Kron kasalligida ichakning qaysi qismi zararlanadi?
Ko`ndalang chambar ichak
Sigmasimon ichak
Oshqozonning tubi
12 barmoqli ichak
Shilliq qavatning granulematozi qaysi kasallikga xos?
Kron kasalligi
Nospetsefik yarali kolit
Yara kasalligi
Jigar tsirrozi
Qaysi kasallikda oshqozon ichak sistemasining har qanday qismi zararlanishi mumkin( og`iz bo`shligidan boshlab anusgacha) :
Kron kasalligi
Surunkali enterit
Ichak lipodistrofiyasi
Ichak tasirlanish sindromi
Surunkali enteritda qaysi preparatlar qo`llanilmaydi:
almagel
no-shpa
imodiu
levomisetin
Qaysi kasallikda pentasa bazis davolash prearati hisoblanadi?
Kron kasalligi
Nospetsefik yarali kolit
Tuberkulezli ileotsiflit
Glyuteinli enteropatiya
45yosh K ismli Ayolda, ko'p miqdorda shilimshiq, yiring, qon bilan ajralib turadigan ich kelishidan shikoyat qiladi; qorin bo'shlig'ida og'riq, 6 oy ichida 7 kg ozgan. Bir yil beri nospesifik yarali kolitidan aziyat chekadi. Ushbu bemor uchun qaysi dorilar guruhi afzalroq?
A. Kortikosteroidlar
B. Antibakterial
C. Sulfanilamidlar
D. Nitrofuran
38yosh N ismli erkakda, chap yonbosh sohasidagi og'riqqa va ichining tez-tez suyuqligi kuniga 6-8 marta qon va yiring bilan, umumiy holsizlik, ozib ketishdan shikoyat qiladi. 5 yildan buyon kasal. Ob'ektiv ko`rikda: harorat - 37,4 ° C, NS - daqiqada 20, puls - 108 ta / 1min, qon bosimi - 100/60 mm Hg. Yurak urishlari bo`g`iqlashgan, yurak cho`qqisida - sistolik shovqin. Palpatsiya paytida qorin chap yonbosh sohasida og'riqli. Jigar +2 sm.Qondagi: HB - 80 g / l, eritrotsitlar - 3,5x10¹² / l, ECHT - 34 mm / soat. Ushbu bemorda anemik sindromning shakllanishiga qanday kasallik sabab bo'lgan?
A. Nospesifik yarali kolit
B. Surunkali enterit
C. Kron kasalligi
D. Ichakning polipozi
19 yoshli N ismli bemor qorin bo'shlig'idagi og'riqlar, ko'p miqdorda shilimshiq, yiring, qon bilan ajralib turadigan kuniga 6-8 martagacha ich kelishidan shikoyat qiladi 2 yil kasal. 12 kg oriqlagan. Ob'ektiv ko`rikda: harorat - 37,4 ° C, yurak urish - 92 zarba 1 minda, qon bosimi - 100/70 mm Hg. Qorin yumshoq, yog`on ichak bo'ylab og'riqli, ayniqsa chap tomonda. Sigmasimon ichak spazmi kuzatiladi. Qonda: HB - 92 g / l, eritrotsitlar - 3,2 x 10¹² / l, leykositlar - 10,6 x 109 / l, ECHT- 32 mm / soat. Irrigoskopiyada - yo'g'on ichak toraygan, gaustra yo'q, konturlar notekis, loyqa, “vodoprovod trubkasi” simptomlari kuzatiladi. Qaysi tashxis ko`proq to`g`ri keladi?
A. Nospesifik yarali kolit
B. Surunkali enterokolit
C. Amyobali dizenteriya
D. Kron kasalligi
26 yoshli N ismli erkakda qorin bo'shlig'idagi og'riqlar, shilimshiq va qon aralashmalari bilan ichikning tez-tez suyuqlashishiga shikoyat qiladi. 3 yil davomida kasal bo'lib, 14 kg ozdi. Ob'ektiv ko`rikda: yurak urish - 96 ta1 min., AQB - 110/70 mm Hg, t - 37,6 ° S. Palpatsiya paytida qorin yumshoq, yog`on ichak bo'ylab og'riqli, ayniqsa chap tomonda. Irrigoskopiya - yo'g'on ichak toraygan, gaustralar yo'q, konturlari notekis. Qaysi tashxis ko'proq to`g`ri keladi?
A. Nospesifik yarali kolit
B. Ichak sil kasalligi
C. Amoebli dizenteriya
D. Kron kasalligi
34 yoshli K ismli bemorda o'ng yonbosh sohasidagi og'riqlardan, tez-tez qon aralashmasi bo'lgan ich kelishidan, bo`g`imardagi og'riqlardan, tez-tez isitmadan shikoyat qiladi. Bir necha oy davomida kasal. Palpatsiya paytida qorin yumshoq, o'ng yonbosh sohasi sezgir. Shilliq qavatdagi rentgenografiyasida kontrastli dog'lar aniqlanadi, ileotsekal o'tish torayagan. . Qaysi tashxis ko'proq to`g`ri keladi?
Kron kasalligi
Nospesifik yarali kolit
Enterit
Psevdomembranoz enterokolit
Do'stlaringiz bilan baham: |