TOSHKENT KIMYO TEXNALOGIYA INSTITUTI YANGIYER FILIALI Fan: UMUMIY KIMYO
Mavzu: O’ZBEK KIMYOGAR OLIMLARI. Guruhi S3-21
Tekshirdi: Asomov J
Bajardi:Alaberdiyev Mirjalol
Reja:
- O’zbek kimyogarlarining O’zbekiston kimyo fanida tutgan o’rni
- Kimyoviy tajribalarning hayotda foydali sohalarda ishlatilishi
- Yurtimizda kimyoning rivojlanishida kimyogarlarning hissasi
Shavkat Ismoilovich Solihov (1944.12.12, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995). Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Biol. fanlari doktori (1984), professor (1984), Urta Osiyo universitetini tugatgan (1967). Toshkent Davlat Universiteti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasida ilmiy xodim (1967 —1973), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo boʻlimida katta ilmiy xodim (1973 —1992), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti direktori (1993-yildan), ayni vaqtda, oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriya mudiri. .
Oʻzbekiston milliy universiteti tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi mudiri (1998-yildan). Asosiy ilmiy ishlari oqsillar va peptidlar tuzilishi hamda xossalarini oʻrganishga oid. Sh.I.Solihov Oʻrta Osiyo jonivorlari zahari tarkibidagi toksinlar, fermentlar va shahri k. biologik faol moddalarning tuzilishi hamda funksiyasini oʻrgandi, 50 dan ortiq fiziologik faol oqsillar va peptidlarni ajratib odni, bulardan 15 tasining kimyoviy strukturasini aniqladi. Sh.I.Solihov rahbarligida gʻoʻza fitogormonining taʼsir mexanizmi urganilib, etilen, auksin, sitokinin retseptorlari funksiyasini tekshirish asosida defoliatsiyalash va oʻstirish faolligiga ega moddalarning skrining mezoni, kam gossipolli kunjara olish texnologiyasi ishlab chiqildi
O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. 0‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 350 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, 100 tadan ortiq patentlar muallifi. Oqsillar kimyoviy tuzilishi va ulaming organizmga ta’siri to‘g‘risida ilmiy maktab yaratgan. Olimning 10 ga yaqin preparatlari tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Uning rahbarligida olingan feromon tutqichlari mamlakatimiz paxtachiligini zararkunandalardan himoya qilishda qo‘llanilmoqda.
Sobir Yunusovich Yunusov (1907.18.3 Toshkent 1995.29.11) - kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1952). SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952). Mehnat Qahramoni (1969). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1935). Urush qatnashchisi (1941—43). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriya mudiri (1943—87), ayni vaqtda institut direktori (1949—52), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1952—62). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tashkilotchisi va direktori (1958—83), ilmiy konsultant (1983—86), faxriy direktori (1987-95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya boʻlimi raisi (1986—87).
Sobir Yunusovich Ilmiy ishlari tetragidroizoxinolin va fenantridin alkaloidlarini tadqiq qilish, yangi alkaloidlar tuzilishini aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish, oʻsimliklarda alkaloidlar hosil boʻlish mexanizmini, ularning oʻsish maydonlariga qarab yigʻilishi va toʻplanishi dinamikasini oʻrganishga oid.
Sobir Yunusovich— Oʻzbekistonda alkaloidlar kimyosi maktabining asoschisi. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq oʻsimlik tadqiq qilinib, ularning yarmidan koʻprogʻida alkaloidlar mavjudligi aniqlandi, 1000 dan ortiq alkaloidlar ajratib olindi, sitizan, galantamin, papaverin, protopin kabi muhim alkaloidlarning 100 dan ortiq manbai topildi. Tibbiyot uchun amaliy ahamiyatga ega 20 ga yaqin birikma amaliyotga tavsiya etildi.
Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga uning nomi berilgan.
S.Y. Yunusov (1909-1991). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, kimyo fanlari doktori, professor. 600 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 dan ortiq ixtirolar, 10 dan ortiq monografiyalar muallifi. 1969-yilda «Mehnat Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan. D.I.Mendeleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi o‘simlik moddalari kimyosi institutiga asos solgan va o‘simlik moddalari kimyosi maktabini yaratgan. O‘zbekistonda uchraydigan 3600 dan ortiq o‘simlikda 2000 dan ortiq alkaloidlami aniqlagan
Yurtimizning taniqli kimyogar olimlari - K.S. Ahmedov, N.A. Parpiyev, Sh.I. Solihov, N.R. Yusupbekov, M.A. Asqarov, S.N. Ne’matov, A.A.Abduvahobov, Z.S. Salimov, S.Sh. Rashidova, M.O. Obidova, T.M.Mirkomilov, B.M. Beglov, S.I. Iskandarov, X.R. Rustamov Y.T.Toshpo‘latov, Sh.T. Tolipov, H.A. Aslanov, A.R. Abdurasulova, A.G‘.Mahsumov, X.M. Shohidoyatov, R.S. Tillayev, A.S. To‘rayev, O‘.N.Musayev, D.Y. Yusupov, S.M. Turopjonov, J.M.Mahkamov, U.M.Azizov, M.P. Irismetov, T.S. Sirliboyev, A.A. Yo‘lchiboyev, A.G.Muftaxov, Q.A. Ahmerov, I.I. Ismoilov, G‘.H. Hakimov va boshqalarning olib borgan va bugungi kunda amalga oshirayotgan ilmiy tadqiqotlarining natijalari 0‘zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishida va jahonga tanilishida muhim ahamiyatga egadir.
|
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Do'stlaringiz bilan baham: |