Mintaqaviy va global kompyuter tarmog‘i va uni himoyalash



Download 98.05 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2020
Hajmi98.05 Kb.
  1   2

Mintaqaviy va global kompyuter tarmog‘i va uni himoyalash

Dilnoz JOVLIYEVA,

Qarshi sh.45-maktab informatika o‘qituvchisi.

Lokal kompyuter tarmoqlari (LK T), (inglizcha - LAN Local Area Network) deb nomlandi. Lokal tarmoqqa bog‘langan bar bir kompyuter maxsus plata-tarmoq adapteriga ega bo‘lishi zarur. Korxona va tashkilotga tegishli bo‘lgan local kompyuter tarmog‘i shahar yoki viloyat miqyosida foydalanuvchilar uchun hamkorlikda aloqa o‘rnatish imkonini bermaydi. Ushbu muammo Mintaqaviy kompyuter tarmog‘i (MKT) yordamida amalga oshiriladi. MKTga misol sifatida respublikamizdagi bank va soliq sohasidagi yagona avtomatlashtirilgan tizimlari, shaharlardagi dorixonalarning ma’lumot beruvchi kompyuter tizimlarini keltirishimiz mumkin. Masofaviy koinpyuterlar telefon tarmoqlari orqali modem vositasida bog‘lanadi. Natijada foydalanuvchilar yuqori unumdorli superkompyuterlar orqali o‘zlari uchun ajratilgan resurslarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu superkompyuterlar bir tizimga birlashishi natijasida MKT paydo bo‘ladi. Bir necha 10 kilometrli masofalarda LKTdan m a’lumot jo ‘natish uchun tezligi 100 bit/s va tashqi muhit ta’sir etmaydigan kabellar ishlatiladi. Hozirgi paytda keng qo‘llanilayotgan kabellar nur o‘tkazuvchanlik xususiyati bilan farqlanadi. Kabellarda plastmassa yoki kremniydan yasalgan tolalar nur o‘tkazmaydigan tashqi qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ushbu aloqa vositasida elektr signallari nurga aylantirilib ma’lumot jo ‘natiladi va teskarisi bajarilib axborot qabul qilinadi. Ushbu kabelda signal jo‘natish tezligi 3 Gbit/s ni tashkil qiladi. Dunyo hamjamiyati tomonidan to‘plangan barcha bilim manba’laridan to‘la foydalanish, kurrai zaminimizda ro‘y berayotgan voqea va hodisalardan hamda ilm-fan yangiliklaridan tezkor xabardor bo‘lsh yoki ogoh etish uchun global hisoblash to‘ri (GHT) dan foydalaniladi. GHT (WAN Wide Area Network) bir neeha 10 va 100 kv. km maydoni hududlami birlashtiradi. GHT ichida axborot almashish - t e l e k o m u n n i k a t s i y a (grekcha tele - “uzoq” va lotincha eornmunicato - “aloqa”) deb ataladi. Internet milionlab kompyuterlar vositasida lokal, hududiy va global tarmoqlarni birlashtirgan kommunikatsiyali to‘rdir.



Internet-jahon bo‘yicha kompyuter tarmoqlaridan tuzilgan yahlit tarmoq bo‘lib, ular yagona “Til”-andoza-qoidalar majmuyi asosida axborot almashadilar. Yagona andoza sifatida xozirgi kunda TCP/IP andozasi qo‘llaniladi.

Internet jahon tarmoqlar tarmog’i bo‘lgani uchun uning yagona va butunlay boshqaruvchi egasi yo‘q. Lekin unga ulangan axbrot tarmoqlarining shu jumladan internetning egalari va boshqaruvchilari mavjud.Intranet-biror yuridik shaxs (vazirlik, kompanya, tashklot, korxona, ta’lim muassasalari va shunga o‘xshash)ga tegishli kompyuter tarmog’i bo‘lib, u internetda sinovlardan yaxshi o‘tgan axborot texnologiyalari asosida yaratiladi.“Internet” tushunchasi 1994-yildan boshlab, internetdagi web texnologiyalari muvoffaqiyatli sinovlardan o‘tib zo‘r e’tibor qozongandan so‘ng paydo bo‘ldi.Internet nafaqat internet xizmatlarini, balki uning egasi uchun zarur bo‘lgan har qanday boshqa axborot xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham internet bizning qo‘shimcha andozalari (protokollari) ga ega bo‘ladi. Internet ko‘p qimmatli tizimga ega bo‘lib, uning eng quyi va qatlami tarmoq qatlamidir. Bu qatlam tarmoq 3 sath (fizikaviy kanal, tarmoq) ga tegishli jihozlari (kabel, modem, uzib-ulanuvchi, marshrut beruvchilar va h.k.z.) dan va dastur ta’minotining mantiqiy komponentlari (ma’lumotlarni uzatish protokollari, xatolarni nazorat qilish, marshrutlash dasturlari)ni o‘z ichiga oladi. Internet bu tarmoqqa boshqa tarmoqlarning ulanishi orqali mutassil rivojlanishda davom etmoqda.

