbeka 40 zinalik ko’shkning ustiga chiqib turganda uni kim ko’rib qoladi? Buvraxon
Podsho ko’chalarga quygan jarchi nima deb baqirar edi? “Har kim Xolbeka deb aytsa, 6 oy zindonda boqtiraman, suyagini toshga chaqtiraman, terisini tiriklay so’yaman, ichiga somon tiqdiraman, 2ko’zini o’yaman, tepasiga moy qo’yaman
Xolbeka Kuntug’mishni qayerda ko’radi? Tushida 34.Ularni kimlar uchrashtirib qo’yadi? Chiltanlar
Kuntug’mish va Xolbeka nimasini almashadi? Uzugini
Kim Xolbekaning oldiga suratkashni olib keladi? Kanizi Bahragul
Bahragul Xolbekani nima deb chaqirar edi? Oybibim
Chizdirgan suratni nima qiladi? Sandiqqa solib, ichini mumlab, sirtini tillo bilan qoplab, sochidan bir tolasini va to’raning uzugini suratga o’rab daryoga oqizadi
Kuntug’mish nechta yigit bilan ov qilib yurgan edi? 40ta
Kuntug’mish suratni ko’rib hushidan ketgach, otasi kimlarni chaqiradi va ular qanday chora qullaydi? Qushnochni olib kelib qoqtiradi, baxshini olib kelib boqtiradi, mulla kelib o’qiydi, eshon halqa qiladi
Kim ayyorlik qilib Kuntug’mishning dardini bilib oladi? Qushnoch
Mardning yo’ldoshi deb kim ta’riflangan? Xizr Ilyos
Kuntug’mish Zangarga kinning qiyofasida keladi? Bazzoz
”Xon g’azabi - Xudo g’azabi” maqoli qachon qo’llangan? Buvraxon Xolbeka va Kuntug’mishni tutganda, Kuntug’mish Zangarga shoh bo’lganda
Do'stlaringiz bilan baham: |