Internet strukturasi, internet tarmoq emas, balki u tarmoqlar to‘plami ekanligi aniq foydalanuvchiga ahamiyatlimi? Foydalanuvchi tarmoq to‘g’risida, tarmoqning tarkibiy qismi to‘g’risida, tarmoqlararo aloqalari to‘g’risida o‘ylamasa ham bo‘ladi, chunki bunday masalalar, muammolar chiqib qolgan taqdirda hal etiladi.Har bir Internet tarmog’i o‘zining shaxsiy ekspluatatsion tarmoq markazi (NOC) ga ega. Har bir shunday ishchi markaz boshqa markazlari bilan bog’langan bo‘lib, har xil yuzaga kеlgan muammolarni hal etishda ma'sul hisoblanadi.

Globallik jihatidan internet barcha planеtar axborotli kеnglikni qamrab olgan bo‘lib, u chеgarani ham, vaqt omilini ham hisobga olmaydi, alohida davlatlarni yoki mintaqalarni ham bilmaydi.

Internet yopiq kеnglik emas, balki u ochiq axborot tarmoq bo‘lib, Internetning asosiy talablarni bajargan va qoidalarga rioya qilgan barcha xohlovchilar ulanishlari mumkin. O‘z-o‘zini rivojlantirish (o‘stirish). Agar (ARPANET) tarmoqning vujudga kеlishini boshlang’ich davri bilan zamonaviy darajasini qiyoslasak, u holda bir еchimli xulosaga kеlish mumkin. Internet yangidan-yangi vositalar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lib, ulkan hududlarni egallab gurkirab rivojlana olishi bilan tavsiflanadi. Bu intilish (tеndеntsiya) xali davom etadi.

Tizimlilikning barcha iеarxik strukturasi, elеmеnti, darajasi, masala еchimi umumiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular bir - birlari bilan o‘zaro chambarchas bog’langan va o‘zaro o‘rin almashish bilan tavsiflanadi.

O‘zbеkistonda Internetga ulanish o‘tgan 10-yillikning 2-yarmidan boshlandi. 1997 yili Newlett Packard kompaniyasi vakillarining e'loni bo‘yicha O‘zbеkiston Makroiqtisodiyot va Statistika vazirligiga kеltirgan jihozlar tugallangan. Shartnomadagi narxi 2 mln. $ bo‘lgan kompyutеrlashtirilgan boshqarish sistеmasini va bazaviy ma'lumotlarning almashuvini ekspluatatsiya qilish ishlari o‘sha yilning dеkabr oyida tugatilgan. O‘zbеkistonda Newlett packard va chеtdagi jihozlari mamlakatning yirik strukturalarda, masalan: tashqi ishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklarida ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda 31 bankdan tashkil topgan O‘zbеkistonning yagona elеktron bank tizimi talab darajasida ishlab turibdi. Uning yordamida «bank nuqtasi» ga xohlagan to‘lov bir soat ichida o‘tadi. O‘zbеkistonning elеktron to‘lov tizimi, mamlakatni barcha maydonini qamragan bo‘lib, davlat milliy foydasini ko‘payishiga olib kеladi. Bunday elеktron tarmoqlar soliq, bojxona, moliya va rеspublikaning boshqa davlat strukturalarda o‘z ishini bajarmoqda.

Hozirgi vaqtda milliy axborot tizimlarni tashkil etish davom etmoqda. Milliy ma'lumotlarni uzatish tarmog’i rivojlanmoqda, umumiy foydalanish tеlеfon tarmog’i rеkonstruktsiya va modеrnizatsiyalash amalga oshmoqda, axborot rеsurslar tashkil etilmoqda, koorporativ tarmoq kеng quloch yoymoqda, Internet va tеlеkommunikatsion xizmat ro‘yxati kеngaymoqda. Milliy axborot tarmoqlarning rivojlanishi va tashkil qilinishi Internet tarmog’i milliy sеgmеntini rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Internetning milliy sеgmеnti ilmiy tеxnikaviy o‘sishga, iqtisodiyot va rеspublikaning boshqa faoliyat sohalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Internet milliy sеgmеntining kеlgusida rivojlanish yo‘nalishini aniqlashda ikkita asosiy savolga javob olishimiz kеrak:


  1. Bizning rеspublikamizga Internet tarmog’i milliy sеgmеntining rivojlanishi nima bеradi?

  2. Uning rivojlanishi qanday nеgativ oqibatlarga olib kеladi



  • Barcha dunyo tillaridagi bitmas-tuganmas axborotlar manbai, dunyoviy global kutubxona, inson bilimining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha so‘rov tizimi, axborotlar almashuvi tarmog’i (elеktron pochta, audio, vidеokonfеrеntsaloqa va b. q.).

  • Yangi turdagi tеlеfakslar, hujjatlar yurgazish va elеktron kommеrtsiyalarni tashkil etish muhiti,tеlеtibbiyotni uzoq masofadan o‘qitishni tashkil etish.

  • Bank va boshqa xizmatlarni taqdim etish muhiti, global tovarlar bozori va ham davlat, ham xususiy tashkilotlarining faoliyat sohasi hamda xizmati,ham odamlar, ham axborot robotlar uchun (web dizaynlar, elеktron kompozitor, rassomlar, rеjissеrlar va h.k.) yangi kasblarning tug’ilish joyi.

Ya`ni barcha bu faktorlar xalq ta'limini va xabardorlikni ko‘taradi va davlatning rivojlanishiga katta ta'sir etadi va planеtada O‘zbеkiston yuzini ko‘rsatadi va invеstitsiyaga jalb etishni yangi imkoniyatlarini ochib bеradi.

Internet o‘ta afzalliklarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ko‘pgina nеgativ xususiyatlarga egaki, ularni bartaraf qilish uchun barcha davlatlarning birgalikdagi harakatlari talab etadi.



  • Birinchidan: Internet nazorat etilmaydigan, boshqarilmaydigan tarmoq va shuning uchun u xohlagan ruxsat etilmagan axborotlarni tarqatishda ishlatilishi mumkin.

  • Ikkinchidan: - axborot jang bo‘shlig’i, axborot robot - jangchilar faoliyat ko‘rsatuvchi muhit;

  • Uchinchidan: - tеlеkommunikatsiya ob'еktlariga, kompyutеr tarmoqlariga va axborot rеsurslarga axborot xavf - xatardir.

  • To‘rtinchidan: - moliya va boshqa jinoyat qilish, dasturiy viruslarni tarqatuvchi muhitdir.

Garchi Internet juda ko‘p nеgativ oqibatlarga ega bo‘lsada, undan va uni rivojlashtirish va tatbiq etishdan voz kеchib bo‘lmaydi. Shuning uchun, mamlakatimizda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xavf - xatarlarni kamaytirishda axborot xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha katta ishlarni olib borish kеrak bo‘ladi.

Hozirgi O‘zbеkistonda Internet tarmog’ining milliy sеgmеntini rivojlantirishda asosiy yo‘nalishlar bеlgilangan.



  1. Rivojlanish va tеlеkommunikatsion muhitni modеrnizatsiya va rеkonstruktsiya qilish.

  2. Kuchli programmali vositalarni va axborotli rеsurslarni tashkil etish.

  3. korxona va tashkilot, o‘quv yurtlar va ilmiy muassasalarning axborotli rеsurslarini barpo etish

  4. Axborotli xavfsizligini ta'minlash.

  1. yo‘nalish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Davlat axborotli rеsurslarni himoyalash, to‘liqlikni ta'minlash, aniqlik, barcha boshqaruv organlariga o‘z vaqtida to‘g’ri axborotlarni taqdim etish;

  • milliy internet tarmog’ining sеgmеntida samaradorlik vositalarni va himoyalash usullarini unumli qo‘llash, milliy axborotli xavfsizlikni ta'minlovchi, shuningdеk, yuridik va jismoniy shaxslarni hududiy sharoitlarda to‘plash, qayta ishlash, saqlash va axborotlarni chiqarish vositalarini qo‘llash;

  • axborotli tarmoqlarni, bazalar va ma'lumot banklarini davlat ekspеrtizatsiyasidan o‘tkazish, shuningdеk, ularni barpo etilishi va foydalanishini davlat nazorati bilan ta'minlash;

  • ruxsat etilmagan muloqotdan axborotlarni ko‘p darajali himoya-lashni va axborotli xavfsizlikni ta'minlash, tеlеkommunikatsiya sistеmada uzatilayotgan axborotlarni haqiqiyligini va axborot maxfiyligini ta'minlash;

  • elеktron ma'lumot bazalarida saqlanuvchi yoki internet tarmog’i sеgmеntdagi aylanuvchi axborotlarni himoyalash;

  • sеrtifikatsiyalashtirilgan himoya vositalarini qo‘llash;

  • amaldagi qonunchilikka mos ravishda qonunga qarshi axborotlarni tarqatilishini bartaraf etish va axborot almashuvini nazorat qilish.

rerererrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr

Intеrnеt o`z - o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:



  • tеxnik;

  • dasturiy;

  • axborot.

Intеrnеt tarmog`ining tеxnik ta'minoti har xil turdagi kompyutеrlar, aloqa kanallari (tеlеfon, sun'iy yo`ldosh, shisha tolali va boshqa  turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning tеxnik vositalari majmuidan tashkil topgan.

Intеrnеt tarmog`ining dasturiy ta'minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyutеrlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi dasturlar.

Intеrnеt tarmog`ining axborot ta'minoti Intеrnеt tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elеktron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, vidеo tasvir, vеb-sayt va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.


Download 98.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar